1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


 Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   152
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.
Iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti oʻzining afzalliklari bilan ajralib turadi. 
Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qilishi, 
rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini koʻrsatib 
oʻtish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. 2. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. 
3. Iqtisodiy sub’ektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. 
Bozor iqtisodiyotning yuqorida koʻrib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda 
boshqa koʻplab 
ijobiy jihatlarini 
ham sanab oʻtish mumkin. Jumladan: - uning ishlab chiqarishning 
oʻzgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va koʻnikishining 
yuqori darajasi; - fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal 
sur’ati; - turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; - buzilgan muvozanatni 
nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; - cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning 
sarflanish darajasiga 
yoʻnalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi 
kamchilik yoki
salbiy jihatlari 
ham mavjud: - atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan 
muhofaza qilish 
mexanizmining mavjud emasligi; - resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini sqlash imkoniyatining 
yoʻqligi; - mehnat qilish bilan bogʻliq kafolatlarning mavjud emasligi; - fanda fundamental va amaliy 
tadqiqotlarning rivojlanishiga koʻmaklashuvning yoʻqligi; - rivojlanishning beqarorligi hamda ijtimoiy 
ishlab chiqarishning pasayish holatlarining mavjudligi. 
4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi boʻlib, iqtisodiyot 
nazariyasida ham, xoʻjalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham 
qoʻllaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. 
Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga oʻxshab koʻrinadi, ayrimlar 
bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb oʻylashadi. Lekin uning ichki 
mazmuniga e’tibor berilsa, u koʻp qirrali boʻlib, mazmuni oʻzgaruvchan ekanligini, turli 
davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. 
Bozor – 
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) oʻrtasida pul 
orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi. 
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va 


xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. 
Bozor ayirboshlash kategoriyasi boʻlib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib 
turishiga yordam beradi. 
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar 
yordamida bajaradi. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish