1-Mavzu: Joylashtirish tizimi va vositalari. Reja


Pochta, fakslar, xatlarni yetkazib berish xizmatlari



Download 462,5 Kb.
bet52/63
Sana31.12.2021
Hajmi462,5 Kb.
#275202
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
Ma'ruzalar matni

2. Pochta, fakslar, xatlarni yetkazib berish xizmatlari.

Ma’mur stolini ko‘plab odamlar qurshab, unga minglab savollar bilan murojaat etadi. Mazkur seksiya xodimlari mehmonxonaning turli-tuman xizmatlari ishidan boxabar bo‘lishlari kerak. Stolning katta-kichikligi, shuningdek, xodimlari soni mehmonxonaning katta-kichikligiga bog‘lik bo‘ladi. Markazdagi 800 nomerli gavjum mehmonxona, tabiiyki, qishloq mehmonxonasiga o‘xshamaydi. Bosh ma’mur stoli uch smenada uzzukun ishlaydi. Muayyan smena ishga tushadigan vakt turli mehmonxonalarda har xil bo‘lishi mumkin. Birok, ko‘pincha kunduzgi smena soat ertalab 7.00 dan 15.00 gacha, kechqi smena - 15.00 dan 23.00 gacha, tungi smena esa - 23.00 dan 7.00 gacha ishlaydi.



Kunduzgi smenaning asosiy majburiyatlari:

  1. Jurnalni va nomerlarning to‘lganligini, chunonchi: oldindan buyurtma qilgan mehmonlar kelgan-kelmaganini tekshirib ko‘rish va tegishli axborotni yuborish.

  2. Mavjud bo‘sh nomerlarni hisoblab chiqish va eng so‘nggi prognozni berish (ayrim mehmonxonalarda bu vazifani rezervlashtirish stoli bajaradi).

  3. Imkoniyat tug‘ilgani zaxoti nechta va qaysi turdagi nomerlar topshirilishi lozimligini hal qilish (ayrim mehmonxonalarda bu vazifani rezervlashtirish stoli bajaradi).

  4. Muhim mehmonlar uchun apartamentlar ajratish, majlislar uchun xonani tayyorlab qo‘yish.

  5. Mehmonxonani tark etayotgan mehmonlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish:

    1. barcha harajatlar, ayniksa, oxirgi telefon ko‘ng‘iroklari va nonushta schyotga kiritilganmi. (O‘rta va katta mehmonxonalarning aksariyati avtomatik boshkaruv tizimiga ega bo‘lib, u mehmonning barcha harajatlarini avtomatik tarzda ro‘yxatga oladi va uning schyotiga kiritadi. Ilgari ayrim mehmonlar bevosita ketishdan oldin foydalangan xizmatlariga haq to‘lamay, ketib kolar edi);

    2. schyotning aniqligini tekshirish, mijoz mehmonxonada yashashi davrida qilgan barcha harajatlarini u bilan birga ko‘rib chiqish;

    3. to‘langan haqni nakd pulda yoki kredit kartochkasida qabul qilish;

    4. favkulodda hollarda (masalan, mehmon uning yashashi uchun firma haq to‘lashini aytgan, ma’muriyat esa bu haqda xech kanday ma’lumot olmagan holda) o‘zini vazmin tutish;

agar mehmon uchun mehmonxonada kredit ochilgan firma haq to‘laydigan bo‘lsa, bu haqda buxgalteriyaga xabar berish.

  1. Mehmonlarning barcha savollarini dikqat bilan eshitish va ularga xushmuomalalik bilan javob qaytarish.

  2. Barcha dikkatga sazovor vokealarni daftarda kayd etib borish.

  3. mehmonning talabiga binoan uning xonasida har kanday tozalash ishlarini tashkil etish.

  4. Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi xodimlariga muhim mehmonlarning xonalariga gullar qo‘yish va unga boshkacha tarzda hurmat-e’tibor ko‘rsatish xaqida ko‘rsatma berish.

  5. Kalitlar to‘g‘ri berilishi va qaytarilishini tekshirish.

  6. Ma’mur stolining navbatchisi og‘ir sharoitlarda ishlay olishi lozim. U doim hammaning ko‘z o‘ngida ishlaydi va doim kimdir unga o‘z vazifasini bajarishiga xalaqit beradi. Shu bois u xatto stressli vaziyatda ham o‘zini qo‘lga ola bilishi lozim.

Kechqi smenaning asosiy vazifalari:

    1. Jurnalda o‘ziga xos ma’lumotlar kayd etilgan-etilmaganini tekshirib ko‘rish (ushbu jurnalda mehmonlar bilan alokalar ruyxatga olinadi, ma’mur yordamchilari mehmonlar o‘zlariga murojaat etgan muxim va o‘ziga xos masalalarni, shuningdek, ularning iltimoslarini, masalan, ulab-uzgichni tuzatish yoki nomerga bolalar karavotini qo‘yish haqidagi iltimoslarini kayd etib boradilar).

    2. Nomerlar bilan bog‘lik vaziyatni tekshirib ko‘rish (kancha nomer bush, qanchasi bo‘shash arafasida, rezervlashtirilgan nomerlarning nechtasiga tasdiknoma olinganini) va nomerlar to‘lishini prognoz qilish kartasiga tegishli tuzatishlar kiritish. Ushbu ma’lumotlarga asosan topshirish mumkin bo‘lgan nomerlar soni aniklanadi. Hozirgi vaktda bu hisob-kitoblarning barchasi avtomatlashtirilgan boshkaruv tizimi yordamida amalga oshiriladi.

    3. Mehmonlarni qabul qilish bilan shug‘ullanish, ya’ni mehmonlarning barcha o‘ziga xos talablari (masalan, juda novcha mehmon uchun juda uzun karavot kerak, mehmon sigaret tutunini ko‘tara olmaydi va xk.) haqida tegishli xizmatlarga xabar berish.

O‘z smenasi davrida, shuningdek, uzokrok muddatlarga (soat 6 dan keyin, rezervlashtirish xizmati o‘z ishini yakunlagach) oldindan buyurtmalar qabo‘l qilish.


Download 462,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish