1-Mavzu: Falsafaning fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarda o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafani taraqqiyot bosqichlari



Download 55,7 Kb.
bet8/10
Sana20.01.2022
Hajmi55,7 Kb.
#392555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1maruza

Ijtimoiy-siyosiy qarashlari. Bedilning dunyoqarashida uning ijtimoiy va insonparvarlik g‘oyalari muhim o‘rin tutadi. Bedil mehnatkash insonni ko‘ylaydi. Ayniqsa u barchani iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlovchi dehqonlar mehnatiga yuqori baho beradi. Uning fikricha, u baxtsaodatga erishishi mumkin. Hunari yo‘q odam, arzimas va ojizdir.

Boborahim Mashrab (1657-1711) yirik o‘zbek shoiri va mutafakkiri edi. U Namanganda tavallud topdi. U Qashg‘ar, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qarshi va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida, Hindiston va YAqin SHarqda bo‘ldi.

SHoir qaerda bo‘lmasin, dinning va tasavvufning asosiy qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan hatti - harakatlarini keskin tanqid ostiga olib, o‘z she’rlarida ular ustidan kulganligi uchun ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchradi.

Mashrab hayotining so‘ngggi yillarida Balx shahriga (hozirgi Afg‘onistonda) keladi. O‘zining hur fikrligi va hukmron doiralarni tanqid qilganligi uchun 1711 yilda Balx hukmdori Mahmudxon farmoniga binoan qatl etiladi. Uning qabri Xonobod shahrining janubidagi Ishkoshim qishlog‘idadir (Afg‘oniston). Boborahim Mashrab katta ijodiy meros qoldirdi. Unga taalluqli «Mabdai nur» («Nur asosi») dostoni, «Devoni Mashrab» to‘plami, ko‘plab ruboiylar, g‘azallar, muxammaslar, musaddaslar xalq orasida keng tarqalgan.

Boborahim Mashrab mumtoz adabiyotimiz buyuk namoyandalarining ilg‘or an’anlarini o‘rganib yirik shoir bo‘lib shakllandi, kamolga etdi. U qoldirgan merosda, birinchi navbatda, ishqiy mavzudagi g‘azal-muxammaslardan ana shu an’analarning barakali ta’sirini aniq kuzatish mumkin. Mashrabning ijodiy kamolotida, ayniqsa, Navoiy merosining ijobiy ta’siri katta bo‘ldi.

Bobrahim Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy g‘oyalar ham, o‘sha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohanglari ham sezilarli o‘rin egallaydi. Mutafakkir islomning asosiy nazariy qoidalarini shubhasiz qabul etadi. Ammo, ayni zamonda, islom ta’limotining bir qator zohiriy belgilarini, birlamchi deb hisoblagan qonun-qoidalarini, shariatning ayrim ko‘rsatma-talablarini, farz-sunnatlarini tan olmaslik va past nazar bilan qarash ham ko‘zga tashlanadi, ayrim diniy rukn-tushuncha va muqaddas deb bilingan marosim va



odatlarga, talqin va aqidalarga shubha bilan qarash, hatto, ochiqdan-ochiq mensimaslik va masxaraomuz munosabat ancha-muncha uchraydi.

Turli-tuman shakl va talqinlarda jilovlanuvchi bu dunyoqarashning butun mohiyat-mag‘zi shoirning quyidagi qat’iy e’tirofida nihoyatda yaqqol va lo‘nda ifodalangan: -Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo,

Gul agar bo‘lmasa ilkimda tikonni na qilay?!

Mashrab qoldirgan ijodiy merosda hayotiylik, tirik inson va uning insoniy kechinmalarini ifodalash, xislat-fazilatlarini ta’riflash, orzu-umidlari, shodlik-kuvonchlari va g‘am-tashvishlarini haqqoniy tasvirlash ishq-muxabbatni ulug‘lash, go‘zal yorni-ma’shuqa xusnu latofatini ta’riflash, oshiqning sevgi-sadoqatini ishonchli tasvirlash jarayonida tahlil etiladi.

Maxtumquli (1733-1793) turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan talant sohibidir. O‘z ilmini oshirish maqsadida u Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, o‘zbek adabiyotining o‘tmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishadi. U Turkistondagi shaharlardan tashqari Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, Hindistonga ham sayohat qilib, u erdagi xalqlar turmushi bilan ham tanishadi. Markaziy Osiyo,

Ozarbayjon, Eron folklori va adabiyotini chuqur o‘rganadi. Nizomiy, Fuzuliy, Alisher Navoiy, Firdavsiy ijodidan bahramand bo‘ladi. Maxtumquli, ayniqsa, o‘zbek madaniyati tarixi bilan yaqindan tanishib, bir qancha liro - epik dostonlar, juda ko‘p g‘azallar yaratib, o‘z davri hayotini, o‘z xalqi urf-odatlari, o‘tmish tarixini kuylaydi.

Maxtumquli asarlarining etakchi g‘oyasi - bu turkman erlari ustida yopirilib turadigan chet el bosqinchilariga barham berish, tarqoq yashayotgan, o‘zaro nifoq va ziddiyatlardan zada bo‘lgan qabila hamda urug‘larni birlashtirish bilan osoyishtalik va ittifoqlikka asoslangan qudratli bir davlatni barpo etishdek milliy vatanparvarlik his-tuyg‘udan iborat. Ana shu millat manfaatlari yo‘lida qayg‘urish, ma’rifatparvarlik yo‘li bilan bu g‘oyani samarali kuchga aylantirish shoir ijodining asosiga aylandi.



Feodal tuzumga qarshi qaratilgan harakat sifatida ma’rifatparvarlikning kelib chiqishining umumiy qonuniyati turli xalqlarda turli tarixiy davrlarda o‘z xususiyatlariga ega. SHunday bo‘lsa ham, har bir xalqning ma’rifatparvarligi umumiy tarixiy jarayonning ifodasidir. Ovrupoda bo‘lgani kabi, Markaziy Osiyoda ham ma’rifatparvarlik feodal munosabatlar, eskilik, qoloqlik va an’analarga qarshi qaratilgan oqim sifatida o‘zini namoyon qildi. Uning shakllanishi va rivoji ovrupo madaniyatining ta’siri, feodal holatdagi Markaziy Osiyo va sarmoyadorlikka o‘tgan Rossiya o‘rtasidagi mavjud qarama-qarshilik bilan bog‘langan edi.

Turkistonda ma’rifatparvarlik uzoq tarixiy ildizga ega. XIX asrda ma’rifatparvarlik falsafasining kuchayishi XVI asrda Buyuk ipak yo‘lining o‘z faoliyatini to‘xtatishi, dengiz yo‘llarining ochilishi hamda XVIII-XIX asrlarda Evropa mamlakatlarida sodir bo‘lgan shiddatli texnologik rivojlanish natijasida O‘rta Osiyo xonliklarining ob’ektiv sabablarga ko‘ra taraqqiyotdan orqada qolishi bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Xalq xo‘jaligi va umumiy taraqqiyotga katta zarar etkazgan ichki o‘zaro urushlar esa bu qoloqlikning sub’ektiv sabablari hisoblanadi. SHunday sharoitda ilg‘or ziyolilar mazkur qoloqlik sabablarini teran tahlil qilib, taraqqiyotga erishish yo‘llarini izlay boshladilar va keng xalq ommasini ma’rifatli qilishni bu yo‘ldagi birlamchi vazifa deb bildilar. Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinib, Buxoro va Xivaning unga tobe’ bo‘lishi mintaqani markazning xom ashyo manbaiga aylantirib, vaziyatni yanada chuqurlashtirdi. SHu bilan birga, bir tomondan - bank sarmoyasi, ikkinchi tomondan - Evropa va Osiyodan demokratik g‘oyalarning kirib kelishi dunyo bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini namoyon etdi, mintaqada hurfikrlilikning rivojlanishiga imkon yaratdi. Bu asosiy maqsadlaridan biri ma’rifatparvarlik bo‘lgan milliy ozodlik falsafasining shakllanishidagi ilk qadamlar edi. Uning tarafdorlari mintaqaning turli burchaklarida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlarini boshqarish, tashkil qilish yoki qo‘llab-quvvatlashdan hali uzoq bo‘lsalar-da, lekin ularning kelib chiqish sabablarini yaxshi anglar edilar va bu toifaning mavjud tuzumga tanqidiy munosabati, islohot o‘tkazish zarurligini tushunishi -o‘sha davr uchun katta yutuq edi. Taniqli olim Ahmad Donish islohotlar o‘tkazishning eng faol tarafdorlaridan biri edi. Keyinchalik Muqimiy, Furqat, Hamza, Berdaq, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O‘tar kabi shoirlar o‘z she’rlarida xalqni ilm va ma’rifatga chaqirdilar. Abay, CHo‘qon Valixonov kabi taniqli arboblar demokratik g‘oyalar bilan qurollangan bo‘lib, ular bu mushkul ahvoldan chiqishning yo‘lini nafaqat ma’rifatda, balki turkiy xalqlarning birlashuvida ko‘rar edilar. Xuddi shu zaminda ma’rifatparvarlikdan siyosiy talablarni ko‘tarib chiqishga qadar yuksalgan jadidchilik o‘sib chiqdi. Islohotchilik va ma’rifatparvarlik yangi falsafasining shakllanishida qomusiy bilim sohibi, tabiiy va aniq fanlarni chuqur bilishi tufayli muhandis deb ulug‘langan Ahmad Donish (18271897) (To‘liq ismi - Ahmad ibn Mir Nosir ibn YUsuf al-Hanafiy as-Siddiqiy al-Buxoriy) alohida o‘rin tutadi. U astronomiya va kosmologiya sohalaridagina tadqiqotlar olib borib qolmay, falsafa, tarix, adabiyot, musiqa san’ati va xattotlik fanlarida ham etuk edi. Uning nafaqat davlatchilik tarixi haqidagi bilimlar va masalaning falsafiy jihatlari, balki amaliy tajribaga ham asoslangan davlatning qanday bo‘lishi to‘g‘risidagi falsafiy xulosalari jamiyatga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. XIX asr 50-yillarining o‘rtalarida Amir Nasrullo saroyiga bosh xattot va musavvir sifatida xizmatga kirgan Ahmad Donish bu erdagi muhit uning adolatli davlat tuzumi haqidagi tasavvurlariga to‘g‘ri kelmagani uchun o‘z ixtiyori bilan saroy xizmatini tark etadi. Qo‘shin va hukmdorlarga xizmatda tartibning yo‘qligi menga og‘ir va samarasiz tuyuldi, deb yozadi u, shuning uchun meni taklif etganlari va ta’na qilganlariga qaramay, quruq nonga qanoat qilib, madrasaga o‘rnashib oldim7. CHuqur bilimini hisobga olib, Buxoro amirlari uni uch marta (1857, 1869, 1874) Rossiyaga jo‘natilgan elchilar tarkibiga qo‘shadilar. O‘sha vaqtda Buxoroga qaraganda rivojlangan mamlakatga qilingan safarlar uning hukmron doiralarga bo‘lgan munosabatini yanada keskinlashtirdi - chunki u boshqaruv shakllarining eskirganligi va qoloqligi sabablarini anglab etdi. Donishning umumiy tenglik to‘g‘risidagi «Franklar nazariyasi» bilan tanishligini taxmin qilish mumkin. 1869 yili Peterburgda bo‘lganida u rus olimlari, jumladan, N.G. CHernishevskiy, N.A.Dobrolyubov va Rossiyaning demokratik kayfiyatdagi boshqa ziyolilari bilan aloqada bo‘lgan mashhur sayyoh P.I.Pashino bilan uchrashadi8. Ehtimol, bu nazariya bilan u ana shu uchrashuvda tanishgandir.

Donishning siyosiy, ijtimoiy va falsafiy qarashlari uning «Navodir ul-vaqoe» («Nodir voqealar») kitobida o‘zining nisbatan to‘liq ifodasini topgan*. Risolada u falsafa, axloq, ijtimoiy hayotning turli masalalari, davlat qurilishi va odamlarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida mulohaza yuritadi, mavjud idora usulini tanqid qilib, Buxoro xonligining davlat boshqaruvini isloh qilishni taklif etadi. «Risolai muxtasare - tarixi saltanati xonadoni tarixi mang‘itiya» («Mang‘itlar sulolasi saltanati tarixi haqida muxtasar risola») asarida mamlakatdagi vaziyat, boshqaruv tizimi, xalqning ahvoli shuningdek, Rossiya bilan urush o‘zining yorqin ifodasini topgan11.

Amir saroyida nufuzli mansablarni egallagan Mirzo Muhammad Abdulaziz Somiy Bo‘stoniy (1835-1907) va Mirzo Salimbek ibn Muhammad Rahim (1850-1930) kabi uning yosh izdoshlari ham o‘zlarining «Tarixi salotini mang‘itiya dorussaltanati Buxoroi sharif» va «Tarixi Salimiy» nomli asarlarida Rossiya tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi, mamlakatning boshqarilishi, o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab shariat qonunlari va islom falsafasi asoslarining qasddan buzilishi singari hodisa va dalillar tahlili asosida xalqning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli to‘g‘risida to‘liq tasavvur beradilar.

Ahmad Donishdan keyin ular SHarq tarixnavisligida qaror topgan hodisalarga baho berishda hukmron sulolalar va hukmdorlar bilan bog‘liq ravishda ko‘tarinki uslubda yondashish an’analaridan voz kechish bilan tarixda ilmiy xolislik tamoyilini rivojlantirdilar.

Abay 300 ga yaqin she’riy asarlar muallifi bo‘lib, ularning barchasida xalqni ilm-ma’rifat, insoniylik, halollik, sevgi-sadoqatga da’vat etish g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi.

Ma’rifatparvar va demokrat CHo‘qon Valixonov (1835-1865)ning asl ismi Muhammad

Hanaviya bo‘lib, serqirra tarixchi olim, etnograf, folklorshunos, geograf va, ayni paytda, musavvir ham edi. Qozog‘istonning Kustonoy viloyatida tug‘ilgan, harbiy bo‘lish maqsadida Omskdagi

Kadet korpusini tugatgan bu inson Sankt-Peterburg universitetining tarix-filologiya fakultetida ma’ruzalar tinglaydi va xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plab, butun Markaziy Osiyoni o‘rganadi. U tarix, geografiya, etnografiya, siyosiy iqtisod, arxeologiya, folklorshunoslik sohalarida ilmiy asarlar yaratadi. Uning «Jung‘ariya tarixi», «Qo‘lja safari kundaligi», «Qashg‘ar safari kundaligidan», «Qirg‘izlar», «Xon Abiloy», «Xitoy imperiyasining g‘arbiy o‘lkasi va G‘ulja shahri», «Ko‘kitoy xonning oshi», «Dala musulmonligi», «Qozoqlar haqida yozmalar», «Sud reformasi haqida», «Qozoq shajarasi» kabi asarlari Markaziy Osiyo, SHarqiy Turkiston, G‘arbiy Xitoy, qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur kabi xalqlarning etnografiyasi, turmushi, madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

Jadidchilik - XIX asr oxiri - XX asr boshidagi ko‘plab SHarq mamlakatlaridagi milliytaraqqiyparvar ziyolilarning islohotchilik harakati. Bu harakat O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy, milliy-siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. "Jadidlar" degan nomning o‘zi "usuli jadid" ("YAngi usullar") tushunchasi asosida kelib chiqqan. Bu atama ostida o‘qitishning yangi usullari tushunilar, yangi usuldagi maktablar shu asosda qurilgan edi. Jadidchilik harakatining vazifalari kengayishiga muvofiq ravishda keyinchalik mazkur atamaning mazmuni ham kengaydi. Ma’rifatparvarlik bilan bir qatorda, jadidlar ijtimoiy va siyosiy huquqiy holatlarning eski tizimini taraqqiyotning ilg‘or usullari bilan almashtirmoqchi bo‘ldilar. Jadidlar harakati XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi siyosiy kuchlar murakkab bir tarzda chigallashib ketgan Turkiston jamiyatining eng ilg‘or yo‘nalishi qarashlarini o‘zida aks ettirdi. U dunyo ahamiyatiga molik insonparvarlik va milliy qadriyatlarga asoslanib, jamiyat taraqqiyotining etilgan ehtiyojlari va o‘lkaning tub aholisi manfaatlariga javob berdi. M.Behbudiy, A.Fitrat, U.Asadullaxo‘jaev, Munavvar Qori, A.Avloniy, S.Ayniy, F.Xo‘jaev, T.Norbo‘taev va boshqa mashhur nomlar ushbu harakat bilan bog‘liq.

Jadidchilik ma’rifatparvarlikdan siyosiy harakatgacha bo‘lgan murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Keng xalq ommasining iqtisodiy og‘ir ahvoli, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan orqada qolishi, tafakkur turg‘unligi jadidlarni Turkistonni bu tushkun holatdan olib chiqishning amaliy vositalarini izlab topishga undadi.

Jadidlarga avvaliga yog‘ilgan va etilgan masalalarni ma’rifatparvarlik yo‘li bilan hal qilish mumkinday bo‘lib tuyuldi. SHuning uchun harakatning birinchi bosqichida musulmon maktablaridagi o‘qitish ishlarini isloh qilish jadidlarning diqqat markazida turdi. Ular bunday islohotlarni o‘tkazish zarurligini nazariy jihatdan asoslabgina qolmay, ayni paytda, yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, o‘quv zallari barpo etish, darsliklar nashr qilish bilan o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun katta sa’y-harakat ko‘rsatdilar.

1905 yili Rossiyada, 1908 yili Turkiyada va 1905-1911 yillarda Eronda bo‘lib o‘tgan inqiloblar jadidchilikka katta ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi jahon urushi jadidlar tafakkurida keskin o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ular parlamentga asoslangan monarxiya to‘g‘risida yozishdi, fuqarolarning boshqarish, davlat organlarini shakllantirish, qonunchilikda ishtirok etish tartiblarini ishlab chiqdilar. Fevral inqilobi davriga kelib, jadidlarning radikal qismi («taraqqiyparvarlar») qator siyosiy talablarni ilgari surdilar. Ular orasida o‘lka boshqaruvini mahalliy aholining haqhuquqlarini kengaytirish tomonga isloh qilish, Davlat Dumasida unga o‘rin ajratish, demokratik erkinliklar va birinchi navbatda, milliy matbuot erkinligi, samoderjavie (mustabid hokimiyat)ni konstitutsiyaviy tuzum bilan almashtirish bor edi. Lekin fevral inqilobidan keyin jadidlar Muvaqqat hukumat Turkistondagi mustamlakachilik siyosatini eskicha qoldirish tarafdori ekanligini tushunib etdilar. SHundan keyin jadidchilik harakati mustaqillik va Turkistonga Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat berishni talab qilish uchun kurash yo‘liga kirdi.

Bu davrga oid dasturiy hujjatlarda asosiy e’tibor milliy-hududiy muxtoriyat (hukumat, boshqaruv, sud, qonun chiqaruvchi organlar va boshqalar) prinsiplarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratildi. Siyosiy model (andoza) sifatida demokratik respublika tanlandi.

Lekin Turkistondagi Oktyabr voqealari va hokimiyatning bolsheviklar tomonidan egallab olinishi ularga o‘z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirish imkonini bermadi. SHunga qaramay, bolsheviklar hokimiyatining millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash haqidagi deklaratsiyasidan foydalanib, mustaqil avtonom respublika-markazi Qo‘qon bo‘lgan Turkiston muxtoriyatini e’lon qildilar. Uch oy faoliyat ko‘rsatgan mazkur respublika Qizil armiya tomonidan qonga bostirilib yo‘q qilindi. Jadidlarni ko‘pchiligi 1937 yilga kelib hisbga olinib qatl qilinganlar. Shuningdek ularning bir qismi sovetlar tomoniga o‘tib xalq maorifi va madaniyat soxalarida ishlaganlar.




Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish