1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja


Hissiyotni boshdan kechirishning turli shakllari - emotsiya, affekt, kayfiyat, turli hayajonlanish, stress mavjud



Download 1,53 Mb.
bet76/101
Sana28.06.2022
Hajmi1,53 Mb.
#717204
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
Bog'liq
1-mavzu kasb psixologiyasining predmeti reja

Hissiyotni boshdan kechirishning turli shakllari - emotsiya, affekt, kayfiyat, turli hayajonlanish, stress mavjud. Ehtiros, tor ma'nodagi so'z bilan aytganda, his-tuyg'ular - shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar o'rtasidagi murakkab va ko'pqirrali munosabatlarning ifodasi bo'lib hisoblanadi.
Affekt xolati boshlanishida shaxs insoniy qadriyatlarning barchasidan uzoqlashib, o‘z hissiyotining oqibati to‘g‘risida ham o‘ylamaydi, hatto tana o‘zgarishlari, ifodali harakatlar unga bo‘ysunmay boradi. Kuchli zo‘riqish natijasida mayda, kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po‘stini to‘la egallay boshlaydi, ko‘zg‘olish po‘stloqosti nerv tugunchalarida, oraliq miyada avj oladi, holos. Buning natijasida shaxs hissiy kechinmasiga (dahshat, g‘azab, nafratlanish, umidsizlik va hokazolar) nisbatan o‘zida faol kechayotganini sezadi.
Affektlar yoki hissiy portlashlar - kishini tez
chulg'ab oladigan va shiddat bilan o'tib
ketadigan jarayonlardir. Ular ongning anchagina
darajada o'zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat
qilishning buzilganligi, odamning o'zini o'zi
idrok qila olmasligi, shuningdek, uning butun
hayoti va faoliyati o'zgarib qolganligi bilan ajralib turadi.
Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo'lgani uchun ham qisqa muddatli bo'ladi: ular his-tuyg'ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga va portlashiga o'xshatish mumkin. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy xayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt bo'rondir. Har bir his organizmning ishlashiga ta'sir ko'rsatib o'zgaradi va inson tanasida uning turli alomatlari paydo bo'ladi.
Mabodo emotsiya ruxiy to‘lqinlanish deyilsa, unda affekt holatlari turli bosqichlardan tuzilgan bo‘lib, ular o‘zaro o‘rin almashib turadi. Ma'lumki, vahimaga, tahlikaga, sarosimaga tushib qolgan, o‘ta quvongan, kulgi nashidasi bilan band bo‘lgan, umidsizlik tuzog‘iga ilingan inson turli vaziyatlarda borliqni bir tekis aks ettira olmaydi. Chunki u mazkur sharoitlarda o‘z kechinmalarini har xil ifodalaydi, o‘zini turli darajada ushlaydi, harakatlarini esa turlicha boshqaradi. Bunday oraliq miya va miya katta yarim sharlari po‘stlog‘idagi ma'lum markazlarning kuchli ko‘zg‘alishini va boshqa markazlarning tormozlanishi me'yordan chikib ketishi tufayli o‘zaro almashinib qoladi. Harakatchanlikning asta- sekin ko‘tarilishidan iborat stenik holat astenik holat bilan almashinadi (kuchli holat kuchsiz bilan aralashib ketadi), lekin qayta tiklanishga ulgurmaydi. Masalan, jo‘shqin harakatda, ko‘z yaltirashida, yuz qizarishida vujudga kelayotgan kuchli jaxl ko‘rinishlari ko‘zning xiralanishi, yuz oqarishi, rang o‘chishi bilan bog‘lik qattiq g‘azabga aylanishi mumkin.
Umidsizlik kechinmasida organizmning jo‘shqin reaksiyasi ba'zan xushidan ketib qolish xolati bilan almashinadi. Ushbu vaziyat lotincha «sutpos» - stupor, ya'ni serrayib qolish, karaxt holati deb psixologiyada qo‘llaniladi.
Ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pincha hissiyotlar affektiv shaklida o‘tishi tajribalarda sinab ko‘rilgan. Jumladan, teatr tomoshabinlarida, tantana nashidasini surayotgan olomonlarda, es-hushini yo‘qotgan, telbanamo sevgi afsonalarida, ilmiy kashfiyot lahzasida, tasodifiy qizg‘in uchrashuvlarda jo‘shqin shodliklar mujassamlashadi.
Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o‘zini tutushini, o‘zini qo‘lga olishni uddalash qurbiga ega bo‘ladi.
Ularning keyingi bosqichlarida irodaviy nazorat yo‘qotiladi, irodasiz harakatlar amalga oshiriladi, o‘ylanmasdan xatti-harakat qilinadi. Affektiv holatlar mas'uliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik alomatida sodir bo‘ladi, lekin shaxs har bir xatti-harakati uchun javobgardir, chunki u aql-zakovatli insondir. Affektlar o‘tib bo‘lganidai keyin shaxsning ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba'zi hollarda holsizlanish, jamiki narsaga loqayd munosabat, harakatsizlik, faollik barham topish, xatto uyquga moyillik yuzaga keladi. Shu bilan birga affektiv shok (fransuzcha “choc”, zarba degan ma'no anglatadi) holati ham sodir bo‘ladi, buning oqibatida organizmning ichki a'zolari funksiyasi buziladi, hatto yurak xuruji (infarct - lotincha arctus “xavf to‘ldirg‘ich”, miokard yunoncha mys tomir kardia yurak degan ma'no bildirib keladi) yuzaga keladi. Shuni xam unutmaslik kerakki, affektiv qo‘zg‘olish muayyan davrgacha davom etishi, ba'zan o‘qtin-o‘qtin kuchayishi yoki susayishi (pasayishi) sodir bo‘lib turishi mumkin.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish