1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Download 145,15 Kb.
bet56/57
Sana07.07.2021
Hajmi145,15 Kb.
#112018
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Лекция текст узб СБ ушын

etarli asos qonuni

To`g`ri fikrlashga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va xodisalar haqida chin muhokama yuritibgina kolmasdan, bu muhokamaning chinligiga xech kanday shubxa bulmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma`lum bo`lgan va o`zaro mantiqiy bog`langan mu-loxazalarga asoslaniladi, ya`ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma`lum bo`lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, muloxaza bilan taqqoslanadi. Tafakko`rning bu xususiyati etar­li asos qonuni orqali ifodalanadi.

Inson tafakkuriga xos bo`lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G Leybnits ta`riflab bergan. Uning ta`kidlashicha, barcha mavjud, narsalar uzining mavjudligi uchun etarli asosga ega. Har bir buyum va xodisaning real asosi bo`lgani kabi, ulariing in`ikosi bo`lgan fikr-muloxazalar ham asoslangan bo`lishi kerak. etarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo`lsa, uning asosiy sifatida A ham mavjud».

etarli asos qonunida to`g`ri tafakko`rning eng myxim xususiyatlaridan biri bo`lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda boglanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko`rib utilgan qonunlar bilan o`zaro bog`liq holda amal qiladi, Fikrlash jarayonida berilgan muloxazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin muloxazalar mantiqiy asos deb, berilgan muloxazaning uzi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.

Mantiqiy asos bilan ob`ektiv, xakikiy real asosni ara­lashtirib yuborish mumkin emas. Asos va natija orasidagi mantiqiy bog`liqlikni sabab va okibat aloqadorligidan farqlash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor» degan muloxazani «U shifoxonada davolanayapti» degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifoxonada davolanish dastlabki muloxazaning sababi emas balki okibatidir. Ko`rinib turibdiki, mantiqiy asos hamma vaqt ham xodisaning sababi bilan mos kelmaydi. Fikrlarning etarli asosga ega bulishligining ob`ektiv manbai faqat sabab-okibat munosabatinigina emas, shuningdek, fikrning izchilligi, asoslanganligini, isbotlangan bulish xususiyatlarini ham, ya`ni ob`ektiv mazmuni sabab-okibat munosabatlaridan tashkarida bo`lgan boshqa munosabatlarni ham uz ichiga oladi.

Fikr — muloxazalarni asoslash murakkab mantiqiy jaren bo`lib, unda bir yoki undan ortik o`zaro bog`langan muhokamalar sistemasidan foydalaniladi. Keng ma`noda biror muloxazani asoslash deganda, shu muloxazaning chinligini tasdiqlovchi ishonchli va etarli dalillarning mavjudligini aniqlash tushuniladi. Bu ishonchli va etarli dalillarni shartli ravishda ikki guruxga: empirik va nazariy asoslarga bulish mumkin. Bulardan birinchisi asosan xissiy bilish tajribaga asoslansa, ikkinchisi akliy bilish, tafakkurga tayanadi. Empirik va nazariy bilimlarning chegarasi nisbiy bo`lgani kabi, empirik va naza­riy asoslar o`rtasidagi farq ham nisbiydir.

Insonning shaxsiy tajribasi makon va zamonda chegaralangan bo`lib, sezgilari bergan ma`lumot esa hamma vaqt ham to`g`ri bo`lmaydi. Shunga qaramasdan, muloxazalarni empirik asoslash­ning ahamiyati katta, chunki bilish jonli xissiy mushoxadadan, bevosita kuzatishdan boshlanadi. Xissiy tajriba insonni tashqi olam bilan boglab turadi. Nazariy bilim esa empirik bazisning ustkurmasi xisoblanadi.

Nazariy asoslashda keng foydalaniladigan usul-deduktiv xulosa chiqarish usuli, ya`ni umumiy chin muloxazalarga tayanib fikr yuritishdir. Berilgan muloxazani mantiqiy usul orqali boshqa chin muloxazalar yordamida asoslash mumkin bo`lsa, unda berilgan muloxaza chin, ya`ni asoslangan bo`ladi. Bunda fikrlar o`rtasidagi bog`lanish umumiylik, xususiylik va yakkalik o`rtasidagi o`zaro borliqlikni ifodalaydi. Masalan, to`gri tafakkur qonunlarining ob`ektiv harakterga ekanligini, barcha ilmiy qonunlarning ob`ektiv harakterta ega ekanligi haqidagi umumiy chin muloxaza yordamida asoslash mumkin.

Umumiy chin muloxazalar sifatida fanlarning qonun-qoidalaridan, tushunchalarning ta`riflaridan, shuningdek aksiomalardan foydalaniladi. Bularning barchasi nazariy asoslashning ratsional yoki demonstrativ usullari bo`lib, ular umumilmiy ahamiyatga ega bo`lgan isbotlash metodlarining asosini tashkil etadi.

Shuningdek, asoslashning sub`ektiv harakterda bo`lgan va bevosita tajriba natijalariga yoki nazariy fikr yuritishga taalluqli bo`lmagan usullari mavjuddir. Intuitsiyaga, e`tiqodga, avtoritetlarga va urf-odatlarga asoslanish shunday usullar jumlasiga kiradi. Bu usullardan ko`proq kundalik ong darajasida foydalanildi.

Shunday qilib, to`g`ri tafakko`rning yuqorida ko`rib utilgan qonunlarining har biri chin bilimga erishish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin-ketin emas, balki : bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog`lanishining harakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga ko`ra fikrlash jarayonida har bir muloxaza kat`iy mazmunga ega bo`lishi, aynan shu fikr doirasida o`zgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni keltirib chikaradi. Zid muloxazalarning chin yoki xatoligini aniqlash ularni mantiqiy asoslashni taqozo etadi.

Demak, bu qonunlarning talablari bir-birini tuldirgan holda, yaxlit mantiqiy tafakkurning chin bo`lishini ta`minlaydi.



Download 145,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish