1-mavzu.
Elektronikaning fizik asoslari fani tarixi va rivojlanish an’analari.
REJA:
1. Fanda erishilgan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari.
2. Fanning asosiy vazifalari.
3. Materiallar tuzilishi haqida umumiy ma’lumotlar. Molekulalar hosil bo’lishi.
4. Atomlar orasidagi bog’lanish turlari haqida umumiy ma’lumotlar.
5. Kristall tuzilishi. Materiallar tasnifi. Materiallar tarkibi va tuzilishini nazorat qilish.
Hozirgi davrda elektronika o‘zining mazmuni va hayotimizga jadal kirib kelishi,
farovonlik va ijtimoiy – iqtisodiy masalalarni hal etishi bilan iqtisodni keskin
o‘zgartirib yubordi. Elektronika asoslarini, vakuumli lampalar va yarim o‘tkazgichli
qurilmalar tashkil qiladi, bu qurilmalardan keng foydalanilmoqda. Har yili yarim
o‘tkazgichlarning hozirgacha noma’lum bo‘lgan fizik - kimyoviy xossalari
aniqlanmoqda, ulardan yangi yangi elektron asboblar tayyorlanmoqda. Shu tufayli
elektronikada bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Elektronika kirmagan biror soha
yo‘q, yarim o‘tkazgichlar asosida qurilgan elektron asboblar endilikda ishlab chiqarish
jarayonlarni avtomatik boshqaruv tizimiga, transport va aloqa tizimiga, elektr energiya
ishlab chiqarish tizimiga, radio – televideniyani rivojlanishida, maishiy xizmat va
kundalik hayottimizda beqiyos o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda va kirib kelmoqda.
Yarim o‘tkazgichlardan tayyorlangan fotoelementlar (quyosh batareyalari)
quyoshdan kelayotgan yorug‘lik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib
berishga imkon tug‘dirgan bo‘lsa, termoelementlar (termogeneratorlar) issiqlik
energiyasi hisobiga elektr energiya olishga yordam bermoqda. Ishlab chiqarilayotgan
quyosh batareyalarining foydali ish koeffitsiyenti η=25% , termogeneratorlarning FIK
η=16% dir.
Yaqin o‘tmishda XX asrning 1980-1990 yillarida elektronika sohasida eng
muhim davr hisoblanadi. Elektronikaning yarim o‘tkazgichlar davri gurkirab
rivojlandi, radio va yarim o‘tkazgichlar texnikasining paydo bo‘lishi, televideniyaning
yangi avlodi kashf etilishi, avtomatika va telemexanikaning taraqqiy etishi,
mikroprotsessorlarni va mikroelektronikaning misli kurilmagan darajada o‘sishi,
integral chizmalarning elektrobio energetikaning kashf etilishi o‘sishi bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Elektronika hayotimizni yaxshi tomonga burilishiga xizmati
biqiyosdir.
Elektronika asoslari fani: - Elektro vakuumli va yarim o‘tkazgichli asboblarni
yaratish, ularni ishlab chiqarish va zamonaviy oddiydan murakkabgacha bo‘lgan
elektron asboblar va qurilmalardan to‘liq foydalanishni o‘rgatadigan ta’lim
yo‘nalishidir.
Elektronikaga asos solgan, poydevor qurgan mashhur fizik olimlar:
Daniyalik professor G.Ersted 1819 yilda ''elektr va magnit hodisalari'' orasida
bog‘lanish borligini aniqladi va ilmiy asoslab berdi.
Ingliz fizigi M.Faradey 1831 yilda ''elektromagnit induksiya qonuni''ni kashf
etdi. Bu kashfiyot hozirgi zamon elektronikasini asosini tashkil etdi.
Mashhur fizik olim J.Maksvell 1873 yilda ''elektromagnit to‘lqinlarning
muhitlarda tarqalish nazariyasi''ni yaratdi va ilmiy asosda isbotlab berdi.
Nemis olimi G.Gers 1895 yilda P.N.Lebedev va J.Maksvellning ''elektromagnit
to‘lqinlarning muhitlarda tarqalish nazariyasi''ni amaliy tajribalarda qo‘llab
tasdiqlab berdi. O‘zining ''Gers – vibratori'' qurilmasini yaratdi.
Mashhur rus olimi A.S.Popov 1896 yilda, Maksvellning ''elektromagnit to‘lqin
nazariyasi'' va ''Gers – vibratori''dan foydalanib, juda ko‘p tajribalar o‘tkazib
''radio to‘lqinlar'' qabul qilishni amalga oshirdi. A.S.Popov 1897 yilda ikkita
kema orasida aloqa bog‘lash paytida kemalardan radio to‘lqinlarni qaytishini
aniqladi. Bu hodisa esa ''radiolokatsiya'' asosini tashkil qiladi.
XX asrning boshida elektronika qurilmalarini yaratish davri boshlandi.
Ikki elektrodli elektron vakuumli ''diod'' lampasi 1904 yilda yaratildi.
Elektron vakuumli lampalarda elektronlar oqimini boshqarish usuli 1907 yilda
aniqlandi va uch elektrodli ''triod'' lampasi yaratildi.
Mashhur rus olimi fizik V.P.Vologdin 1908 yilda ''ion''li asboblar yordamida
''simobli to‘g‘rilagich''ni kashf etdi.
Rus olimi D.A.Rajonskiy 1910 yilda ''elektron nurli trubka''ni kashf etib, hozirgi
televideniyaga ulkan xissasini qo‘shdi.
Elektronikaning rivojlanishi natijasida radiotexnika, radio – televideniya,
radiolokatsiya, radionavigatsiya, radio kosmik aloqa, radioelektron teleboshqarish,
elektron hisoblash texnikasi, axborot texnalogiyasi, mikroelektronika va boshqa
muhim sohalar paydo bo‘ldi. Elektronikaning imkoniyatlari juda katta bo‘lib, yer
sharining hoxlagan nuqtasi bilan ishonchli aloqa o‘rnatishga imkon beradi.
Hozirgi XXI asrning tub ma’noda ''elektronika'' asri desa ham bo‘ladi. Fan va
texnika keskin sur’atlar bilan rivojlanishiga poydevor bo‘lib xizmat qilayotgan
''elektronika asoslari'' fanining roli juda katta, demak hozirgi yosh avlod bu fan
nazariyalari bilan qurollangan bo‘lishlari kerak. Elektronikani o‘rganish uchun esa
albatta bu fanning fizik asoslarini juda yaxshi bilish talab qilinadi.
Elektronika fan sifatida elektr asboblarni o’rganish va ularni amalda qo’llash bilan
shug’ullanadi. Ular vakuumda, gazda va qattiq kristall jismlarda zaryadlangan
zarrachalar konsentratsnyasnning o’zgarishiga asoslangan.
Elektron asboblar va qurilmalar fan va texnikaning hamma sohalarida qo’llaniladi.
Bu ularning yuqori sezuvchanligi, tezkorligi va universalligi bilan izohlanadi.
3. Materiallar tuzilishi haqida umumiy ma’lumotlar. Molekulalar hosil bo’lishi.
Molekula deb, bir xil yoki har xil element atomlarining kimyoviy birikishidan
tashkil topgan va ma’lum bir moddaning kimyoviy va fizik xususiyatlarini ‘zida
mujassamlashtirgan eng kichik zarrachaga aytiladi. Masalan, vodorod (H
2
), kislorod
(O
2
), azot (N
2
) bir xil atomlardan tuzilgan molekulalardir, osh tuzi molekulasi (NaCl)
esa har xil atomlardan tashkil topgan molekulaga misol bo’ladi. Molekuladagi
atomlarning kimyoviy bog’lanishi ularning tashqi valent elektronlari orqali amalga
oshadi. Ko’pincha molekulalarda