Ali Samarqandiyning geometriya, algebra va astronomiya bo‘yicha ma’ruzalarini tinglaydi. Keyinchalik shoir shayx Sa’diddin Qoshg‘ariyga shogird tushib, Naqshbandiylik tariqatini undan o‘rgana boshlaydi va Naqshbandiylik sulukining ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisiga aylanadi.
Jomiy qomusiy olim edi. U geometriya, astronomiya, kosmografiya, matematika fanlarini puxta o‘zlashtirgan, arab tili, falsafa, ritorika, axloqshunoslik borasida yirik asralar yozgan edi.
Allomaning muhim asarlari sirasiga «Bahoriston», «SHarxi ruboiyot», «Haft avrang», «Lavoih», «Nafahot ul-uns» va boshqalar kiradi.
Jomiy borliqni vahdati vujud ta’limoti asosida talqin qiladi. Uning tushuntirishicha, Xudo butun mavjudotlarning bosh sbaabchisi, ijodkoridir. U abadiy. Qolgan hamma narsa va hodisalar o‘tkinchi va vaqtinchadir. Uning e’tiqodicha, Xudo yagona bo‘lmaganda edi, dunyoda tartibsizlik hukm surar edi. Unda dunyo qonun asosida faoliyat ko‘rsatmagan, tinchlik eshiklari ochilmagan bulur edi. Butun dunyo yo‘qlikka aylanib, balki bu yo‘qlikdan chiqaolmagan bo‘lur edimi1.
Jomiy gumanistik ta’limotining markazida inson turadi. SHoir insonning bilish qobiliyati cheksiz ekanligini ta’kidladi, asarlarida shaxs erkinligi, adolat, sahovat, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, bilimdonlik haqida fikr yuritdi. Uning aytishicha, inson mehnat faoliyatida moddiy dunyo hodisalarini idrok qiladi. «Imkoni boricha hamma narsa haqida haqiqatni bilishga intiladigan va o‘zining bilib olgan narsalarini amalda qo‘llay oladigan kishi dono deb aytiladi»2.
Jomiy o‘z asarlarida jabr-zulm qiluvchilar va zo‘ravonlarni qoraladi. Zeroki, ular shahar va qishloqlarni harobaga aylantiradilar, dehqon va hunarmandlarni talaydilar. Jomiy mehnat ahllarini davlatning tayanchi deb bildi. SHuning uchun u boy va amaldorlar, hukmdorlarni dehqonlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularni mehnatini qadrlashga da’vat etdi, davlatni asosi adolat ekanligini alohida ta’kidladi.
Jomiy ilm-fan bilan shug‘ullanishni inson uchun qadrli va munosib ish deb bildi.
Jomiy kishilarni yoshlikdan tarbiya qilishga, ularga kasb-hunarni egallashga qiziqish uyg‘otishga da’vat etdi. Olim johillik, nodonlik, mag‘rurlik, o‘z boyligi bilan maqtanishni qattiq qoraladi.
Jomiy, xuddi SHarqning boshqa mutafakkirlari kabi, davlatni dono, ma’rifatli va adolatli hukmdor boshqarishi lozim, deb o‘yladi. Hukmdorning donoligi adolat va qonunlarga amalga qilishida namoyon bo‘ladi. Jomiy o‘zboshimchalik, qonunsizlik, jabr-zulm, zo‘ravonlikdan holi bo‘lgan davlat tuzumini orzu qildi. U «Iskandar xiradnomasi» asarida mukammal shahar-davlatni tasvirlaydi. Iskandar uzoq yurishlardan so‘ng bir shaharga etib keladi. U podshohsiz boshqariladi.
Bu shahar juda obod bo‘lib, unda hamma tinch, kambag‘al va boylar yuq, hamma mehnat bilan mashg‘ul, odamlari halol va yuksak fazilat egalari3.
Ulug‘ o‘zbek shoiri, davlat arbobi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) Hirotda tavallud topadi. Maktabda u Xurosonning bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan tahsil oladi. SHoir turli davrlarda Iroq, Mashhad va Samarqandda yashaydi. 1469 yili taxtga Husayn Boyqaro o‘tirgandan so‘ng, Navoiy Hirotga qaytib keladi. 1472 yili ul zot bosh vazir etib tayinlanadi. Navoiy vazirlik davrida shoiru olimlarga homiylik qiladi, jamg‘argan boyligini ilm-fan, madaniyat va obodonchilik ishlariga sarflaydi, beva -bechora va muhtojlarga xayr-ehson qiladi, rabotlar, suv inshootlari, kasalxonalar qurdiradi, kanallar o‘tkazadi.
SHe’riyat mulkining sultoni bo‘lmish bu adib 30 ga yaqin asarlar muallifidir. Ular adabiyot, nasr va nazm, falsafa, axloqshunoslik, pedagogika, tilshunoslik, musiqa, nafosatshunoslik, tarix, tabiiy fanlar muammolariga bag‘ishlangan. Navoiy asarlari jumlasiga «Xazoyinul-maoniy», «Devoni foniy», «Lisonut-tayr», «Majolis un-nafois», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Vaqfiya», «Munshaot», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Tarixi muluki Ajam» va boshqalar kiradi. Mutafakkirning shoh asari «Xamsa» besh dostondan iborat:
«Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor», «Xayrat ul-abror», «Farhod va SHirin» va «Saddi
Iskandariy».
Navoiy falsafiy qarashlari vahdati-vujud va tasavvuf ta’limotiga asoslangan. Mutafakkir o‘zining dunyoqarashida Olloh, tabiat va inson birligidan kelib chiqadi. Uning e’tiqodiga ko‘ra, inson baxt-saodatiga bu dunyoda erishishi mumkin. Buning uchun u tinmay mehnat qilishi, kasbhunar egallashi, tabiatning siru asrorini idrok qilishi, uning noz-ne’matlaridan foydalanishi darkor. Xudo, allomaning fikricha, borliqning, shu jumladan insonning yaratuvchisidir. Mavjudotlarning eng yaxshisi, a’losi va gultojisi insondir.
Mutafakkir dunyoqarashida gnoseologik masalalar ham muhim o‘rinni egallaydi. U sezgi va aql yordamida zohiriy narsalarni, murakkab jarayonlarni idrok qilish mumkinligini qayd qildi. Uning aqidasiga ko‘ra, aql tufayli hissiyot bergan ma’lumotlar umumlashtiriladi, hodisalardagi umumiy va muhim narsalar bilib olinadi. Aql uningcha, Alloh in’om etgan bebaho gavhardir, u hamma boyliklardan afzaldir. SHuning uchun Navoiy bu gavharni egallashga chaqiradi. Ko‘nglungga xirad yo‘lin padidor ayla, Bu naqdqa joningni xaridor ayla, Har ishda xiradni o‘zungga yor ayla, Jurmung tarkidin xirad izhor ayla4.
Navoiy kishilarni bu dunyo noz-ne’matlari, go‘zalliklaridan kishilarni bahramand bo‘lishga, hayotni sevishga chaqirdi.
Navoiy buyuk insonparvar shoir edi. Ul zot asarlarining markazida inson va uning fazilatlarini kuylash turar edi. Uning aytishicha, odam o‘zining aqli, qobiliyati, nutqi, xulq-odobi, ongli xatti-harakati, shirinsuhanligi bilan boshka tirik mavjudotlardan ajralib turadi.
Navoiy o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida hukmdorning faoliyatiga katta e’tibor berdi.
U mamlakatni odil va ma’rifatli shoh boshkarishi lozim, deb hisoblaydi. Bunday hukmdor o‘z qul ostidagilarga odilona munosabatda bo‘lishi, ularga g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Mutafakkirning gumanistik va umuminsoniy qarashlari tinchlik va urush masalasiga munosabatida yorqin namoyon bo‘ladi. U butun umri davomida bosqinchilik urushlari va zo‘ravonlikka qarshi kurashdi, xalqlarni tinch-totuv yashashga, do‘stlikka da’vat etdi:
Navoiy kishilar o‘rtasidagi do‘stlik va ahillikni kuyladi. Uning qahramonlari turli xalq va elatlarga mansub edi. Iskandar – yunon, Majnun – arab, SHirin – arman, SHopur – eroniy, Farhod – xitoy va hokazo. Navoiy tasvirlagan badiiy timsollar bilimdonligi, zukkoligi, jasurligi, qahramonligi, mehr va muruvvatliligi, sahovatpeshaligi, odamiyligi bilan ajralib turadi.
XVI – XVII asrlar markaziy Osiyo hayotida burilish davri bo‘ldi. temuriylar hokimiti SHayboniyxon tomonidan ag‘darib tashlandi. SHayboniylar hukmronligi davrida markaziy davlat barpo qilishga urinib ko‘rildi. So‘ngra hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo‘liga o‘tdi. O‘zaro
feodal nizolari o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Uch davlat tashkiloti paydo buladi – oldin Buxoro amirligi va Xiva xonligi, XVIII asrning oxirida esa – Qo‘qon xonligi. Umuman XVI – XVII asrlardagi Mavoraunnahrdagi vaziyatni quyidagicha ta’riflash mumkin:
- Qachonlardir iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan mintaqa bo‘lgan Markaziy Osiyo
– yangi, kapitalistik ishlab chiqarish vositasiga asoslangan rivojlanish yo‘lidan borayotgan Evropa mamlakatlaridan orqada qola boshladi;
ayni bir vaqtning o‘zida, bir tomondan, markazlashishga bo‘lgan tamoyil bilan bog‘liq bo‘lgan, ikkinchi tomondan esa, o‘zaro urushlar ta’sirida shakllangan davlatlarning bo‘linishlarining kuchayishiga sabab bo‘lgan qarama-qarshi jarayonlar o‘zaro mavjud edilar;
markaziy davlat barpo qilish uchun olib borilgan kurash milliy davlatlarning irqiy tarixiy asosda shakllanish jarayonining, jumladan, Buxoro amirligining mohiyatiy tamoyillaridan birini ifoda qilar Ediki, bunday intilish keyinchalik Rossiya tomonidan Markaziy Osiyoni bosib olinishi bilan barham topdi.
XVI asrdan boshlab Mavoraunnahr falsafiy fikr ikki asosiy yo‘nalishda rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |