Sts..m q R*S==========лплпллп===== m (11)
bu erda C ts.m— sozlash tsikli sermexnatliligi. (kishiG’soat)
R — bir sozlash tsiklida sozlanadigan dastgoxlar soni.
Sts.m—sozlanuvchi dastgoxlarning sermexnatliligi (kishiG’soat); normativ asosida.
Dastgoxlarning sermexnatliligi ularning konstruktsiyaviy tuzilishi, murakkabligi, texnologik xususiyati, gabariti va ogirligi bilan aniklanadi. Sozlash ishlarini rejalashtirsh kulay bulishi uchun xisob-kitob ishlari, xodimlar soni, sarf bulayotgan xarajatlarni aniklash uchun, xar bir dastgoxni sozlash darajasi murakkabligining kategoriyasi belgilanadi. Uni aniklashda asos kilib dastgoxlarning texnik pasportlaridagi tavsifi e’tiborga olinadi. Dastgoxning konstruktsiyaviy tuzilishi kanchalik yukori bulsa, uning sozlash darajasining kategoriyasi shunchalik yukori buladi.
Sozlash xujaliklari korxonaning bosh muxandisi raxbarligida ishlab chiqarishning mavsumiyligi, ishlab chiqariladigan mahsulot, iste’molchilar tomonidan bulgan talabni e’tiborga olgan xolda uz rejalarini tuzadilar. Bunda yillik, kvartalik va oylik sozlash rejalari tuziladi.
Sozlash tsexlarining asosiy kursatkichlari quyidagilardan iborat:
1. Ish xajmi — natural va pul xisobida;
2. Ishchilar (sozlovchilar) soni;
3. Ish xaki fondi;
4. Ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar, ularning smetasi va tannarx;
5. Sozlash sifati (tsexlar bo’yicha).
5.2. Energetika xo’jaligini tashkil etish va boshqarish.
Korxonalar ishlab chiqarish jarayonida kup mikdorda elektr quvvati, bug, gaz, issiklik, zichlashtirilgan xavo iste’mol kiladilar. Ishlab chiqarishda energiya iste’moliga sarf bulgan xarajatlar mahsulot tannarxi tarkibiga kushilib, uning shakllanishiga ta’sir kursatadi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini uzluksiz ravishda etarli issiklik va energiya bilan ta’minlash xamda ulardan unumli foydalanish masalalari bilan korxona energetika xo’jaligi shugullanadi.
Asosan korxonalar markazlashgan xolda shaxar, rayon sistemalari va gaz uzatgich shaxobchalari orkali energiya bilan ta’minlanadi. Agarda korxonalar shaxarlardan yoki elektr energiya manbaidan uzok masofada joylashgan bulsa, bu xolda korxonalarda shaxsiy energiya shaxobchalari tashkil etiladi.
Kup sohalardagi texnologik jarayonlarda katta mikdorda suv iste’mol kilinadi, shuning uchun korxonaninig energetika xo’jaligida suv inshootlari muxim axamiyatga ega.
Energetika xo’jaligi korxona ishlab chiqarish tizimida ikkiga bulinadi:
a) tsexlar;
b) umum korxona;
TSexlarda urnatilgan elektromotorlar turli apparatura va taksimlovchi shaxobchalar tsexning energoxo’jaligi karamogida buladi. Umumkorxona energoxo’jaligiga esa shaxar, rayon elektr quvvatini ta’minlovchi sistemalarda elektr quvvatlarini kabul kilib oluvchi transformatorlar, energo asbob-uskunalari va ularni ekspluatatsiya kiluvchi sohalar kiradi.
Korxonalarda elektr energiyasidan va yokilgidan foydalanish normalarini belgilash uchun sanoatda joriy etilgan ilgor usullar asosida mahsulotning birlik mikdoriga sarf normasi ishlab chikilib, amalda joriy etiladi.
Quvvatlardan foydalanish va ularning sarf bulish maksadlariga karab turli normalar belgilanadi. Texnologiya uchun sarf buladigan quvvatlar normasi, ( shu jumladan, mexnat kurollarini xarakatga keltirish) mahsulot birligi uchun yoki agregatlarning vakt birligi uchun belgilanadi. Masalan, bir ming dal spirt -sertifikat tayyorlash uchun 1665 Kvt G’soat elektr quvvati sarf buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |