Ta’lim jarayonida yoshlaming intellektualligini va mustaqil fikrlay olish
qobiliyati darajasini diagnostika qilish. Ta’lim jarayonini diagnostikasiz boshqarish mumkin emas.Ta’lim diagnostikasi ko'p hollarda yosh avlodda u yoki bu hislatlami (chidamlilik, iroda, qunt va boshqalar) ham aniqlaydi. Diagnostika odatdagi an’anaviy o'quvchilar bilim va qo'nikmalarini tekshirishdan farq qiladi.
Diagnostika natijalami unga erishish yo'llari, vositalari bilan bog'liq holda ко'rib chiqadi. Diagnostika o'z ichiga nazorat, tekshiruv, baholash, statistik ma’lumotlami
to'plash, ulami tahlil qilish, dinamikani ko'rsatish, voqealaming keyingi rivojini bashorat qilish kabilami qamrab oladi. Ko'pchilik ota-onalaro'z bolalarining intellektual rivojlanishlarini boshqa bolalar bilan solishtirib ko'rishadi. Psixolog, tibbiyot xodimlaridan maslahat so'rashadi. Lekin pedagogik diagnozga, mutaxassisning tashxisiga kamdan-kam murojaat etishadi. Bolaning kamoloti quyidagilardan kelib chiqadi:
1. Jismoniy va ruhiy rivojlanish o'rtasida mustahkam aloqa mavjudligidan.
2 .Bolaning maktab talabiga tayyor bo'lishi awalo rivojlanishning ichki jarayonlariga bog 'liqligidan.
3. Bu yetilishning muhim ko 'rsatldchi vizual differensial qabul qilishning yetilishi, obrazlarga ajratish qobiliyatining borligidan.
4. Maktabda bolaning fanlami yaxshi o'zlashtirmasligi uning intellectual rivojlanishi pastligidan emas, balki maktabga yetarli darajada tayyor emasligidandir. «Bolaning maktabga yetarli darajada tayyor bo'lmasligi natijasida o'qish bola uchun juda og'ir yuk bo'ladi va bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Maktabga tayyorgarligi yetmagan bolalami maktabga bermasdan, balki ulami maktabga tayyorlash kerak». O'quv muassasaJarida tahsil oluvchilaming intellektuallik darajasi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha farqlanadi va hisobga olinadi: Jismoniy kamolotga erishganlik yo'nalishi; Intellektual yo'nalish (differensiyalash qobiliyati, miqdor va ko'plikni tushunishning darajasi, xotiraning rivojlanish darajasi. Mehnatga munosabati (vazifani bajarishga tayyorgarligi, diqqat va chidamni
boshqara olishi). Ijtimoiy yo'nalish (tarbiyachilardan hissiy mustaqilligi, guruh bilan munosabatga kirisha olish) va h.k.
Bolaning bilim olishga tayyorgarligi quyidagilar orqali tadqiq qilinadi: shifokor tekshiruvi orqali, maktabga tayyorgarlikni aniqlovchi test o'tkazish orqali, test jarayonida bolaning xulqini kuzatish orqali, oldingi rivojlanishi haqida axborot to'plash va uni o'rganish orqali, - bolaning ota-onalari bilan suhbat orqali.
Insonning intellektual rivojlanishini o'rganish hozirgi kunning muhim masalalaridan bo'lib kelmoqda. Bu borada juda ko'plab ilmiy ishlar qilindi, tadqiqotlar olib borilmoqda. Lekin mazkur masalani o'rganishda hanuzgacha yuksak natijaga erishilganicha yo'q.
Intellektual rivojlanish nazariyalari. Intellektual rivojlanishning quyidagi nazariyalari mavjud: o'quv nazariyasi, psixometrik nazariya, kognitiv nazariya (yoki axborot tahlili).
O'quv nazariyasini Tomdayk asoslagan bo'lib, u intellektni bilim egallsh qobiliyati sifatida qaraydi. Bu nazariyada turli bilimlami egallsh jarayonining quyidagi bosqichlari keltiriladi: signallami oddiy egallalsh, operativ taxlil; muammoni yechishning qoida va yo'llarini egallsh.
Psixometrik nazariya o'quv nazariyasidan axamiyatliroq bo'lib hisoblanadi. U turli omillami analitik tarzda o'rganadi. Statistika metodi kabi psixometrik nazariya omillami tahlil qilish alohida individual turli ko'rsatkichli va bir-biri bilan bog'liq omillami guruhlaydi. Keyin bu omillar unda mujassamlashgan vazifalami hisobga olgan holda verbal interpretatsiya qilinadi.
Pedagogik diagnostika va uning metodlari o'quvchi-yoshlaming bilimini, fikrmulohaza yurita olishlarini, ish bilan harakatning birligi hamda tarbiyalanganlik darajalarini o'rganib, ulardagi ijobiy fazilatlami takomillashtirish va salbiy xislatlami yo' qotish uchun zarur bo' lgan korrektsion ishlami amalga oshirishga imkon beradi. Bugungi kunda o'quvchilaming intellektual rivojlanishini aniqlashda J.J. Piajening “Bolaning aqliy rivojlanishini diagnostika qilish”, L. S. Rubinshteynning “Modellashtirilgan pertseptiv harakatlarini egallab olish darajasini aniqlash”, M. ye. Bershadskiyning “Ko'rgazmali-obrazli tafakkur harakatlarini tashxislash”, E.Qozievning “Mantiqiy tafakkur harakatlarini shakllantirish” kabi metodikalari muhim ahamivat kasb etadi. O'quvchilarda aqliy darajani (IQ) aniqlaydigan maktab testi (SHTUR-ADAMT) ham bugungi kunda mashhur testlardan biri bo'lib hisoblanadi. Bu test maktab yoshidagi o'quvchilaming aqliy rivojlanishini tashxis qilish uchun mo'ljallangan. Uning tarkibida bir necha subtestlardan iborat topshiriqlar mavjud bo'lib, ular: «bilimdonlik», «analogiya («o'xshashlik»)», «klassifikatsiya» (tasniflashtirish), «umumlashtirish», «sonli qatorlar»ni o'z ichiga kamrab oladi. Test о zaro ekvivalent bo' lgan A va В shakllardan iborat. Shaxsning ob’ektiv va sub’ektiv tomonlaiiga qarab tadqiq qilish metodikalarini tanlash joizdir. Bunda proyektiv testlar (shaxsni tadqiq qilishning yaxlit holda o’rganish usullari majmuasi) bo’lib proyeksiya (tasvir, aks, soya kattalashtirish ma’nolarida ) natijalarini pedagogik diagnostika asoisda izohlashga asoslanadi. (Misol uchun shaxs biron bir holatda voqelikni o’zicha o’zining xislatlariga mos idrok qilib o’zidatasawur hosil qiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |