7-mavzu: Himoyalangan yer inshootlarini qoplashda foydalaniladigan yorug‘lik o‘tkazuvchan matyerialllar va ularni xususiyatlari bilan tanishtirish hamda talabini hisoblash.
Oxirgi yillarda himoyalangan joy inshootlarni qoplash uchun oyna va yorug‘lik o‘tkazuvchi materiallardan foydalanilmoqda. Himoyalangan joy inshootlarini qoplashda uzoq vaqt davomida oyna asosiy materiallardan biri bo‘lgan. Oynaning asosiy ijobiy tomoni bu uning yorug‘lik o‘tkazuvchan materialligi, shuningdek, quyosh spektrining ko‘rinadigan nurlarini yaxshi (ko‘k 60-65%, yarim oq 70-80%, oq 80-90%) o‘tkazadi, ammo ultrabin-afsha nurlarini (54% gacha) to‘sib qoladi. Oyna issiqlik nurlarini ushlab qolishi va uni kam o‘tkazishi tufayli, o‘stirish xonalarida issiqlik yaxshi to‘planadi va saqlanadi, shuning uchun himoyalangan joy inshootlarida qulay sharoitga kunduzgi (quyoshli va quyoshsiz kunlarda) va kechqurungi haroratni o‘zgarishi ta’sir qilmaydi.
Oynalar yaxshi yuviladi, shuning uchun yorug‘lik o‘tkazuvchanlikni me’yorida ushlab turish oson. Oyna juda mustahkam, shuning uchun kuchli shamollar ta’sirida parchalanib ketmaydi. Yana oynalardan uzoq muddat davomida foydalanish mumkin. Shuningdek, oynaning nuqsonlari: sinuvchanligi, og‘irligi (1 m2 oynaning og‘irligi 5-11,5 kg bo‘lib, bu plyonka og‘irligidan 100-500 marta ortiq), qattiq qizishi va sovushi natijasida yoriqlarni yuzaga kelishidir. Ushbu nuqsonlar oynani ko‘chma tipdagi konstruksiyalarda qo‘llash imkonini bermaydi va pishiq konstruksiyalarni talab qiladi. Plyonkadan oyna materiallar qimmatligi uchun oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligida polimer materiallardan keng foydalanil-moqda.
Turli polimer materiallarni yaratilishi ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlarini shimoliy mintaqalarda yetishtirish imkoniyatini beradi. Polimer materiallardan eng ko‘p ishlatiladigani polietilen plyonkasi bo‘lib, qishloq xo‘jaligida turli maqsadlar uchun ishlatiladi. Ulardan issiqxonalarni qoplashda, kasallik, begona o‘tlarni yo‘qotishda, tuproqni dezinfeksiya qilishda, chorvachilikda, sun’iy havzalarda baliq yetishtirishda foydalanilmoqda.
Sabzavotchilikda asosan polietilen plyonkadan foydalaniladi. Polietilen plyonkasi etilen gazidan ajratib olinadigan mahsulotdir. Ishlab chiqarishda polietilenni kichik bosimda (4-5 atm. da) hamda katta bosimda (1000 atm. da) tayyorlanadi. Кichik bosimda olingan polietilen pishiqligi, issiqqa chidamliligi bilan ajralib turadi, biroq tashqi muhit haroratini ikki barobarga oshishi plyonka issiqligini ikki martaga kamaytiradi. Yuqori bosimda olingan polietilen yorug‘lik o‘tkazuvchanligi, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha ustun bo‘lib, ikki qavat, keng enli bobinalarga o‘ralgan holda ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari polivinilxlorid, sopolimer etilenvinilatsetat plyonkalari hamda stekloplastdan keng foydalaniladi. Ushbu materiallardan qoplangan inshootlarda arzonroq sabzavotlar yetishtiriladi hamda ularning turlarini ko‘paytir-ishda polimer materiallarning ahamiyati kattadir.
Plyonka oynaga nisbatan yengil, egiluvchan bo‘lib, o‘simlik uchun kerakli ultrabinafsha nurlarni ko‘p o‘tkazadi, shuningdek 0,1 mm qalinlikdagi plyonka, oyna og‘irligidan (2,5 mm) 35 marotabaga yengildir.
Plyonkalarning kamchiliklari: issiqlik nurlarini va inshoot ichidagi haroratni oynaga nisbatan kam ushlab turadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida, plyonkani yorug‘lik o‘tkazuvchanligi va mustahkamligi ko‘pchilik turlarida kamayadi. Plyon-kada issiq harorat natijasida yoriqlar paydo bo‘ladi va shamolda tezda yirtiladi. Stabillashtirilgan plyonkalarni ham ishlatilish muddati cheklangan. Bundan tashqari, shamol ta’sirida plyonkalar elektrostatik zaryadlanadi, buning natijasida plyonka chang zarralari bilan ifloslanadi va yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 15-20% ga kamayadi. Plyonka gidrofilash xususiyatiga ega. Bunda plyonka bilan qoplangan inshoot ichidagi plyonka yuzasida suv tomchilari paydo bo‘ladi, sovuq suv tomchilarining o‘simliklarga tomchilashi natijasida ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, o‘simliklarda tuzatib bo‘lmas kasalliklarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Lekin shunga qaramasdan, ko‘pgina davlatlarda plyonkalarning yangi turlarini ilmiy tekshirish markazlarida ishlab chiqish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Oxirgi yillarda olingan poliamid, polivinilxlorid shuningdek, stabillash-gan va armaturali polietilen plyonkalari himoya qilingan joy inshootlarini qoplash-da ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |