Joylashtirish xizmatining mazmuni shundan iboratki, birinchidan, mijozlarga maxsus xonalar (mehmonxona nomerlari) foydalanishga beriladi, ikkinchidan, ularga muayyan xizmatlar ko'rsatiladi, bu vazifa mehmonxona xodimlari tomonidan bevosita amalga oshiriladi.
Mehmonxona nomerlari joylashtirish xizmatining muhim tarkibiy qismidir. Mehmonxona nomeri deganda unda yashaydigan mehmonning dam olishi, uxlashi va ishlashi uchun mo'ljallangan ko'p funksiyali xonalar tushuniladi.
2. Mehmondo’stlik industriyasining tarixiy ahamiyati.
Mehmondo'stlik sanoati korxonalarining evolyutsiyasi to'g'risida so'z yuritganda, tarixiy jihatdan kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mos keluvchi davrlarni ajratish mumkin:
Qadimgi davr;
O'rta asrlar;
Yangi davr;
Hozirgi davr.
Do'stlaringiz bilan baham: |