Statsionar issiqxonada hamma narsa oddiy - sozlang va unuting. Ammo yig'iladigan narsalarni yig'ish, qismlarga ajratish va yana yig'ish mumkin. Agar issiqxona, aytaylik, siz yozda tashrif buyuradigan yozgi yozgi uyingizda bo'lsa, unda yozgi fuqarolar ko'pincha mulk o'g'irlashlariga duch kelishlari sababli, echib olinadigan echim sotib olish yaxshiroqdir.
Issiqxonaga qo'yiladigan talablar unda etishtiriladigan narsaga bog'liq bo'ladi. Xuddi shu bodring bir xil harorat, namlik va yorug'lik, pomidorni talab qiladi - yuqoridagi belgilarga muvofiq mutlaqo boshqa qiymatlar. Mahallaga toqat qilmaydigan va bir-biriga zarar etkazadigan o'simliklar mavjud.
Siz nimani o'stirishni hal qilsangiz, siz allaqachon mos balandlikdagi bitta yoki boshqa modelni tanlashingiz mumkin. Aytishimiz mumkinki, bu talablar mutloq emas va yozgi rezidentning manfaatlariga qarab farq qilishi mumkin va sezilarli darajada.
Materiallar: Tarozilar va Kamchiliklari
Advertisement
Issiqxonalar har xil materiallardan foydalangan holda yaratiladi, ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga, shuningdek, afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Agar biz qoplama haqida gapiradigan bo'lsak, unda issiqxonalar:
shisha;
polikarbonat;
film
5-mavzu: Issiqxonalarni namunaviy loyihalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Mamlakatimizda XX asrning 60-yillar oxiri 70-yillar boshlarida, himoyalangan joy sabzavotchiligi sanoat asosiga o‘tkazila boshlanib, bunda inshootlarning konstruksiyasi, texnologik jihozlari va uskuna-larini zavodlarda tayyorlash, ularni yig‘ish maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini taqozo etdi. Buning uchun qurishga mo‘ljallangan issiqxona-larni tuzilishi ular uchun tanlangan maydonlar ularni himoyalangan joy korxona-larini tashkil qilish, bir turda bo‘lishligini talab etdi.
Yuqorida talab etilgan masalalarni hal etish uchun issiqxonalarning namuna-viy loyihalarini ishlab chiqish, ularga ajratilgan maydonlar va himoyalangan joy korxonalari maydonini loyihalash to‘g‘ri texnologik me’yorlar va o‘lchovlarga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Himoyalangan joy inshootlarining namunaviy loyihasiga 810 tartib nomeri berilgan. 810 dan keyin (masalan, 810-1-27-87) raqamlar namunaviy loyihaning alohida tartib soni va uni tasdiqlangan yilini ko‘rsatadi. Namunaviy loyihaning birinchi varaqasida loyihalash muassa-sining nomi — loyihaning muallifi, tasdiqlangan vaqti va loyihaning kuchga kirish vaqti, uning tarkibi (xujjatlar, chizmalar va smetalar) keltiriladi.
Namunaviy loyihaning asosiy xujjatlari alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, tushuntirish xati alohida ahamiyatga ega bo‘lib, unda loyiha qaysi mintaqa uchun ishlab chiqilganligi, qurilishning vazifasi, issiqlik manbai va isitish tizimi, qurilishning xususiyati, foydalanishdagi ko‘rsatkichlar va boshqa ma’lumotlar aks etadi. Ish chizmalari ishlarning turlari bo‘yicha nomerlangan albomlarda to‘plan-gan: qurilish, teplotexnik, sanitar, elektro — texnik va boshqalarning ish chizma-lari. Smeta bo‘yicha hisoblar materiallar, uskunalar, ish kuchi va boshqa ishlarni bajarishdagi sarflanadigan harajatlar kiritilgan bo‘ladi.
Alohida bir loyihani ishga tushirish muddati 5 yilga mo‘ljallangan. Ushbu muddat nihoyasiga etgandan so‘ng loyihani maxsus hay’at ko‘rib chiqib uni yopish yoki uni ishlab chiqarishni ma’lum muddatigacha uzaytirish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Namunaviy loyihalar markaziy loyihalash muassasi tomonidan tarqati-ladi.
1960-yillargacha O‘rta Osiyoda uch seksiyadan iborat angar tipidagi 1004A raqamli namunaviy loyiha bo‘yicha issiqxona kombinatlari qurilgan. Bunday kombinatlar uchta alohida ikki nishabli tuproqli issiqxonalardan tashkil topgan bo‘lib, har bir issiqxonaning inventar maydoni 332,4 m2 ni tashkil qilgan. Issiq-xonalarni ikkitasi tuproqli, bittasi stelajli. Issiqxona kombinatida bitta, suv isitib beradigan qozonxona bo‘ladi. 1960-yillarni oxiri va 1970-yillar boshida 810-24 va 810-45 namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan. Bunday har bir zvenoning eni 3,2 m. Issiqxona kombinati ikkita 3 ga li issiqxonadan iborat bo‘lib, 6 ga li blokli tipidagi va tuproqli yil bo‘yi foydalaniladigan issiqxonalar loyihalashtirilgan.
1980-yillarda O‘rta Osiyoda blokli tipidagi issiqxona kombinatlari deyarli 810-73, 810-92, 810-85 namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan. Bu 6 ga blokli oynavand issiqxonalar, zvenosining eni 6,4 m, ular engil toifadagi maxsus konst-ruksiyaga ega. 1981-yilgacha asosan 810-73 (6 ta 1 ga li issiqxonalar) va 810-74 (2 ta 3 ga li issiqxona) namunaviy loyihalari bo‘yicha blokli issiqxonalar qurilgan bo‘lsa, keyinchalik birinchi loyiha bo‘yicha 8810-80, 810-83, 810-84, 810-86 va 810-92 raqamli namunaviy loyihalar, ikkinchi loyiha bo‘yicha 810-74, 810-85 raqamli namunaviy loyihalar ishlab chiqilgan. 1985-90 yillarda 810-99 va 810-1-1-80 namunaviy loyihalar bo‘yicha oltita 1 ga li va 1,5 ga dan ikkita bo‘limli issiq-xonalarni loyihalari ishlab chiqildi.
1990-yillarda tuproqli ko‘p proletli blokli issiqxonalarni yangi loyihalari asosida janubiy mintaqalar uchun 810-1-4-83, markaziy mintaqalar uchun 810-1-12-86 raqamli namunaviy loyihalar asosida blokli issiqxonalar loyihalashtirildi.
Sabzavotlarni gidropon usulda yetishtirish uchun 810-70 raqamli namunaviy loyiha bo‘yicha 6 ga li qishki issiqxonalar qurilgan. Кeyinchalik qishki gidropon oynavand issiqxonalar 810-88 va 810-82 namunaviy loyiha asosida qurila boshlan-gan. Bunda oltita 1 ga li eni 6,4 m li issiqxonalar bo‘lib birinchi loyihada o‘simlik-lar xovuzlarda, ikkinchisida esa sukchalarda yetishtirish mo‘ljallangan.
O‘z vaqtida plyonkali issiqxonalar bo‘yicha namunaviy loyihalar yo‘qligi, ularni turli shakldagi konstruksiyalar bo‘yicha qurilib kelindi. Hozirgacha ikki nishabli, yarim yoy angar tipidagi, blokli yog‘och yoki metall sinchli yig‘ma yoki ko‘chirib yuriladigan plyonkali issiqxonalarni uchratish mumkin. Кeyinchalik ular asosida blokli va angar, yig‘ma va ko‘chirilmaydigan plyonkali issiqxonalarni 810-6 (bahorgi yig‘ma angar tipidagi issiqxona) namunaviy loyihasi ishlab chiqildi. Blokli tipidagi plyonkali issiqxonaning keng tarqalgan 810-7 raqamli namunaviy loyihasi. Bunda yettita ikki nishabli, eni 6 m li, balandigi 2,21 m li bo‘lgan seksiyalari mavjud edi. Кeyinchalik ularning yangi turlari paydo bo‘lib 1974-yildan boshlab 810-77NL asosida zavodda yig‘ma konstruksiyalar tayyorlana boshlandi. Кeyingi yillarda sabzavot yetishtirishga mo‘ljallangan blokli plyonkali issiqxonalarni 810-93, 810-97, ko‘chat-sabzavot yetishtirish uchun 810-91, 810-94NL va angar tipidagi 810-1-5-83NL keng foydalanishga topshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |