1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja



Download 1,53 Mb.
bet1/101
Sana28.06.2022
Hajmi1,53 Mb.
#717204
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
1-mavzu kasb psixologiyasining predmeti reja



1-MAVZU: KASB PSIXOLOGIYASINING PREDMETI
Reja:
1.Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi, kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
3.Kasb psixologiyasining amaliy asoslari


Tayanch tushunchalar: kasbiy psixologiyasi, kasbiy tanlovi, kasb psixologiyasining ob'ekti, mehnat psixologiyasi, inson psixikasi

Inson-tabiat munosabatini o'zida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish uchun negiz bo'lib hisoblanadi. Zero, yuksak texnologiyani boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga uquvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy hayotda qaror topgan bo'lar edi.


Kasb psixologiyasi fanining maqsad va vazifalari
Fanni o'qitishdan maqsad – talabalarga fan sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zahirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo'naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma'lumotlar manbaini berish.
Fanning vazifalari:
Talabalarni ilmiy ma'lumotlar bilan tanishtirish:
Kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o'rtasidagi bog'liqlikni asoslash;
Kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish;
Shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalari.
Kasb psixologiyasi o'quv fanini o'zlashtirish natijasida talaba:
-kasb psixologiyasi fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbga yo'naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari, kasb psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi, kuzatish metodi, test metodlarini bilishi kerak;
- kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy oz-o'zini anglashni shakllantirishi, shaxsning kasbiy xavfsizligi psixologiyasi. Kasbiy xavfsizlikning psixologik masalalari ish joyi. Mehnat jamoasi, psixik holat, kasbiy qobiliyatlar bo'yicha ko'nikmalariga ega bo'lishlari ta'minlanadi.
-kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarini shakllanganligini diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash hamda kasbga yo'naltirishga doir malakalariga ega bo'lishi shakllantiriladi.
Kasb psixologiyasi fanining predmeti

  • Shaxs va kasb hamkorligining psixologik xususiyatlari.

  • Shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillari

  • Kasbiy jihatdan kelib chiqadigan psixologik muammolar

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini xilma-xilligi.

  • Ta'limning keyingi turini tanlash va umumiy o‘rta ta'lim maktabini bitirgandan so‘ng ishga joylashish.

  • Kasbiy ta'limning keyingi turlarini tanlash jarayonida kasbiy maslahatlar berish.

  • Kasbiy ma'lumot olishga tayyorgarlik jarayonida kasbiy maslahatlar berish, kasbiy tanlov, kasbiy tekshiruvdan o‘ta olmaganlarga psixologik yordam berish.

  • Kasbiy ma'lumot olish va tayyorgarlik, kasb xatoliklariga yo‘l qo‘yish, ta'lim jarayonidan qoniqmaslik va boshqalar.

  • O‘quv-kasbiy faoliyatning mohiyatini kuchaytirish, ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim oluvchining shaxs sifatida o‘zini-o‘zi boshqara olish, ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

  • Ish joyini qidirish, ishga joylashish, malakaviy talablar va lavozim majburiyatlarini qabul qilinishi, yangi ijtimoiy kasbiy vazifani anglab olish.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish