O'YINGA ASBOB-ANJOMLARNI TAYYORLASH
Harakatli o'yinlarni o'tkazish uchun bayroqchalar, rangli bog'ich-lar, har xil kattalikdagi koptoklar, gimnastika tayoqchasi, bulavalar yoki keglilar, chambarak va arg'amchilar kerak bo'ladi. O'yinda asbob-anjom chiroyli, yashil rangda va o'yinda ajralib turadigan bo'lishi zarur (bu kichik maktab yoshidagi bolalar uchun ayniqsa muhimdir). Asbob-anjomning katta-kichikligi va og'irligi o'ynov-chilarning bo'ylariga mos bo'lishi lozim (umumiy ta'lim maktablari uchun tuzilgan jismoniy tarbiya dasturiga qarang). Asbob-anjom sonini oldindan hisobga olish lozim. Asbob-anjomni o'tkaziladigan joy bilan yonma-yon saqlash maqsadga muvofiqdir. Muhimi, uning sanitar holatini muntazam ravishda tartibga solib borish kerak. Bolalarni tarbiyalash maqsadida ularni asbob-anjomlarni ta'mirlashga va saqlashga jalb qilish foydali bo'ladi.
O'yin qatnashchilariga asbob-anjomni tarqatib qo'yib chiqish faqatgina o'yinni tushuntirib bo'lgandan keyin beriladi. Buni bola-larning o'zlari tashkiliy ravishda bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |