gomeopolyar
(grekcha «gomeo», ya‟ni «bir xil» degan so’zdan olingan) bog’lanish
yoki
kovalent
bog’lanish deyiladi. Kovalent bog’lanishni hosil bo’lishini kvant
mexanikasi nuqtai nazaridan ko’rib chiqaylik. Uning mohiyatini vodorod molekulasi
misolida muhokama qilaylik. Alohida joylashgan vodorod atomlaridagi
elektronlarning yadro atrofida bo’lish ehtimolligi S holatda (
l
=0) sferik – simmetrik
xarakterga ega, boshqacha qilib aytganda yadro atrofidagi «elektron buluti» biror
radiusli sferadan iborat bo’ladi. Agar ikki vodorod atomi bir-biriga Bor radiusicha
masofada yaqinlashsa, ikkala atomning elektron bulutlari tutashib ketadi. Buni
quyidagicha tushuntirish mumkin: atomlar bir-biriga yaqinlashganda birinchi atom
elektroni ikkinchi atom yadrosi atrofida, ikkinchi atom elektroni esa birinchi atom
yadrosi atrofida qayd qilish ehtimolligi noldan farqli bo’ladi, bunda birinchi atomning
elektroni yoki ikkinchi atomning elektroni degan so’z ma’nosini yo’qotadi. Bu hol
uchun kvant mexanikasidagi bir xil zarrachalarni farq qilmaslik prinsipi o’rinli bo’ladi.
Pauli prinsipi bajarilishi uchun molekula hosil qilayotgan ikkita vodorod atomidagi
elektronlarning spinlari qaram-qarshi bo’lishi kerak.
Molekula murakkab kvant sistemasi bo’lib, u molekuladagi elektronlarning
harakatini, atomlarning tebranma va molekulaning aylanma harakatini hisobga oluvchi
Shredinger tenglamasi bilan ifodalanadi. Bu tenglamaning yechimi juda murakkab
bo’lgani uchun odatda uni elektron va yadrolar uchun alohida yechiladi.
4. Atomlar orasidagi bog’lanish turlari haqida umumiy ma’lumotlar.
Atomlarning o’zaro ta’siri natijasida ular o’rtasida kimyoviy bog’lanish vujudga
kelib, barqaror ko’p atomli sistemalar, molekulyar ion, kristallar hosil bo’lishi
mumkin. Kimyoviy bog’lanish qanchalik mustaxkam bo’lsa, uni uzish uchun
shunchalik ko’p energiya sarf bo’ladi. Kimyoviy bog’lanish hosil bo’lishda hamma
vaqt o’zaro ta’sir etuvchi elektronlar va yadrolardan iborat sistemaning potentsial
energiyasi kamayadi, ya’ni energiya ajralib chiqadi. Shu sababli hosil bo’ladigan
molekulalar, kristallarning potentsial energiyasi dastlabki erkin atomlarning
yig’indisidan doimo kichik bo’ladi.
Demak, bog’lanish ta’sir etuvchi atomlar sistemasining potentsial energiyasining
kamayishi natijasida hosil bo’ladi.
Kimyoviy bog’lanish molekula yoki kristall hosil bo’lishida ishtiroq etuvchi
elektronlar va atom yadrolarining elektr maydonlarining o’zaro ta’siri natijasida
vujudga keladi. Bu o’zaro ta’sirning xarakteri atom tuzilishi va elektronning
korpuskulyar–to’lqin xossalari asosida aniqlandi. Atomning tuzilishi ma’lum
bo’lgandan keyingina kimyoviy bog’lanish nazariyasini yaratish imkoni tugildi.
1916 yilda amerika olimi J.Lyuis kimyoviy bog’lanish bir vaqtning o’zida ikkala
atomga tegishli bo’ladigan elektron juftlarining hosil bo’lishi hisobiga vujudga keladi,
degan fikr bildirdi. Bu g’oya xozirgi zamon kovalent bog’lanish nazariyasiga asos
bo’ldi. Shu yilning o’zida nemis olimi V.Kossel quyidagi fikrni bildirdi: o’zaro ta’sir
etuvchi ikki atomdan biri elektron berib, ikkinchisi elektron biriktirib oladi, bunda
birinchi atom musbat zaryadlangan ionga, ikkinchisi esa manfiy ionga aylanib qoladi;
hosil bo’lgan qarama-qarshi zaryadli ionlarning o’zaro elektrostatik tortilishi barqaror
birikma hosil bo’lishiga olib keladi. Bu fikr ion bog’lanish xaqidagi xozirgi zamon
tassavurlarini yaratilishiga olib keldi.
Elektron nazariya asosida atomlararo ikki xil bog’lanish mavjudligi aniqlandi.
Birinchi xil bog’lanishda molekula zaryadlamagan zarrachalardan iborat bo’ladi. Bu
xil bog’lanish kovalent bog’lanish deb ataladi. Ikkinchi xil bolanishda molekula
qarama-qarshi elektr bilan zaryadlangan ionlardan iborat bo’lib, bu bog’lanish ion
bog’lanish deb ataladi.
Metallarning - metallarga xos bo’lgan xarakterli kimyoviy xossalari shundan
iboratki, ularning atomlari sirtqi elektronlarini oson berib, musbat zaryadlangan
ionlarga aylanadi.
Metallmaslarning atomlari esa, aksincha, elektronlarni biriktirib olib, manfiy
zaryadlangan ionlarga aylanadi. Atomdan elektronni ajratib uni musbat zaryadlangan
ionga aylantirish uchun qandaydir energiya sarf qilish kerak, bu energiya
ionlanish
energiyasi
deb ataladi.
Ionlanish energiyasini elektr maydonda tezlashtirilgan elektronlar yordamida
atomlarni bombardimon qilish yordamida aniqlash mumkin. Atomlarni ionlash uchun
etarli darajada elektronlarni tezlatish uchun ketadigan maydonlarning kuchlanishi ayni
element atomining ionlash potentsiali deb ataladi va volt (V) lar yoki elektronvolt (eV)
larda ifodalanadi.
Ionlanish potentsialining miqdori elementning metallik xossasi kuchli yoki
kuchsiz ekanligini ko’rsatuvchi o’lchov bo’lib xizmat qiladi. Ionlanish potentsiali
qanchalik kichik bo’lsa, ya’ni atomdan elektronni ajratib olish qanchalik oson
bo’lsa, elementning metallik xossasi shunchalik kuchli ifodalangan bo’ladi.
Yuqorida ko’rsatilganidek, atomlar faqat elektronlar beribgina qolmay,
elektronlarni biriktirib olishi ham mumkin. Atomga elektron birikishi natijasida
ajralib chiqadigan energiya
atomning elektronga moyilligi
deb ataladi. Elektronga
moyillik ionlanish energiyasi kabi volt (V) lar yoki elektronvolt (eV) larda
o’lchanadi.
Metall atomlarining elektronga moyilligi nolga yaqin yoki manfiy qiymatga
egadir, ya’ni ko’pchilik metall atomlarining elektronlarni biriktirib olishi energetik
jixatdan afzal emas. Metallmas atomlarning elektronga moyilligi doimo musbat
qiymatga ega bo’lib, metallmas davriy sistemada inert gazga qanchalik yaqin
joylashgan bo’lsa, uning elektronga moyilligi shunchalik yuqori qiymatga ega
bo’ladi. Elementlarning metallmaslik xossalarini yaqqol namoyon qilish uchun
elektronmanfiylik
(EM)
tushunchasi
kiritilgan.
Ayni
elementning
elektronmanfiyligi uning ionlanish energiyasi bilan elektron moyilligi yig’indisiga
(yoki uning yarmiga) teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |