O’qitishning axborot texnologiyalari deyilganda maxsus texnik axborot vositalari (EHM, audio, kino, video) dan foydalaniladigan barcha texnologiyalar tushuniladi. Kompyuterlar ta`limda keng qo’llanila boshlagan davrda «o’qitishning yangi axborot texnologiyalari» degan atama paydo bo’ldi.
Umuman aytganda, har qanday pedagogik texnologiya - bu axborot texnologiyadir, chunki o’qitishning texnologik asosini axborot va uning harakati tashkil qiladi. SHuning uchun kompyuterdan foydalanadigan o’qitish texnologiyasini kompyuterli texnologiya deb atash to’g`riroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |