Tahlil. Tahlilda biz kuzatishning solishtirma tasnifidan chetga chiqamiz. Endi biz u yoki bu individning xulqi oldingidan, boshqa individlaming xulqidan nima uchun
farq qilishini yoki normadan chekinishini bilishni xohlaymiz. Biz bu sabalami tahlil qilishni, ayrim o'quvchilarimizning xulqi biz kutganimizdan boshqacha bo'lib
chiqishi sabablarini bilishga intilamiz.
Bashorat qilish (prognoz)- ma'lum vaqt oralig ida kuzatilayotgan ob'ektga nisbatan ehtimoliy ilmiy asoslangan fikrlar majmuyidir. Jamiyatimizning hozirgi bosqichida yosh avlodning ichki imkoniyatlarini aniqlash, manaviy madaniyatli va yuksak ma'rifatli qilib tarbiyalash borasida prognostika (bashorat) qilish muammosi olimlar va tadqiqotchilar etiborini jalb qilmoqda. Bu muaimmoga bag'ishlab faylasuf, pedagog,psixolog, adabiyotshunos va jamiyatshunos mutaxassislar tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Hozirgi zamonda prognozlashtirishning ilmiy muammolari jamiyatimizning har bir sohasida, shuningdek, ta'lim jarayonini didaktik loyihalashda о ta muhimdir. O'quvchilami o'qitish jarayonida bashorat qilishning pedagogik omillaridan foydalanishning bir qator yechimini kutayotgan muammolari bor:
-birinchidan, siyosiy va ijtimoiy jihatdan ta'lim davlat siyosatida ustivor deb belgilanishi;
-ikkinchidan, inson faoliyatining asosiy turi mehnat, atrof – muhimi o’zlashtirish, bunyod qilish orqali ham ijtimoiy, ham shaxsiy ehtiyojlarini qondirishi;
-uchinchidan, respublikaning umumiy o'rta ta'lim maktablarida ilm olish ijtimoiy hodisa sifatida qaralishi;
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev yosh avlod tarbiyasida bashorat qilish o'mi nihoyatda beqiyos ekanligini ta’kidlab, shaunday deydi: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo'yib kelayotgan yoshlaming ongiga shunday fikmi singdirish kerakki, ular o'rtaga qo'yilgan maqsadlarga erishish o'zlariga bog'liq ekanligini, ya’ni bu narsa ulaming sobitqadam g'ayrat - shijoatiga, to la - to'kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog'liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishiningg asosiy shartidir1». “Prognozlashtirish- insonning bilish faoliyati turi, ya'ni ob'ekt va uning
rivojlanish g’oyalarini tahlil qilish asosida prognostik shakllantirish yo'nalishidir2”,- deb yozadi F. Kerimov o'zining “Sportchining mahoratini prognozlashtirish” asarida. Pedagogik diagnostika doirasida o'qituvchi solishtirish va tahlilda olingan natijalami boshqa sharoit va kelajakda qo'llashga majbur. Agar o'quvchi bir xonali sonlami ko'paytirish qoidasini qo'shimcha darsda o'zlashtirgan bo'Isa, o'qituvchi kuzatuv olib borib, o'quvchi shu natijani sinfda ham takrorlay olishga qodirligini, ikki xonali sonlami ko'paytirish qoidasini idrok etishga tayyor ekanligini aniqlay olishi kerak.
Ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi doimo vaziyatni bashorat (prognoz) qilib boradi, uning natijalariga qarab o'quv-tarbiyaviy tizimning keyingi bosqichlarini aniqlaydi. Attestatsiyao'tkazish davomida o'qituvchi yuqori bilim talab qilinadigan
maktab (o'quv yurti)da o'qishga, uni muvaffaqiyatii tugallashiga tadqiq qilinuvchi o'quvchi-yoshlaming tayyorgarligi yetadimi, yo'qmi, ijtimoiy hayotdagi faollik darajasi qanday ekanligi kabi masalalami bashorat qila olishi kerak. Hozirgi kun talabi asosida har bir o' qituvchi prognostika bilan shug' ullanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |