To’rtinchi davr – O’zbekistonning mustaqillik davrini o’z ichiga oladi. 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilingandan keyin mustaqillikni, yurt farovonligini, xalqning tinchligini, osoyishtaligini saqlash va kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodga e’tibor ustuvor vazifa qilib qo’yildi. Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy, huquqiy tarbiyalashning turli shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish vazifalari hal qilinmoqda.
3- MAVZU: HUQUQIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISHDA G’ARB MUTAFAKKIRLARINING QARASHLARIDAN FOYDALANISH
1. Fransiyada ma’rifatparvarlik va uning vujudga kelishidagi mafkuraviy omillar
Ma’rifatparvarlik–feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida umummadaniy harakatga ta’sir etgan omil hisoblanadi. U yosh burjuaziyani xalq ommasi bilan birgalikda feodalizm tuzumiga qarshi kurashning tarkibiy qismiga aylangan edi.
Ma’rifatparvar deganda nimani tushunish mumkin?
O’zbek tilining izohli lo’g’atiga (1981 yilda Mokvada chop etilgan) e’tibor bersak, unda ma’rifatga shunday ta’rif berilgan: «Kishilarning ong- bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya» deyiladi.
Ma’rifat yoki ma’rifatparvarlik jamiyatni tubdan o’zgartiradigan, kishilar ongi va qarashlariga ta’sir eta oladigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan hisoblanadi. Chunki, bu jarayon kishilarning indivudial ongi orqali ijtimoiy ongga ta’sir etadi va jamiyatni rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
XVII asrda G’aprbiy Yevropa mamlakatlarida yuz bergan uyg’onish davrining oqibati, o’laroq ma’rifatparvarlik kirib keldi va yangi ishlab chiqarish jarayoniga, feodalizmni o’z o’rnini kapitalizmga bo’shatib berishga majbur eta oldi. Bu jarayon XVIII asrga kelib yuqori darjaga ko’tarila oldi. Ayniqsa, ma’rifatparvarlik Yevropa mamlakatlari orasida Fransiyaga kuchli ta’sir etdi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, hech qaysi to’zum yoki davlat boshqaruvi o’z o’rnini o’z-o’zidan boshqasiga bo’shatib bermaganidek ma’rifatparvarlik g’oyalariga o’tmish asrlarning qa’ridan ufurib kelayotgan va eski to’zumni tish-tirnog’i bilan himoya qilishga harakat qilayotgan konservatik g’oyalar va qarashlar qarshilik ko’rsatdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |