1-Mavzu. Geografik axborot tizimining tarifi


-Mavzu. Geoaxborot tizimida konversiyalash, georeferenslash va



Download 97,54 Kb.
bet12/44
Sana06.06.2022
Hajmi97,54 Kb.
#641384
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
45 ta mavzu.

12-Mavzu. Geoaxborot tizimida konversiyalash, georeferenslash va
Transformatsiyalash

Geografik oʻzgartishlar matematik jarayon boʻlib, unda nuqtalar koordinatalarini bir koordinatalar sistemasidan boshqasiga oʻzgartirish amalga oshiriladi. Aniq geodezik ishlarni bajarishda geoidga nisbatan ellipsoidning aniq oʻrnini hisobga olish zarur. Ushbu bazaviy ma’lumot negizida oʻrin olgan turli ellipsoidlar koordinata sistemalari va kartografik proyeksiyalarning oʻzgartirilishiga geografik oʻzgartishlar (konversiyalash) deyiladi. Geografik oʻzgartishning bir nechta usullari mavjud. Berilgan geografik koordinatalar (kenglik, uzoqlik va balandlik) boshlangʻich nuqtasining geosentrik toʻgʻri burchakli koordinatalar markazidan siljishi qiymatini hisobga olgan holda boshqa geografik koordinatalarga oʻtish eng sodda usul hisoblanadi. Bunda ikkala


ellipsoid oʻqlari yoʻnalishlari parallel deb olinadi, bu esa koʻp holatlarda haqiqiyga toʻgʻri kelmaydi. Bu usul uncha katta boʻlmagan hududlardagi ishlar uchun mos keladi, chunki oʻzgartirish jarayonida yuz beradigan xatoliklar berilgan boshlangʻich qiymatlardan kichikdir. Berilgan nuqtaning koordinatasi yoki biz GPS, geodezik asbob orqali topgan yer yuzi nuqtasining koordinatasi turli koordinata sistemalarida turli koordinata birliklariga ega boʻlishi mumkin. Hozirgi kunda Oʻzbekiston uchun SK-42 (Система Красовского, 1942) koordinata sistemasi va WGS-84 sistemasi qoʻllaniladi. Bu ikki koordinata sistemalari orasidagi koordinatalar farqi yoki siljishi turli hududlar uchun turlicha boʻladi. Masalan, Oʻzbekiston hududi uchun 50–70 metrni tashkil etsa, Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloybu koʻrsatkich 140 metrni yoki Ural hududi uchun 100 metrni tashkil etadi. Bunga sabab, taqqoslash olib borilayotgan hududlarning turli joylarda joylashganligidir. Umumiy taqqoslash natijalariga koʻra, bu ikkala sistemalar orasi 0 dan 170 metrgacha farq qilishi isbotlangan. Maksimal darajadagi yaqinlik Markaziy Xitoy va Chilida aniqlangan boʻlib, bu, oʻz navbatida, mazkur
hududlardagi SK42 va WGS84 datumlarining bir-biriga oʻzaro yaqinligidan darak
beradi. Agar SK42 va WGS84 larni Ushbu hisob-kitoblarga koʻra, minimal masofa 1.23487 metrni tashkil etsa, Demak, yuqoridagi rasmdan koʻrish mumkinki, Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysi hududi uchun WGS84 va SK42 orasidagi koordinatalar farqi 50−70 metrni tashkil qilsa, qolgan hududlar uchun bu koʻrsatkich asosan 70−90 metrni tashkil etar ekan. Oʻzgartishning Molodenskiy usuli ham mavjud boʻlib, u beshta parametr boʻyicha bir geografik koordinatalar sistemasidan boshqasiga toʻgʻriburchakli geosentrik koordinatalarga oʻtmasdan oʻzgartishni ta’minlashga qaratilgan. Oʻzgartish jarayoni aniqligini oshirish uchun Gelmert usulidan foydalaniladi.
Ushbu oʻzgartish usuli yettita parametrga – uchta koordinatalar boʻyicha bir ellipsoid markazining boshqasiga nisbatan siljishi va chiziqli masshtab oʻzgarishining masshtab koeffitsiyentini hisobga olib, uni uchta burchaklari boʻyicha burishga asoslangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, koordinata sistemalarini oʻzgartirish usullarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Uchta parametrlar (∆Х, ∆Y, ∆Z) boʻyicha ikkita koordinata sistemalari
markazlarining chiziqli siljishini koʻrsatuvchi qiymatlar, m.
2. Beshta parametrlar (∆Х, ∆Y, ∆Z, ∆A, ∆F) boʻyicha (Molodenskiy usuli), bu yerda ∆Х, ∆Y, ∆Z – uchta oʻq boʻyicha ikkita koordinata sistemalari markazlarining chiziqli siljishlari, m; ∆A − ellipsoidlar katta oʻqlari orasidagi farq; ∆F – ikkita ellipsoidlar siqilish qiymatlarining farqi.
3. Yettita parametrlar (∆Х, ∆Y, ∆Z, Rx, Ry, Rz, ∆S) boʻyicha, bu yerda ∆Х,
∆Y, ∆Z – uchta oʻq boʻyicha ikkita koordinata sistemalari markazlarining chiziqli
siljishlari, m; Rx,Ry, Rz – boshlangʻich ellipsoid oʻqlarining burilish burchaklari.
Oʻzbekistonda yaratilgan va yaratilayotgan kartalar xalqaro va boshqa davlatlarning matematik asoslaridan farqli ravishda ishlab chiqilgan. Bunda asos sifatida Pulkovo -42 koordinata sistemasidan (SK-42) foydalaniladi. Ushbu koordinata sistemasi matematik hisoblashlarda Krasovskiy ellipsoidini matematik asos sifatida qoʻllaydi.



Download 97,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish