1-Mavzu: Jismoniy tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


«Aql» kategoriyasini pedagogik diagnostika doirasida talqin qilinishi



Download 243,71 Kb.
bet77/158
Sana16.01.2022
Hajmi243,71 Kb.
#379380
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158
Bog'liq
001.diagnostika va korreksiya majmua

«Aql» kategoriyasini pedagogik diagnostika doirasida talqin qilinishi.

Ayrim ilmiy adabiyotlarda «aql», «intellekt», «ilmga chanqoqlik» tushunchalari bilan bir xil ma’noda ishlatiladi. Aslida pedagogik diagnostika nuqtai nazaridan ushbu tushunchalar o’rtasida mohiyatan farq bor.



Aql - (lotin tilida: “rationales”, yunoncha: “ nus”, “f r o n e s i s arab tilida: “alaql”- “asoslangan maqsadga muvofiq”)- inson uchun o 'у lash, fikrlash, anglash va xotirlash, xulosa chiqarish imkonini beradigan qobiliyati, noyob ma'naviy xodisa. “Aql” va “aqliy faoliyat” talablari qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. “Aql” tarozisi Aflotun va Arastu falsafasida keng ishlatilgan. Arastu nazariy va amaliy aqlni “nus” va “fronesis”, “sust va faol” shakllarga ajratadi. Arastu talqiniga ko ra, aql awaliga ilk moddiy negizga o'xshab shaklsiz bo'lgan va voqelikni idrok qilish jarayonida doimiy faol Aql shakllanib, taraqqiy etib brogan hamda voqelikni anglashning samarali vositasiga aylangan. O'rta asrlardagi Sharq falsafiy tafakkurida aql to'g'risidagi ta'limotlar, Aflotun, Arastu va Plotinning falsafiy merosidan ta'sirlangan va shakllangan. Masalan, G'azzoliy Alloh va ilohiylik bilan bog'liq masalalami to'la-tukis idrok etishga aql ojiz ekanini ta'kidlaydi. Chunki Allohni, gayb ilmlarini faqat naql va ilohiy tuyg'u orqali bilish mumkin. Inson o'z aqli bilan hamma narsaning mazmun mohiyatiga etishga imkoni bo'lganida vahiy orqali zarur ilohiy ko'rsatmalar kelishiga hojat qolmagan bo'lar edi. G'azzoliy “Aql o'zining ojiz va notavonligini tushunib yetish uchungina kerak xolos” 1,- degan xulosaga keladi. Abu Ali ibn Sinonmg peripatetic falsafiy qarashlarida: “Kalom aqlnmg cheksiz imkoniyatlarini inkor etmaydi, chunki uningcha, Allohning o'zi oliy Aql va donishmandliknmg yagona sohibidir. Uning aqli oldida oddiy insonning aqli ojizdir. Shunday ekan, Allohning aqli va Alloh to'g'risidagi bilim bir-biridan tubdan farq qiladi. Ammo inson aqlining mavqeyi muximdir. Aql tufayli inson o'z his-tuyg ularini, olingan xabarlami muayyan tartibga keltiradi, ulaming chin yoki yolg'on ekanini aniqlaydi. Xoliq tomonidan yaratilganni (xaqni) bilib boradi. Lekin kishi muammolar mohiyatiga chuqur kirib borar ekan, unda aqlning imkoniyatlariga shubha paydo bo'la boshlaydi. Bu esa, iymon-e'tiqod uchun xavflidir”2. Tasavvur tariqatlari aqlning imkoniyatlarini, zohiriy jarayonlarini bilish bilan chegaralab qo'yadi. ’’Botinni, Haqni anglashga faqat qalb, qalbning holati da'vo qila oladi”3, deb uqtiradi tariqat namoyondalari. Ibn Rushd falsafasida: “Aql tarozisi muhim maqomga ega. Ularga ko ra inson aqli dastawal sust aql ko'rinishida namoyon bo'ladi. U ashyo va hodisalami bilish jarayonida orttirilgan aql sohibiga aylanadi. Bunday holatda uning qarshisida g ov bo'lishi mumkin emas. Jonli mulohaza oddiy narsa va hodisalaming muhim bo'lmagan xossa va xususiyatlari (aksidenstiya-araz)ni kashf etish bilan chegaralansa, aql esa, aksincha, ulaming tub mohiyatini anglashni maqsad qilib qo'yadi. Aqlning qarshisida o'tmish, hozirgi davr va kelajak bab-barobardir. Aql makon va zamonda cheksizdir”4. Abu Nasr Forobiyning fikricha: “Ezgu fikr, donishmandlaming durdona

g'oyalariga mangulik muhri bosilganidek aql ham abadiydir” 1. Alisher Navoiy asarlarida uaqF tushunchasi bilan bog'liq quyidagi iboralami uchratamiz: “Aql ahlihushyor ong egalari; Aql dehqoni-tajriba va mulohaza egasi, tajribali ongli kishi; aql ko'yi - aql idrok yo'li; aql mezoni-ong, aqlning o'lchovi tarozisi; aql muhandislaridonishmandlar, olimlar, bilimdonlar; aql oldida - ongli tushunish bo'yicha, aqlan; aql piri-tafakkur ustozi-farosatli kishilar; aql sarrofi- aql zargari, aqlning baholovchisi. Aql o'yini-miya, fikm xayol; aql xirmoni- aql mujassamligi; aql chirog'i- aqlning kuchi, aqlning quwati; aql eshigi- aqlning yo'li, ongli yo'l; aql o'ti-zehn o'tkirligi, hushyorlik; aql hushi-bunga izoh hojat emas. Aql hisobi-ong doirasi, chegarasi. Aqldan begona-telba; aqli javohirshunos- yetuk, komil va so'zning yashirin sirlarini yaxshi tushunadigan nozikta'b kishilaming idroklisi; aqli zoyil-aqli ketgan kishi; aqli zulmoniy-xira aql, o'tmas zehn; aqli kuni-eng yetuk aql; aqli maslabatbin-maslahat ko'rsatuvchi, to'g'ri yo'l va to'g'ri fikrga yo'llovchi aqjl. Aqli musharraf-sof, sharafli aql; aqli mustaqim-ikkilanmaydigan. To'g'ri aql egasi qat'iy fikrli odam; aqli musohib-fahm farosatli kishi; aqli oz- aqldan adashmoq; aqli saloh-to’g’ri,sog’lom fikr; aqli sarkash-itoatsiz,o’jar, qaysar,bo’yin tovlovchi aql; aqli sitamkori-jabr-zulum qiluvchi, jafo yetkazuvchi. Aqlu fahmi hurdadoi-nozik aql-fahm; aqli xudbin-faqat o’zini o’ylaydigan shaxs; aqli xurdabin-sezgir.nozik aql va h.k. Alisher Navoiy «aql» tushunchasini «bilimdonlik»dan kengroq ta’riflab, “aql” so’zining 27 darajasi va 27 sifatini ajratadi. Ushbu sifatlardan eng muhimi va ijobiylari bevosita bilimdonlikka aloqadordir. Demak, aqlning o’zi bitta, lekm odamlaming aqliy darajasi ko’pdir, barcha odamlar aqlga ega ekanliklari bilan bir xildir,lekin ular aqliy darajasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Yer yuzida qancha odam bo’lsa, hammasi aql darajasi bilan ozgalardan farq qiladi. Dunyoda nekbin aql egalari va xudbin aql egalari bor. Nekbin aql egalaridagi aql insoniyatga ezgulik keltiradi, xudbin aql egalaridagi aql esa faqat o’z egasiga naf keltiradi. Aql bobidagi misollami boshqa mutafakkir va allomalar asarlaridan ham ko’plab keltirish mumkin.O’rta asrlarda Sharq mamlakatlan falsafasida “Aql al-fa’ol” degan tushuncha qo’llangan, U islom dunyosida hozir ham muomalada Forobiy, ibn Sino, ibn Rushdning falsafiy ta’limotlanda Aql al-fa’ol olamning vujudga kelishida-dunyoviy aql shaklida birinchi sabab-Allohdan kelib chiqadi. Bu dunyoviy aql insondagi individual Aqlning yuzaga kelishi va rivojiga ta’sir etib turadi. Har bir inson aqli o’z navbatida dunyoviy aql bilan birlashishga intiladi. Insonmng shaxsiy aqli olamni borgan sari chuqurroq bilib,bir necha bosqichlami bosib o’tadi. U mutlaq bilimlar, ya’ni olamning ibtidosi va asosi haqidagi bilimlami o ’zlashtirgandan so’ng dunyoviy aql bilan birlashadi;imi boyitadi.

Shaxsiy aqliy bilim bilan boyigan dunyoviy aql yana inson aqlining rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Sharqning ilg’or mutafakkirlari “Aql al-fa’ol” ta’limoti asosida aqlning qudratini, uning ob’yektiv mazmunini, olam taraqqiyotidagi ahamiyatini isbotlashga harakat qiladi. Dunyoviy aql bilan inson shaxsiy aqlining munosabati haqidagi ta’limot jamiyat ma’naviy madaniyatining uzluksiz boyib borishi;, inson aqlzakovatining ilm-ma’rifatga qo’shgan hissasi bilan mangulikka erishishi, har kim tirikligida kelgusi avlodlarga ilm-madaniyat sohasida meros qoldirishi uchun intilishi zarurligi haqidagi fikrlami ifoda etadi. Hozirgi zamon falsafiy tafakkurida ratsionalizm (Aqlga urg’u berish) va sensualizm (jonli mushohadaparastlik) kabi yo’nalishlar bir-biridan farq qiladi.Aql bilan jonli mushohadani bilish jarayonining гагиг bosqichi va vositalari sifatida talqin etish va ulardan samarali foydalanish muhimdir. Bugungi kunda inson aqlini o’rganish,u bilan bog’liq sir-sinoatlami tadqiq etishga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda. Dunyoda globallashuv jarayonlan, axborot oqimi muttasil kushayayotgan hozirgi davrda faqat aql-idrok, ezgu g’oyalarga e’tiqod va yuksak ma’naviyat insonnmg asl tabiatini saqlab qolishi mumkin ekani tobora yaqqol ayon bo’lmoqda


Download 243,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish