Qonuniyat (ﻗﺎﺗٯrﻲ) tushunchasining arabchadan aynan tarjimasi «qonuniylik, masalaning huquqiy tomoni» degan ma’noni bildiradi hamda «ob’ektiv hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar» ni tavsiflaydi.
Demak, ilm-fan bizni o‘rab turgan dunyodagi narsa va hodisalarning ichki sabab-oqibatli uzviy aloqadorliklarini ifodalaydigan, tabiat va jamiyatning taraqqiy etishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradigan yangi bilimlarni shakllantiradi.
Xo‘sh bilim o‘zi nima?
«Bilim: 1. Ob’ektiv borliq haqidagi yoki muayyan (ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy, harbiy va b.) sohalarga oid ilmiy, amaliy ma’lumotlar, tushunchalar majmui, ilm. 2.O‘qimishlilik darajasi, ma’lumot, qobiliyat (eruditsiya)».
Bilimlar esa qaysi sohaga oid bo‘lishidan qat’iy nazar, mantiqli – tizimli va butun bashariyat uchun naf keltiradigan bo‘lishi lozim. Darhaqiqat, «bilim – bu bizni o‘rab turgan olam haqidagi bosh-boshdoq tasavvurlarimini mantiqli-tizimli holatga keltirish» (A. Eynshteyn).
1.3. Fanning asosiy maqsadi va uni talqin etish tartibi.
YUqorida keltirilgan va shunga o‘xshash boshqa masalalarning qishloq xo‘jaligida tadbiq qilinishi katta iktisodiy foyda beradi, chunki bu masalalarning echimi ilmiy tarzda asoslangan bo‘ladi. Bu ishlarni kim amalga oshiradi?
Hozirgi zamon talabasi, lekin u qaysi sohada bo‘lmasin, ilm-fan natijalaridan foydalanmay turib, o‘z sohasining kelajagini aytib berolmaydi.
Xalq xo‘jaligining barcha sohalariga shu jumladan qishloq xo‘jaligiga ham, juda bilimdon, o‘zi bajargan ilmiy tadqiqotlarini natijalari orqali mustaqil qaror qabul qilaoladigan mutaxassislar kerakki, ularning ishlari mehnatni va ishlab chiqarishni yaxshilashga, takomillashtirishga qaratilgan bo‘lsin.
SHuning uchun hozirdayok, har bir talaba o‘zini mustaqil ilmiy faoliyatga tayyorlashi kerak.
Hozirgi kunda universitet o‘quv jarayoni talabalarni mustaqil ravishda ilmiy – tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishlariga yo‘naltirilgan.
O‘zining nazariy bilimlariga asoslangan holda, zamon ilm-fani darajasida amaliy mashg‘ulotlarni olib borish-keyinchalik mustaqil ilmiy ish olib borishda asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
YUqorida aytilganlarni hisobga olgan holda fanning asosiy maqsadi – talabalarni ilm-fanning mazmuni va uning xozirgi jamiyatdagi o‘rni bilan yaqindan tanishtirishdir.
Mazkur fan o‘zining nazariy bilimlariga asoslangan holda, hozirgi zamon ilm-fani darajasida amaliy mashg‘ulotlarni olib borish, keyinchalik mustaqil ilmiy ish olib borishda asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga ilmiy tadqiqot ishlari o‘rganishda iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini, fan-texnika taraqqiyotini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
“Ilmiy tadqiqot ishini tashkil etish” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: - iqtisodiy bilim asoslari;
- bozor iqtisodiyoti sub’ektlari;
- iqtisodiy kategoriyalar to‘g‘risiida tasavvurga ega bo‘lishi;
- ilmiy tadqiqot ishlari asoslarini;
- ilmiy tadqiqot ishlarinini rivojlantirish qonuniyatlarini;
- mikro-makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganishdagi vaziyatlarni;
- ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va uning natijalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
fan-texnika taraqqiyotining asosiy tamoyillari va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
tadqiqot mavzuini tanlash va muammoni o‘rganilganlik darajasini baholashni, tadqiqot jarayonlarini loyihalashtirish va ishchi dasturini tuzishni, tadqiqotni rejalashtirish va o‘tkazish uslublarini, tadqiqot natijalarini statistik tahlil qilish va eng yaxshi variantlarni aniqlash bo‘yicha xulosalar qilishni, tadqiqot natijalarini statistik tahlil qilishni bilishi kerak;
tadqiqot natijalarini umumlashtirish va variantlar bo‘yicha qiyosiy xulosalar qilish asosida eng maqbulini tanlab olish va ishlab chiqarishga joriy etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
qishloq xo‘jaligi menejmentida ilm-fan, ilmiy izlanish uslublari, tadqiqot turlari, xususiyatlari, sinov tajribalarining asosiy elementlari, eksperimentlarni loyihalashtirish va o‘tkazish, olingan natijalarni umumlashtirish, statistik tahlil qilish va eng yaxshi variantlarni aniqlash malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |