1-mavzu: Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining asosiy tushunchalari, fanning maqsadi, vazifalari



Download 239,4 Kb.
bet2/29
Sana09.07.2022
Hajmi239,4 Kb.
#765045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
huquqiy tarbiya

Huquqiy tarbiya - bu jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali singdirib borish jarayoni.
Huquqiy tarbiya vositalariga: huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim, yuridik amaliyot, o’zini o’zi tarbiyalashlar kiradi.
Huquqiy dunyoqarash -bu jamiyatda kishilar tomonidan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda bosh rolni huquq bajaradi deb tan olinishi.
Huquqiy nigilizm –bunda (lot. “nihil”-“hech narsa”) huquq sub’ekt(lar)ining amaldagi huquq normalarini mensimasligi, ularga hurmatsizlik munosabatida bo’lishi yoki inkor qilishi tushuniladi.
Huquqiy nigilizm quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi:
- nazariy shakli(olimlar, mutafakkirlar, siyosatshunoslar tomonidan muayyan manbalarda huquqni inkor qilinishi);
- amaliy shakli (faol va sust (passiv)).
Faol huquqiy nigilizm - ijtimoiy munosabatlarda huquqni ochiqdan ochiq inkor qilish;
Sust huquqiy nigilizm - jamiyatdagi kishilar tomonidan amaldagi huquq normalarini mensimaslik.

2-mavzu. Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda Sharq mutafakkirlarining qarashlaridan foydalanish
O’zbek xalqining ta’lim-tarbiya sohasidagi milliy merosi uzoq tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Ota-bobolarimiz juda qadimdan yosh avlodni hayoli, iymon-e’tiqodli qilib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Insoniyat o’zining tarixiy taraqqiyoti davrida huquqiy ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun ma’rifiy jarayonda ob’ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi va shu asosda ta’lim-tarbiya mazmunini yaratadi.
Ta’lim-tarbiya kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan boshlangan va rivojlangan. Bola tug’ilishi bilanoq ota-onasining parvarishi orqali atrof-muhit bilan tanishadi. Turmush faoliyati boshlanishi bilan ishlab chiqarish tajribasi va malakalarini o’zlashtiradi, shu jarayonda unda aqliy va jismoniy kamolot, madaniy, axloqiy va estetik qarashlar shakllanadi. SHaxsga ta’lim-tarbiya berishni o’ziga kasb qilib olgan kishilar paydo bo’lib, asta-sekin ta’limiy maqsadlar shakllanadi, shuningdek, kishilarning ijtimoiy sifatlari aniqlanadi.
Dastlab ta’lim beruvchilar yoshlarni otda yurishga, kamondan o’q otishga va adolatli bo’lishga o’rgatishgan. Ajdodlarimiz o’z Vatanini, xalqini sevish, do’stlariga va safdoshlariga sadoqatli bo’lish, or-nomusni qadrlash kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo’lganlar.
Ne-ne buyuk mutafakkir ajdodlarimiz yashab o’tgan shonli tariximizning qaysi davrini olmaylik, yurtimizda ilmu ma’rifat va ma’naviyatga, yuksak huquqiy ong va madaniyatga intilish hech qachon to’xtamaganini, bu buyuk insoniy sifatlar xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg’ambarimiz vafotlaridan keyin islom olamida yangi qonun va qoidalarni paydo bo’lish jarayonini to’xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammomalar Qur`oni Karimda va Payg’ambar alayhissalom sunnatlarida korsatilib berilgan vaqonun qoidalar hal etilib xuquqiy tarbiya beriladigan boldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur`oni Karim va sunnati nabaviya asosida shakllandi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hadislarni jamlab kelajak avlodni huquqiy tarbiyalash ehtieji vujudga keldi. Dastlabki urinishlar natijasida Zayd ibn al-Xasanning «Majma` ul-fiqh», Malik ibn Anasning «al Muvatga» nomli vaAhmad ibn Hanbaning «al-Musnad» nomli hadislar toplamlari vujudga keldi. Lekin ushbu hadislarning mualliflari mavjud hadislarni saralab toplashni ozlariga vazifa qilib qoymasdan, muayan huquqiy tarbiyaga javob beradigan zarur hadislarni toplash bilan chegaralangan. keyinchalik bu hadis ilmi bilan shug’ullanadigan olimlar tomonidan davom ettirildi.Ulardan butun islom olamida e`tirof etiladigan «Olti ishonchli toplam» ( kutub assahih assitta) deb yuritiladigan toplamlar alohida orin tutadi. Bular Imom al-Buxoriy va imom Muslimlarning «Jome` as-sahih» (ishonchli toplam) an Nasoiy, Abu Dovud, atTermiziy va ibn Mohjalarning «As sunnan» nomli hadislar toplamlaridir. Buyuk islom olimi, faqih burhoniddin al-Marg’inoniy Qur`on va Hadisni mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bolgan va huquqiy tarbiya sohasida beqies durdonalar yaratgan. U ta`limni dastlab Marg’ilonda, keyinchalik Samarqandga kochib borib, butun islom olamida mashhur «Al hidoya» asarini 573 yili (1170) ezgan.Bu asar ovrupo xalqlari tillariga tarjima qilinib, katta qiziqish bilan organilganligidan uning kopgina mamlakatlarda hun`un` ilmi rivojiga sezilarli ta`sir korsatganligiga shubha yoq. Jumlada «Al hidoya»ning ingliz tilidan Vishnegorskiy tarjima qilib, N.M.Grodakov tahriri ostida 1893 yili Toshkentda rus tilida nashr etilishi fikrimizning dalilidir. « Al hidoya» bir necha asrlar davomida kop musulmon mamlakatlarida, jumladan, markaziy Osieda huquqiy tarbiyaga doir eng yirik asosiy manbalardan bolib keldi. 1917 yilgi tontarishdan keyin ham, to 1930 yillargacha shariat qonun-qoidalari bekor qilinib, shoro huquq tizimi joriy qilingunga qadar u amalda boldi. 100 Chor Rossiyasi tomonidan Markaziy Osieni zabt etishdan to Oktyabr tontarishgacha mustamlakachilik zulmini otkazishda yaxshi ish bergan hujjatlar 1865 yilgi «Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom», 1867 yilgi « Ettisuv vaSirdare viloyatlaridagi boshqaruv haqidagi Nizom», 1886 yilgi G` Turkiston olkasini boshqarish haqidagi Nizom», Chor Rossiyasi bilan Buxoro amirligi va Hiva xonligi ortasidagi tuzilgan shartnomalar, Turkiston generalgubernatori tomonidan tasdiqlanib, xonlik va amirlik hududidagi rus fuqarolarining huquqlarini, mulklarini, shaxsini ximoya qilish haqidagi huquqiy tarbiyaga oid hujjatlarni organish oquvchilarda katta qizig’ish uyg’otadi.
SHarqda taraqqiy etgan ta’lim-tarbiya to’g’risidagi ta’limotlarni o’rganishda falsafa, huquqshunoslik, sharqshunoslik, tarix, filologiya, pedagogika sohasida ish olib borgan H.Boboev, A.Jo’zjoniy, V.Zohidov, A.Zunnunov, M.Inomova, Z.Muqimov, S.Nishonova, A.Saidov, H.Samatova, M.Xayrullaev, O.Eshonov, SH.O’razaev, K.Hoshimov kabi olimlar alohida o’rin egallaydilar3. Ular ta’lim-tarbiya sohasida huquqiy ta’lim-tarbiyaning, jumladan, huquqshunoslik, fiqhshunoslik, hadisshunoslik yo’nalishlarining rivojlanishida juda ko’p ijobiy natijalar ro’y berganligini isbotlab berganlar.
Tadqiqot jarayonida O’zbekiston hududida huquqiy ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishini to’rt davrga bo’lib o’rgandik.

Download 239,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish