10-Mavzu. Geografik axborot tizimida ishlatiladigan koordinatlar sistemalari
GATda koordinata sistemalari Biror nuqtaning boshlangʻich deb qabul qilingan boshqa bir nuqtaga nisbatan joylashgan oʻrnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtaning koordinatasi deyiladi. Fan va texnikaning turli sohalarida xilma-xil koordinatasistemalaridan foydalaniladi. Geodeziyada asosan geografik koordinata, toʻgʻri burchakli koordinata, qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi.
Geoaxborot tizimida masalalarni hal qilishda koordinata muhim rol oʻynaydi. Bunday masalalarga mos koordinata sistemasini aniqlash, geografik koordinatadan proyeksiyalangan koordinataga proyeksiyalash, proyeksiyalangan koordinatalarni boshqa sistemalarga qayta proyeksiyalash kabiGeoaxborot dasturlarida odatda bir koordinata sistemasidan boshqasiga oʻtkazish uchun zarur boʻladigan parametrlar oldindan kiritilgan boʻladi. Yer sirtida nuqtalar va obyektlar oʻrnini pozitsiyalash uchun toʻgʻri burchakli (tekislikda ikki oʻlchamli va fazoda uch oʻlchamli) koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Ushbu koordinata sistemalarini quyidagi asosiy xususiyatlari boʻyicha tasniflash mumkin:
koordinata boshining joylashishi boʻyicha – geosentrik va toposentrik;
koordinata chiziqlari boʻyicha – tekislikda toʻgʻri burchakli va fazoda egri
chiziqli (sferik – sharda, ellipsoidal – ellipsoidda);
vazifasi boʻyicha – Yulduz va Yer koordinata sistemalari.
Yuqorida aytilgan koordinata sistemalaridan koʻp qoʻllaniladigani
geosentrik (geodezik) toʻgʻri burchakli fazoviy koordinata sistemalari (ular uch
oʻlchamli) va ikki oʻlchamli tizimlardan yassi toʻgʻri burchakli Gauss-Kryuger
koordinata sistemalari hisoblanadi. Geosentrik koordinata sistemasida koordinatalar boshi sifatida umumiy yer ellipsoidi markazi (Yer massasining markazi) qabul qilingan va uning Z oʻqi Yerning aylanish oʻqi bilan birlashtirilgan. Ushbu sistema yer sirtining katta qismlarida yoki yerning har qanday shakliga bogʻliq geodezik masalalarni haletishda qoʻllaniladi (masalan, kosmik geodeziyada). Geografik koordinata sistemasida yer yuzidagi nuqtaning oʻrni uning geografik kengligi va uzoqligi bilan aniqlanadi. Yer yuzidagi nuqtaning geografik koordinatalari aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga boʻlinadi. Geodezik koordinatalar. Geodezik koordinata sistemasida biror nuqtaning oʻrnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi sifatida referens-ellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi. Yer yuzidagi biror nuqtaning oʻrnini aniqlashda shu nuqtadan oʻtkazilgan meridian va parallelning kesishgan nuqtasidan foydalaniladi. Birornuqtadan oʻtkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligini, parallel esa geodezik kenglikni bildiradi. Yer ellipsoidining kichik oʻqi orqali boʻylamasiga oʻtkazilgan kesma − meridian tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil boʻlgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi. Yer ellipsoidining biror nuqtasidan uning aylanish oʻqiga perpendikular oʻtkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil boʻlgan chiziq parallel deb ataladi. Yer ellipsoidi markazidan oʻtkazilgan parallel kesmaga ekvator tekisligi deyiladi. M nuqtaning geodezik kengligi B ekvatordan qutblari tomon 00 dan 900 gacha hisoblanadi, nuqta ekvatordan shimolda boʻlsa, uning geodezik kengligi shimoliy kenglik (+), janubda boʻlsa janubiy kenglik (-) deb ataladi. Geodezik uzunlik L geodezik meridian bilan bosh meridian orasidagi burchak boʻlib, bosh meridiandan boshlab gʻarbga (+) va sharqqa (-) tomon 00 dan 1800 gacha oʻlchanadi. Astronomik koordinatalar. Yer yuzasidagi nuqtalarning astronomik koordinatalarini aniqlashda asosiy yuza qilib geoid, koordinata chiziqlari qilib esa astronomik meridian va parallellar qabul qilinadi. Berilgan nuqtaning astronomik meridiani deganda yerning aylanish oʻqiga parallel qilib oʻtkazilgan tekislikning mazkur nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻi yoʻnalishida yer yuzasi bilan kesishishidan hosil boʻlgan chiziq tushuniladi. Yer yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan boshlangʻich deb qabul qilingan Grinvich meridiani tekisliklari orasida hosil boʻlgan burchak shu nuqtaning astronomik uzunligi deyilib, λ bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |