1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja



Download 1,53 Mb.
bet59/101
Sana16.03.2022
Hajmi1,53 Mb.
#493999
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Bog'liq
KASB P Slayd uchundoc

Avtoritar o‘qitish uslubning xarakterli tomoni sifatida undagi qattiqqo‘l boshqaruv va umumiy nazorat ko‘proq muallimning boshqalarga nisbatan buyruq ovozida munosabatlarga kirishishiga va tez ogohlantirishlar berishiga olib kelishida ko‘rish mumkin. Shuning bilan ba'zi ishtirokchilarga nisbatan sababsiz ogohlantirishlar va boshqalariga esa asossiz maqtovlar yog‘dirilishi kuzatiladi. Avtoritar muallim faoliyat va vazifaning umumiy maqsadlarinigina emas, balki u kimning kim bilan ishlashini ko‘rsatib, uning echilish yo‘llarini ham belgilab berdi. Vazifalar va ularning echilish yo‘llari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi. Bunday yondashuv inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil rolini pasaytiradi. Chunki inson bunda o‘zining faoliyatidan kutilayotgan maqsadni, ya'ni ushbu bosqichning nima uchun bajarilayotganligini va oldinda uni nima kutayotganligini aniq bilmaydi. Undan tashqari faoliyatni bosqichma-bosqich tartibga solish va nazorat qilish ishlari shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchining ishtirokchilar bilan bo‘ladigan munosabatida uning mustaqilligi va javobgarligi sust yoki bu xususiyatlarning unda past darajada ekanligi kuzatildi. O‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan tashabbus yo‘qolib, u xuddi keraksiz xohish sifatida qaraladi.
Demokratik o‘qitish uslubida shaxs emas, balki faktlar muhimligi tan olinadi. Ammo demokratik o‘qitish uslubining asosiy xususiyati sifatida guruhning o‘rtacha tashlangan masala muhokamasida va uning tashkil etilishida faol ishtirok etilishi qaraladi. Natijada ishtirokchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshadi va o‘z-o‘zini boshqarish hissi rag‘batlantiriladi. Bu uslubda guruhdagi o‘zaro munosabatlar yaxshi kelisha olish tarzida davom etadi va bir-biriga bo‘lgan ishonch kuchayadi. Avtoritar uslubda o‘qituvchi bilan kelishishda ko‘pgina janjallar paydo bo‘lishi kuzatildi.
Eng samarali uslub sifatida demokratik uslub tan olindi. Guruh, ishtirokchilari uchun bu erda xarakterli xususiyat bo‘lib vazifaga qiziqish va ichki faoliyat motivatsiyasi xizmat qiladi. Vazifalarning bajarilish sifati va aniqligi oshdi. Shu bilan birga, guruh qobiliyati, erishilgan umumiy muvaffakiyatlar ustidan g‘urur tuyg‘usi, o‘zaro ko‘maklashuv va do‘stona munosabatlar kuchaydi. Bu natijalar keyinchalik amalga oshirilgan izlanishlar asosida ko‘p marta tasdiqlandi.
Bir so‘z bilan aytganda, ta'lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina va pedagogik faoliyat jarayonlari metodologik hamda psixologik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinganida ta'lim samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi, ya'ni:
- ta'lim oluvchining talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;
- ta'lim oluvchining o‘quv mehnatiga mas'uliyati, javobgarligi va burchi oshadi;
bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;
- u umr bo‘yi o‘z bilimini uning o‘zigina boyitishiga ishonch paydo bo‘ladi; yorqin fikrlash malakasi shakllanadi;
- shaxs jamiyatda o‘zining o‘rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi.
O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnika taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligi, asosan, o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu erda o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub'ekt sifatida namoyon bo‘ladi, talablar esa faqatgina «ob'ekt» vazifasini bajaradi, holos. Bunda tahsil oluvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda amalga oshiriladi. Odatdagi an'anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo YA.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika prinsiplariga asoslangan o‘qitishning sinf-dars tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning sinf-dars tizimi, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan talablar asosida sinfni (guruhni) tashkil etadi;

  • sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi;

  • mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzuga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi;

  • o‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.

An'anaviy o‘qitish asosan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.
An'anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, o‘qitishning tushuntiruv ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An'anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: tahsil oluvchi bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs.
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish