Nazorat va mulohaza savollari:
1. Joriy tozalashni bajarish ketma-ketligi tushuntirib bering?
2. Tozalash ishlarini kategoriyalarini ketma ketligi haqida gapirib bering.
18-Mavzu: Yashovchilar bilan hisob-kitob usullari.
Reja:
1. Nomerlarni sotishga rahbarlik qilish.
2. Mehmonlarning balans schyotlarini yuritish.
1. Nomerlarni sotishga rahbarlik qilish.
Nomerlarni sotishga rahbarlik qilish. Mehmonxonaning barcha bo‘limlari bahamjixat va uyushqoqlik bilan ishlashi kerak. Rezervlashtirish stoli nomerlar sotilishi foizini oshiradi. Oldindan buyurtma berish mumkin bo‘lgan eng yaqin muddat(!) - mo‘ljallangan tashrif arafasidagi okshom. Kechkurun soat 6 da rezervlashtirish stoli o‘z ishini to‘xtatadi va bundan keyin kelgan barcha mehmonlar, shuningdek, bo‘sh nomerlar navbatchi ma’mur ixtiyoriga topshiriladi. Kechkurun soat 6 dan keyin shaxsan yoki telefon orqali qilingan buyurtmalarni navbatchi ma’mur qabul kiladi. U tabiiyki, nomerlar yuz foiz to‘lishidan manfaatdor bo‘ladi. Ammo u kechasi yo kunduzi istalgan paytda doimiy mijozlar ko‘ng‘irok qilib qolishi mumkinligini ham unutmasligi kerak. Bosh ma’mur ofisi nafakat barcha bo‘sh nomerlarni sotish, balki nomer o‘rtacha kunlik qiymatining oqilona darajasiga erishish hakida ham o‘ylashi lozim. Bu rakam kun davomida topshirilgan barcha nomerlarda bir kunlik yashash hakini ko‘shish va hosil bo‘lgan mikdorni topshirilgan nomerlar soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Mana, oddiy bir misol:
Jamoaviy bronlashtirish 100 nomer 140$ dan =14000$
10 apartament 250$ dan = 2500
Yakka bronlashtirish 250 nomer 160$ dan = 40000 Maxsus chegirmali
bronlashtirish 50 nomer 125$ dan = 6250
Jami 410 nomer 62750$
Nomerning o‘rtacha kunlik qiymati (NO‘KK) = 62750$/410= 153$
Nomerning o‘rtacha kunlik qiymatini okilonalashtirishning eng ko‘p tarkalgan usullari taqchillikni sotish va foiz tarzidagi foydani boshqarish hisoblanadi. Birinchi usul (taqchillikni sotish) hanuzgacha band qilinmagan nomerning afzal jixatlarini, chunonchi: kengligi, balandrok kavatda joylashgani, derazasidan chiroyli manzara ko‘rinishi va x.k.ni namoyishkorona uqtirishdan iborat. Ikkinchi usul foiz tarzidagi foydani boshkarish deb nomlangan xavo yo‘llari agentliklarida o‘ylab topilgan. Uning mohiyati shundan iboratki, nomerni rezervlashtiradigan va uning uchun oldindan xaq to‘laydigan mijozlar nomerni ikki-uch kun oldin buyurtma kiladigan mijozlarga qaraganda imtiyozlirok tariflar buyicha haq to‘lashlari lozim.
Mehmonxonalarning to‘lishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar juda ham ko‘p. Ularning asosiylari talab (xona olishni xoxlovchilar soni) va taklif (mavjud xonalar soni)dir. Masalan, Nyu-York mehmonxonalarining yillik konferensiyasi va savdo yarmarkasini olaylik. Ushbu anjuman mehmonxona nomerlariga talab ancha katta bo‘lgan shaharda o‘tkaziladi. Savdo yarmarkasiga o‘xshash anjumanlar bu talabni shu darajada oshirib yuboradiki, bu nomer narxiga ta’sir ko‘rsatadi. Foiz tarzidagi foydani boshkarishni biz quyida mufassalrok ko‘rib chikamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |