Sog’lom bo’lib o’samiz
(kichik gurux uchun)
Musiqa xonasi bayromona bezatilgan.Bolalar qo’llarida rangli bayroqchalar bilan musiqa sadolari ostida xonaga dadil kirib kelishadi.
Bolalar xonada tarqalib, mexmonlarga qarab, musiqa raxbari musiqa tanlaguncha bayroqchalar bilan turli mashqlar bajarishadi,so’ng joylariga o’rindiqlariga o’tirishadi.
Tarbiyachi bolalardan bayroqchalarni yig’ib oladi.
T A R B I Y A CH I: Bolalar bugun biz sog’lom bo’lishimiz uchun bayram o’tkazayapmiz.
Shu payt quyoncha davraga kirib keladi.
Q U Y O N CH A: Voy-voy, boshim, qornim og’riyapti,yordam beringlar.
T A R B I Y A CH I: Bolalar, qarang, bizning bayramga quyoncha kelibdi.Quyoncha senga nima bo’ldi? Xozir seni davolaymiz.
Tarbiyachi bolalarni chaqiradi.Bolalar quyonchaning yelkasi, boshi, qo’li, oyog’ini silashadi.Tarbiyachi unga dori beradi.Quyoncha birdan o’rnidan turib xonani va bolalarni ko’zdan kechiradi.
Q U Y O N CH A: Voy-bo’y, buncha yaxshi bolalar ekansiz, opangiz xam juda mexribon ekan,tuzalib xam qoldim, raxmat sizlarga.
T A R B I Y A CH I: Quyoncha, bizning bolalar sen xaqingda qo’shiq bilishadi.Sen maza qilib tinglab, kayfiyatingni ko’tarib xursand bo’lgin.
“Quyoncha” qo’shig’I yangraydi.
Q U Y O N CH A: Raxmat, juda yaxshi qo’shiq aytdinglar,menga yoqdi, xursand bo’lganimdan kuchimga kuch qo’shildi.Lekin qornim ochdi, sabzi yegim kelyapti.
T A R B I Y A CH I: Xafa bo’lma quyoncha, mana bu savatchani ushlab o’tir,bolalarimiz polizdan sabzi terib kelishadi.
“Kim ko’p sabzi teradi” o’yini
Q U Y O N CH A: Qo’shig’ingiz menga juda yoqdi.Kelinglar, “Bekinmachoq” o’yinini o’ynaymiz.
“Bekinmachoq” o’yini.
T A R B I Y A CH I: Xozir qiziq o’yinlarni o’ynaymiz ( ixtiyoriy attraksion o’yinlar).
Q U Y O N CH A: Bolalar, meni ketar vaqtim bo’ldi.Meni o’rmonga kuzatib qo’yinglar, iltimos sizlardan.
T A R B I Y A CH I: Quyoncha, xafa bo’lma, bizlar seni o’rmonga olib borib quyamiz.Bolalar sizlar qo’rqmaysizlarmi? Yo’lda ko’priklardan, tepaliklardan, tosh yo’llardan o’tib yurishingiz kerak, yana orqaga qaytganda shu yo’llardan o’tib bog’chaga kelishimiz kerak ( sport jixozlaridan foydalanib o’tkaziladi).
“O’rmonga boramiz” estafeta o’yini.
Xonaning etagida, polda sabzilar sochilib turadi.Bolalar musiqa jo’rligida yugurib, bittadan sabzini quyoncha ushlab turgan savatchaga solishadi.O’yin kichik guruxlarga bo’linib o’ynaladi.
Q U Y O N CH A: Raxmat, bolalar, qornimni to’ygazdinglar.Men sizlar bilan raqsga tushishni xoxlayman, sizlarni sakrashga o’rgataman.Xammangiz o’rninglardan turinglar, qo’llaringizni yuqoriga ko’taring, so’ng qo’llaringizni ko’ksingizga tushiring, endi sakrang.
Bolalar sho’x musiqa sadolari ostida quyoncha bo’lib sakrashadi.
T A R B I Y A CH I: Raxmat, senga quyoncha, bolalarimiz bog’chalarida ko’p narsalarni o’rganib, bilib olishadi.Ular endi senga qo’shiq aytib, raqsga tushishni o’rgatishadi.
“Qo’llar mashqi” qo’shig’I yangraydi.
T A R B I Y A CH I: Barakalla, bolalar, qo’rqmanglar, charchamadinglar.Men sizlardan xursandman.
Tarbiyachi sovg’a sifatida bolalarni medallar bilan rag’batlantiradi.
T A R B I Y A CH I: Sog’lom bo’lib o’syapsizlar.Men sizlarga yaxshi kayfiyat tilab, doimo sog’lom bo’lib, ulg’ayinglar, deb qolaman.
Bayram ertaligi sho’x raqslar bilan davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |