Birinchi yo‘nalish – Mirzajon SHeroziy, YUsuf Qorabog‘iy, Muxammad SHarif Buxoriy kabi mutafakkirlar va boshqalar ijodida o‘z ifodasini topgan Mavoraunnahrning o‘zidagi ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji. Ikkinchi yo‘nalish - Markaziy osiyodan chiqib, Hindistonda ijod qilgan mutafakkirlar tomonidan rivojlantirilgan falsafa. Boburiylar imperiyasining uch yuz yil davomidagi mavjudligi markaziy Osiyo va unga qo‘shni bo‘lgan boshqa mamlakatlar tarixida chuqur iz qoldirdi. Bobur davlatining jug‘rofiy jihatdan alohida uzoq o‘lkada joylashganligiga qaramasdan, uning ma’naviy hayoti hamisha Mrakaziy Osiyo madaniyatining bir qismi bo‘lib qolaverdi. Negaki, u va uning vorislari bu madaniyatga taalluqli bo‘lib, o‘z faoliyatlarida ushbu madaniyat an’analarini rivojlantirishda davom etdilar.
XVI asrning boshida Eronda shialikning rasmiy mazhab sifatida e’lon qilinishi munosabati bilan madaniyat vakillaridan ko‘pchilik qismi ta’kiblarga uchraganli tufayli sababidan Mavoraunnahr va Hindistonning bir-birlariga yaqinlashishlariga muhim omil bo‘ldi. ulardan kupchiligi mavoraunnahr va Hindistondan boshpana topdilar. Hukmron g‘oyaviy oqim islom mafkurasi bo‘lgan kalom edi. faylasuflarning dunyoqarashi u yoki bu jihatdan ham o‘z kelib chiqishi tayanchida diniy mafkuraga ega edi. ularning ko‘p yutuqlari diniy jihatdan shakllangan edi. Ammo bu voqeylikni mutlaqlashtirish kerak emas, negaki, u bilan bir qatorda muayyan falsafiy g‘oyalar islom mafkurasiing turli jihatlaridan farq qilar edilar. Bu davr ijtimoiy-falsafiy fikri rivojida o‘z ma’naviy-tarixiy manbalarini idrok qilishga bo‘lgan intilish, dindan kuchli ma’naviy birlashtiruvchilik va boshqaruvchilik omili sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan edi.
Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) Hindistonning Azimobod shahrida tug‘ildi. Uning hayoti va ijodi Boburiylar sulolasi hukmronligi davriga tug‘ri keldi. Bedil ko‘p asarlar yozib qoldirdi: «CHor unsur» («To‘rt unsur»), «Nukot» («Askiya»), «Irfon» («ma’rifat»), «Ruboiyot» («Ruboiylar») va boshqalar.
Borliq haqida ta’limot. Bedil SHarq mashoiyunlari (Arastu izidan boruvchilar) an’anasini davom ettirdi. Uning fikricha, moddaning ibtidosi ham, intihosi ham (boshi va oxiri) yo‘q. U panteistik aqidaga ega bo‘lib, «Vahdati mavjud» - borliqning yagonaligi nuqtai nazarida turar edi. Barcha narsalar zaruriyat yuzasidan vujudga keladi: - «Barcha ashyolarda ularning bo‘lakchalari o‘zgarganligi sababli, yangi narsa kelib chiqadi: - bu ajoyib sirli hodisa zaruriyat yuzasidan ro‘y beradi, bu zaruriyat ashyolarning o‘zida va ular orasidagi o‘zaro munosabtalarda mavjud bo‘ladi. Masalan, yog‘, pilik, va olovning bir-biriga qo‘shilishidan zaruriy ravishda yorug‘lik kelib chiqadi»4. Dunyo o‘zgarishda va doimiy harakatdadir. Dunyoni asosi sifatida Bedil havoni oladi.
Bedil fikricha, modda va shakl birlik holatidadirlar: - «Agar modda shaklsiz bo‘lsa, shakl qaerdan kelib chiqadi, agar shakl – har narsaga qodir bo‘lsa, modda qanday kiyim kiyadi?»6. Bedil ozodlik va zaruriyat haqidagi masalaga ham to‘xtaydi. Uning fikricha, inson o‘z hatti harakatlarida erkindir. Uning o‘zi qanday ish tutishligini belgilashi lozim. Bedil tabiiy zaruriyatni,
tabiat qonunlarini tan oladi. Ikkinchi tomondan, u zaruriyatni ilohiy irodaning namoyon bo‘lishi, deb qaraydi. Bedil sufiylarning tarki dunyochilik g‘oyalarini, taqdiri azalga ishonish nazariyasini tanqid qiladi. U Hindistonda keng tarqalgan tanosux - ruhni ko‘chib yurishi haqidagi aqidaga tanqidiy munosabat bildiradi, dinning ba’zi qoidalariga shubha bilan qaraydi. Bedil fikricha, dunyoning va insonning kelib chiqishi quyidagicha: - Xudo tuproq, suv va olovni birga qo‘shdi, Hazillashib tartibga soldi.
Undan o‘simlik o‘sib chiqdi.
Rivojlanishda davom etib hayvonga aylandi, Og‘izni nutq uchun ochib-inson bo‘lib qoldi.
Bilish nazariyasi. Bilishning birinchi bosqichi tashqi his-tuyg‘u yordamida amalga oshadi. Aql, tafakkur bilishning mukammalroq bosqichidir. Faylasuf hissiy va aqliy bilishni yagonalikda va o‘zaro aloqadorlikda qaraydi. U aqlga katta ahamiyat beradi: «Tafakkur sirli ma’noni tushundi, hukm ishning kelib chiqish va oqibatini idrok etdi. Agar aql uni ozmagan bo‘lsa, hech kim hech narsani ko‘rmadi»5. Aql bilan bilib olingan barcha narsa, insonga berkdir». Dunyoni aqlan bilishda ilm-fan katta ahamiyatga ega:
Ilm qalamini qo‘lingga olmaguningcha,
Hech qanday ashyoning tasvirini chiza olmaysan.
Ilmdan boshqa nimaiki yozilgan bo‘lsa,
Be’manilikdan boshqa hech narsani anglatmaydi. Ilm hamma erda –aqliy me’yorlarga kafillikdir, G‘alaba – faoliyat dalilidir6.
Borliqni tushunib etishda, tabiat sirlarini bilishda falsafa muhim o‘rin tutadi. Falsafa –bu hikmat, u ilm-fan sirlarini ochadi, ruhning ashyolarga bo‘lgan munosbaatini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |