1-mavzu. Elektronikaning fizik asoslari fani tarixi va rivojlanish an’analari. Reja



Download 300,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi300,43 Kb.
#331262
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ma'ruza 25818

 

Vodorod bog’lanish 

Yuqorida  ko’rib  o’tilgan  ion,  kovalent,  metall  kabi  bog’lanishlar  kimyoviy 

bog’lanishning  asosiy  turi  hisoblanadi.  Atom  va  molekulalar  orasida  bu  xil 

bog’lanishlardan tashqari yana ikkinchi darajali bog’lanish turi - vodorod bog’lanish 

hamda  molekulalararo  tortishish  kuchlari  (Vander-Vals  kuchlari)  ham  mavjud. 



Orientatsion,  dispersion  va  induksion  kuchlar  ham  shular  jumlasiga  kiradi. 

D.I.Mendeleev davriy  sistemasidagi  V,VI  va  VII  guruh  metallmaslarning  vodorodli 

birikma (gidrid) larining qaynash haroratini o’rganish natijasida nazariya bilan tajriba 

orasida  nomuvofiklik  mavjudligi  aniqlangan.  Chunonchi  NF,  N

2

O  va  NH



3

  ning 


qaynash  harorati  kutilgandan  yuqoriroq  bo’lib  chiqqan.  Н2О  ning  qaynash  harorati 

Н2S  ning  qaynash  haroratidan  pastroq  bo’lishi  kerak  edi,  chunki  moddalarning 

qaynash harorati ularning  molekulyar  massasiga propotsionalligi  juda ko’p hollarda 

kuzatiladi.  Shuningdek,  HF  ning  qaynash  xarorati  HCI  nikidan,  NH3  niki  esa  РН3 

nikidan  past  bo’lishi  lozim  edi.  Lekin  tajriba  buning  teskarisini  ko’rsatdi.  Buning 

sababini 

vodorod 

bog’lanish  nazariyasi  bilan  izohlash  mumkin.  Chunki  vodorod  bog’lanish  borligi 

tufayli  НF,  H2O,  NH3  moddalarining  molekulalari  o’zaro  tortishib  yiriklashgan, 

ya‘ni (HF) n , (H2O)n, (NH3)n holatida bo’ladi. Shunga ko’ra vodorod ftorid, suv va 

ammiakning  qaynash  harorati  yuqoridir.  Vodorod  bog’lanishning  asosiy  mohiyati 

shundan  iboratki,  biror  modda  molekulasida  ftor,  kislorod,  azot  kabi  elektrmanfiy 

elementlarning  atomlari  bilanbirikkan  bir  valentli  vodorod  atomi  yana  boshqa  ftor, 

kislorod  va  azot  atomlaribilan  kuchsiz  bog’lanish  xususiyatiga  ega.  Buni  quyidagi 

misollardan  oson  tushunish  mumkin.  Masalan,  НF  da  Н  atomi  elektroni  ftor  atomi 

tomon  siljigani  tufayli  u  shartli  ravishda  musbat  zaryadga  ega  bo’lib  qoladi,  ya‘ni 

vodorod ioni hosil bo’ladi deyish mumkin. 

 

5. Kristall tuzilishi. Materiallar tasnifi. Materiallar tarkibi va tuzilishini nazorat qilish. 



 

Har  qanday  qattiq  jismlarning  atom  va  molekulalari  davriy  takrorlanib  turuvchi 

tartibda  joylashgan  bo‘lib,  ular  muntazam  geometrik  shakl  hosil  qiladi.  Atomlarni 

tartibli joylashishi natijasida bir-biriga yaqin turgan atomlar kristall panjara shaklini 

hosil qiladi. Kristall panjaraning hammasi bo‘lib 14 xil elementar ''yacheyka''si mavjud 

va 32 ta sinfga bo‘linadi. 

Qattiq jismlar tuzilishi, tarkibi, ularni tashkil etgan zarralari orasidagi o‘zaro ta’sir 

kuchlari, mexanik, elektr, magnit, optik va boshqa xossalari jihatidan turli guruhlarga 

bo‘linadi.  Masalan,  elektr  xossalari  bo‘yicha  qattiq  jismlar  yaxshi  o‘tkazgichlar 

(metallar), yarim o‘tkazgichlar (bu atamani qo‘shib yozsa ham bo‘ladi), dielektriklar 

guruhlarini  tashkil  qiladi.  Magnit  xossalari  jihatidan  esa  diamagnit,  paramagnit, 

ferromagnit, antiferromagnit va ferritlar deb ataladigan qattiq jismlar turlari mavjud. 

Qattiq  jismlarning  ayrim  muxim  xossalari  hamda  ularni  tavsiflaydigan  asosiy 

tushunchalar  to‘g‘risida  ma’lumot  beramiz.  Qattiq  jismlar  ularni  tashkil  qilgan 

zarralarning joylashish tartibiga asoslanib kristall va amorf jismlar guruhlariga ajraladi. 

Amorf jismlarni (masalan, shishani) tashkil qilgan atomlar (ionlar, molekulalar)ning 

joylashishida qat’iy bir tartib yo‘q. Bundan ularning fazalarini o‘zgartirishida (masalan 



suyuqlanishida)  qat’iy  o‘tish  nuqtalari  (suyuqlanish  haroratlari)  mavjud  bo‘lmasligi 

kelib chiqadi: amorf jismlar bir holatdan ikkinchi holatga uzluksiz o‘tib boradi. Ammo, 

kristall jismlarni tashkil qilgan atom (ion, molekula)lar joylashishida muayyan tartib 

mavjud: ma’lum yo‘nalishlarda har qanday ikki qo‘shni atom oralig‘i bir xil. Shuning 

uchun  ham  kristall  holatdagi  qattiq  jismlarning  fazalarini  o‘zgarishi  (suyuqlanish, 

qotish va hakozo) qat’iy muayyan haroratda va bosimda sodir bo‘ladi.  

Modda  qattiq  holatda  -  kristall  yoki  amorf  shaklda  bo‘lishi  mumkin. 

Kristallar doimiy shaklga ega, amorf jismlar esa doimiy shaklga ega emas, bu ularning 

nomlanishidan  ham  kelib  chiqadi,  «amorf»  grekcha  so‘z  bo‘lib,  «shaklsiz»  degan 

ma’noni anglatadi. Kristall moddalar bitta yaxlit kristalldan (monokristall) va juda ko‘p 

«o‘sgan»  kristallchalar  (polikristallar)  dan  iborat  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  barcha 

temir buyumlar polikristall temir bo‘laklaridan tayyorlangan. Amorf moddalarga misol 

qilib,  shishani  olish    mumkin.  Bir  moddaning  o‘zi  termodinamik  sharoitga  bog‘liq 

ravishda  kristall  yoki  amorf  holatida  bo‘lishi  mumkin.  Masalan: oltingugurt kristall 

shaklda  (sariq  rangda)  va  amorf  (plastik  oltingugurt  –to‘q  qo‘ng‘ir  rangda)  bo‘ladi. 

Kvars – kristall, biroq kvars qumi eritilib, so‘ngra eritma tez sovutilsa, amorf kvars 

shisha  hosil  bo‘ladi.  Metallurgiyada  olinadigan  temir  kristall  tuzilishga  ega.  Biroq, 

eritmani tez sovutish usuli bilan amorf temir (temir oyna) olinadi. Moddaning kristall 

holatini amorf holatidan farqlovchi asosiy belgisi shundan iboratki, kristall moddalar 

erish harorati deb ataluvchi muayyan haroratda suyuq holatga o‘tadi (eriydi). Amorf 

holatdagi modda isitilganda sekin- asta yumshab borib, so‘ngra suyuq holatga o‘tadi. 

Amorf  jism  o‘z-o‘zidan  kristall  holatga  o‘tishi  mumkin.  Xuddi  shuningdek,  plastik 

oltingugurt ham o‘z-o‘zidan kristall holatga aylana oladi. Juda qadimiy binolar oynasi 

va  eskirib  ketgan  billur  idishlar  o‘zining  yaltiroqlik  xususiyatini  yo‘qotadi.  Bunday 

shishalarni tekshirish, ularning yaltiroqligini yo‘qolish sababi, unda mayda kristallar 

hosil bo‘lishi ekanini ko‘rsatadi.  Amorf jismlarda atomlarning eng yaqin qo‘shnilari 

o‘rtasida  tartib  va  davriylik  saqlangan  holda,  uzoqlashgan  sari  tartib  va  davriyligi 

buzila  boshlaydi.  Qancha  ko‘p  uzoqlashsa,  buzilish  shuncha  kuchliroq  bo‘ladi. 

Shuning  uchun  amorf  jismlarga  yaqin  tartibi  saqlangan  va  uzoq  tartib  va davriyligi 

to‘la saqlanmagan qattiq jismlar deb qabul qilingan.  

Materialning tarkibi deb - shu material qanday kimyoviy elementlardan tuzilishi va 

shu elementlar miqdori qanday va ular qay bog`lanishda ekanligi tushuniladi. Shuni 

aytish kerakki jism birgina kimyoviy elementdan tashkil topishi texnikada juda kam 

uchraydigan  holdir.  Juda  ko`pchilik  texnikaviy  materiallar  bir  necha  kimyoviy 

elementlardan  tuzilgan  bo`lib,  ular  ko`pincha  bir-birlari  bilan  bog`langan  xolda 

bo`ladi. Texnikada qo`llaniladigan ko`pchilik metall va metallmas materiallar kristallik 

tuzilishiga  ega.  Bunday  hol  hamma  texnika  materiallarni  bir  nuqtai  nazardan,  bir 

vaziyatdan yani atomlar orasidagi bog`lanishlarning tabiatiga qarab kristall struktura 



va uning xossalarini o`rganish mumkin bo`ladi. 

Download 300,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish