1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja


Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat



Download 1,53 Mb.
bet61/101
Sana16.03.2022
Hajmi1,53 Mb.
#493999
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101
Bog'liq
KASB P Slayd uchundoc

Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:

  • o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;

  • shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

  • shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:

  • har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste'dodli degan ishonch bo‘lishi kerak;

  • shaxsga yutuqni ma'qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya'ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak;

  • bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

  • pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.

Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashtirilgan davrda rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta'kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi.
O‘quvchi noma'lum echimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi sub'ekt- ob'ekt-sub'ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi. SHuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Professional va kasbiy mahoratga erishishning ob'ektiv hamda sub'ektiv omillari. Reorientatsiyaning psixologik jihatlari.
Inson faolligida anglanilgan maqsad mavjudligi to'g'risida mulohaza yuritish uchun har xil xususiyatli bir qancha omillarga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Faoliyatning motivlari, ro'yobga chiqarish vositalari, axborot tanlash va uni qayta ishlash anglanilgan yoki anglanilmagan, ba'zan anglanilganlik noto'kis, hatto u noto'g'ri bo'lishi mumkin. Jumladan, maktabgacha yoshdagi bola o'yin faoliyatiga nisbatan ehtiyojini goho anglaydi, xolos; boshlang'ich sinf o'quvchisi o'quv motivlarini hamisha ham anglash qurbiga ega bo'lmaydi; o'smir ham xulq motivlarini noto'kis va noto'g'ri anglashi mumkin; hatto voyaga etgan odam ba'zan xulq motivini noo'rin xaspo'shlashga intiladi.
Bundan tashqari, hatto faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirish, uni ro'yobga chiqarish uchun qaror qabul qilish, mahsulini taxminlash, xulosa chiqarish ham anglanilganlik kafolatiga ega emasdir. Chunki faoliyatni ro'yobga chiqaruvchi harakatning aksariyati ong tomonidan boshqarilmaydi, jumladan, velosiped uchish, kuy chalish, kitob o'qish, telefon qilish odatiy hodisadir. Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, faoliyatning jabhalarini ongda aks darajasi va mukammalligi uning anglanilganligi ko'rsatkichi mezoni hisoblanadi.
Lekin faoliyatning anglanganligi darajasi keng ko'lamli bo'lishiga qaramasdan, maqsadni ko'zlash (anglash) uning ustuvor belgisi vazifasini bajaradi. Faoliyatda maqsadni anglash ishtirok etmasa, unda u ixtiyorsiz (impulsiv) xatti- harakatga aylanib qoladi va bunday holat ko'pincha hissiyot bilan boshqariladi. Jahl, g'azab (affekt), kuchli ehtiros holatlari yuz bergan odam ixtiyorsiz harakat qiladi. Biroq xatti-harakat ixtiyorsizligi uning anglanilmaganligini bildirmaydi, aksincha bunda inson motivining shaxsiy jabhasi anglanilgan bo'ladi, uning ijtimoiy mazmuni esa qamrab olinmaydi. Voqelikka nisbatan munosabatning muhim shakli sifatidagi faoliyat inson bilan uni qurshab turgan olam orasida bevosita aloqa o'rnatadi. Tabiatga, narsalarga o'zga odamlar ta'sir ko'rsatishi ham faoliyatning qudrati bilan ro'yobga chiqadi. Inson faoliyatda narsalarga nisbatan subyekt sifatida, shaxslararo munosabatda esa shaxs tariqasida gavdalanadi hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga musharraf bo'ladi. Buning natijasida ikkiyoqlama bog'lanish uzluksiz harakatga kirishishi, to'g'ri va teskari aloqa o'rnatishi tufayli inson narsalarning, odamlarning, tabiat va jamiyatning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ma'lumot to'playdi. Har xil xususiyatli o'zaro munosabatlar negizida faoliyat subyekti uchun narsalar subyektlar sifatida, odamlar esa shaxs timsolida aks eta boshlaydi.
Psixologiyada faoliyatning alohida bir xususiy vazifasini bajarishga mo'ljallangan, nisbatan tugallangan qismi, tarkibi harakat haqida yuqorida to'xtalib otganmiz. Harakatlar natijasida odam borliqdagi narsalar xususiyati, holati, fazoviy joylashuvini o'zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami bilan, balki muayyan sa'y-harakatlar tufayli yuzaga keladi. Duradgor eshik yasamoqchi bo'lsa, avval munosib material tanlaydi, ularni o'lchaydi, unsurlarini sanaydi, randalaydi, qismlarni bir-biriga joylashtiradi, yopishtiradi, unga pardoz beradi, oshiq-moshiq qoqadi, kesaki o'rnatadi, ochib yopilishini tekshiradi va hokazo. Keltirilgan misoldan ko'rinib turibdiki, duradgorning gavdasi, oyoq-qo'llari, boshining tutishi sa'y- harakatlari bilan birga «tanlash», «ishlov berish», «o'rnatish» amal qismlari majmuasi faoliyatni tarkib toptiradi. Sa'y-harakatning harakatdan farqli tomonlari uning aniqligi, maqsadga yo'nalganligi, epchilligi, uyg'unligi singari belgilarida o'z ifodasini topadi. Inson faoliyatida narsalarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan sa'y- harakatlardan tashqari:
-tananing fazoviy holati;
-qiyofaning saqlanishi (tik turish, o'tirish);
-joy almashish (yurish, yugurish);
-aloqa vositalari sa'y-harakatlari qatnashadi.
Odatda, aloqa vositalari tarkibiga:
-ifodali sa'y-harakatlar (imo-ishora, pantomimika);
-ma'noli ishoralar;
-nutqiy sa'y-harakatlar kiritadi.
Talaba bilan shug'ullanishning turli usul va darajalari mavjud.

  • Birinchidan, talabalar ilm olsih borasida o 'z-o 'zlaridan minnatdor bo 'lishlari lozim. Guruhdagi ayrim talabalar bilan suxbatlashish orqali ular bilan aloqani o'rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, darsni boshlashdan oldin talabalar bilan gaplashib oling. Ular dars tugagach ma'lum savollar yuzasidan sizga qanday murojaat qilishlarini bilishlari kerak. Ularga do'stona va iliq munosabatda bo'ling.

  • Ikkinchidan, quyida e'tirof etib o 'tiladigan ayrim usullar, ma 'ruza qiziqarli, ishtiyoq bilan olib borilishi hamda yaxshi tashkil etilishi lozimligi bilan belgilab beriladi. Ma'ruza davomidagi diqqat markaz didaktik usul kabi ma'lum muammoni o'z ichiga olishi mumkin. Ma'ruza davomida talabalar 20 daqiqagina muddatda passiv o'rganuvchi sifatida diqqatni jamlashlari mumkinlig ko'p olimlar tomonidan qayd etib o'tilgan (Stuart va Rutherford, 1978). Shu sababli ularni chal'gitish hamda lirik chekinish qilib turish muammoni ijobiy hal etishi mumkin.

  • Uchinchi va ehtimol eng asosiy jihat talabalar bilan shug'ullanishni ta'minlashda ularning ma'ruzada faol ishirok etishlarini shakllantirish lozim. Quyida keltirib o'tiladigan takliflar katta guruhlarda talaba bilan shug'ullanish muammosini hal qiluvchi ayrim yo'nalishlarni aks ettiradi. Bu yo'nalishlar keys stadilarda ham anmoyon etilgan.

Psixologik ma'lumotlarning ko'rsatishicha, faoliyat shaxslararo munosabatlar tizimi tariqasida, hamkorlik tarzida namoyon bo'ladi. Faoliyatda inson shaxsi, uning xususiyatlari aks etadi va ayni bir davrda faoliyat odam shaklini tarkib toptiradi.
Ong bilan faoliyat birligi printsipiga asoslanish orqali shaxs kamol topadi, shaxslararo munosabatga kirishadi, ijtimoiy tajribalarni o'zlashtiradi, o'zaro ta'sir yordamida ijtimoiylashadi. Inson shaxsining shakllanishi o'yin, ta'lim, mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala (kommunikatsiya) vositasida ehtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o'zlashtirilishi natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.
Professional mahorat va kasb motivatsiya haqida gap ketganda ularga ta 'sir etuvcln lkki guruh omillar nazarda tutiladi: ob’ektiv hamda sub'ektiv..
Ob’ektiv omillar - bu inson faoliy atiga bevosita aloqador bo‘lgan, shu faoliy at talab qiladigan tamoyillar, normalar va cheklovlarhamda inson tomonidan talab etiladigan professional bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, profesional muhim sifatlardir.
Sub’ektiv omillar - insonda awaldan mavjud bo‘ lgan layoqat, qobiliyat, mehnatga msbatan motivatsiya, ish faoliyatdagi da’vogarlik darajasi, o‘ziga msbatan shakllangan baho va turli xil xato va kamchiliklardan o‘zini o‘zi psixologikjihatdan himoya qilish qobiliyatidir.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish