1-Mavzu: Joylashtirish tizimi va vositalari. Reja



Download 462,5 Kb.
bet50/63
Sana31.12.2021
Hajmi462,5 Kb.
#275202
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
Bog'liq
Ma'ruzalar matni

Tungi auditor

Mehmonxona har ish kunining oxirida o‘z operatsiyalari bo‘yicha balans tuzadigan oz sonli korxonalardan biri. Mehmonxona uzzukun ishlagani uchun kunduzi bitimlar tuzish jarayonini to‘xtatib bo‘lmaydi. Shu bois tungi auditor mehmonxonada harakat to‘xtashini kutadi va (kechasi soat bir atrofida) mehmonlarning kreditorlik qarzlarini tekshirib, hisob-kitob qila boshlaydi. Uning boshka majburiyatlaridan quyidagilarni kayd etish mumkin:

1. Kechki smena yuborishga ulgurmagan harajatlar bo‘yicha ma’lumotlarni yuborish.

2. Aniqlangan barcha tafovutlar haqidagi ma’lumotlarni ertalab smena menejeriga takdim etish. Har bir nomer bo‘yicha kirimni va soliklar buyicha chiqimni tegishli schyotga kiritish va yangibalansni chikarish.

3. Kompyuter tizimi ishdan chiqqan va mehmonxonaga eng so‘nggi ma’lumotlar talab etilgan xolda foydalanish uchun parallel hisobni yuritish.

4. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidan va savdo shoxobchalaridan tushgan mehmonlarning schyotlarini solishtirish. Agar ular mos kelmasa, auditor xatoni topishi va tuzatishi lozim. Buning uchun har bir bo‘lim bo‘yicha harajatlar mehmon schyotida kayd etilganiga ishonch hosil qilish lozim.

5. Bir kunlik hisobotni yakunlash va undan nusxa ko‘paytirish. Mazkur hisobotda o‘tgan kundagi faoliyat mufassallashtiriladi va mehmonxona ishi haqidagi barcha muhim ma’lumotlar aks ettiriladi.

6. Mehmonxonaning o‘g‘irliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan jabhalarini tekshirib ko‘rish.

Bir kunlik hisobotda ayrim muhim operativ ma’lumotlar o‘z aksini topadi: band kilingan nomerlarni mavjud nomerlarga bo‘lish yo‘li bilan aniklanadigan mehmonxonaning to‘lish foizi. Agar mehmonxonada mavjud 850 nomer dan 622 tasi band etilgan bo‘lsa, mazkur mehmonxonaning to‘lish foizi: 622 / 850 = 73,17%. Agar ana shu 622 nomerning 375 tasini ikki va undan ortik mehmon egallagan bo‘lsa, mehmonlarning mavjud mikdoridan ular egallagan nomerlar sonini ayirib va hosil bo‘lgan sonni ikki yoki undan ortik mehmon yashaydigan nomerlar mikdoriga bo‘lib, mehmonxonaning xaiqqiy to‘lish foizini olamiz: 750 - 622 = 128 / 375 = 34,13%. Bu rakamlar, shuningdek, nomerning o‘rtacha kunlik qiymati mehmonxona ishining asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Nomerning o‘rtacha kunlik qiymati olingan foydani topshirilgan nomerlar mikdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Agar kunlik foyda 75884$, topshirilgan nomerlar esa 662 ta bo‘lsa, nomerdan olinadigan o‘rtacha kunlik foyda 122$ ni tashkil etadi.

Yaqinda mehmonxona ishining yana bir ko‘rsatkichi o‘ylab topildi: mehmonxona nomerlaridan olinishi mumkin bo‘lgan foyda foizi - bunda olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisoblanadi va amalda olingan foyda olinishi mumkin bo‘lgan foydaga bo‘linadi.

Katta mehmonxonalarda bir nechta tungi auditor ishlaydi. Ammo kichik mehmonxonalarda bunday hisob-kitoblar uchun bitta auditor kifoya kiladi. U hisob-kitoblar qilish bilan birga, ham navbatchi ma’mur, ham tungi qorovul vazifalarini bajarishi mumkin.


Download 462,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish