1-MAVZU: «IQTISОDIY TA`LIMОTLAR TARIXI» FANINING
PREDMETI VA O`RGANISH USULI
Reja:
Kirish.
1.
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» kursining predmeti va o`rganish usuli.
2. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi»
uslubi
3. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanining mohiyati
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi»
kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o'rinni
egallaydi.
Insoniyat o'zining ko'p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Har bir davrda
u yoki bu mamlakatda ayrim
shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr,
g'oya, nazariya, konцepцiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda
shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana
shu iqtisodiy g'oyalarni har tomonlama chuqur o'rganish, tahlil etish, ular orasidan
umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq
etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko'p
yillik
tajriba mujassamlashgan bo'ladi.
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanining
predmeti bo'lib
, ma'lum davrlardagi u yoki
ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g'oyalar va ijtimoiy
konцepцiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy
jarayoni hisoblanadi.
Bu g'oyalar
ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va
yo'nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi
mustaqil fan sifatida eng
qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy
fikr, g'oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o'z ichiga oladi.
Uslubiy jihatdan
bu fan iqtisodiy tahlilning ilg'or metodlari yig'indisidan
iborat bo'lib, tarixiy, indukцiya, mantiqiy abstrakцiya va boshqa usullardan keng
foydalanadi.
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan chambarchas
bog'liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng muhim
iqtisodiy kategoriyalarning so'nggi
davr uchun tahlili beriladi, ammo bu
nazariyalar har doim ham turg'un bo'lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin
o'zgarishlar davrida evolyuцiyada bo'ladi. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi»
fanida
ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g'oya, qarash, nazariya,
qonun, ta'limot, konцepцiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi
ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning
manfaatlari nuqtai nazaridan
tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo'jalik ob'ekti bilan chambarchas
bog'liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi
sababli prinцipda ilmiy emas deyish mumkin emas» deb yozadi taniqli iqtisodchi
T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul
qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo'lgan. Ba'zi mutaxassislar
faqat yangi nazariyalarnigina o'rganishni taklif etishadi, ammo bu so'nggi nazariya
avvalgi ko'p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning
yakuniy qisqacha xulosalarsi
sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma'lum vaqtdan keyin
o'zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan
bevosita bog'liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va
mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'rganish orqali ekonomiks, xalq xo'jaligi tarixi,
iqtisodiy tarix va iqtisodiy konцepцiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni
o'zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o'zgarishning
shart-sharoitlari va
oqibatlarini tahlil etishga katta ko'mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to'g'risidagi
fikrlar