1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)


Narxlarni aniqlab beruvchi omillar va uni tasdiqlanishi uchun zarur bo‘lgan qarorlar



Download 5,55 Mb.
bet64/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Narxlarni aniqlab beruvchi omillar va uni tasdiqlanishi uchun zarur bo‘lgan qarorlar

Sharhlar

Xulosa va takliflar

1. Iste’molchilarning tovar va xizmatlardan foydalanishdan olgan iqtisodiy samarasi

Mazkur omilni baholash iste’- molchilar tomonidan tovarni ish- latish samarasiga asoslangan narx shakllantirish usullarini qo‘llash- da zarurdir.

Samaraning miqdorini aniq­lash usulini takomillashti- rish va ularni qo‘llash soha- sini aniqlashtirish zarur

2. Tovar, xizmat va ular bilan bog‘liq bo‘l- gan xizmatlar sifatini baholash

Eng muhim narx shakllantiruv- chi omillardan biri hisoblanadi. Tovar sifatining kompleks ko‘r- satkichiga erishish uslublariga katta amaliy talab seziladi.

Tovar, xizmat sifatini ko‘p mezonli solishtirma baho- ga erishish imkoniyatlarini ta’minlovchi usullarni ish­lab chiqish talab etiladi

3. Korxona nisbatan tashqi muhit tahlili: talab, raqobat, bozor.

Narx shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni olish maq- sadida bozorni tadqiq qilishni ko‘zda tutadi (talab hajmini prognoz qilish, uning elastikligi- ni baholash, raqobatchilar bozor siyosatini, umumiqtisodiy vazi- yatni o‘rganish)

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘- yicha baholar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash usullarini ishlab chiqish:

  • iste’molchilar;

  • raqobatchilar;

  • o‘z va raqobatchilar tovarlarining sifati

4. Tovar, xizmat narx- larining yuqori va quyi chegaralarini aniqlash

Tovar, xizmat bahosining quyi chegarasi bo‘lib uni ishlab chi­qish va tarqatish uchun qilingan xarajatlar hisoblanadi

Tovar, xizmat bahosining yuqori va quyi chegaralari qiymatlarini hisoblash usullariga aniqlik kiritish

5. Narx to‘g‘risidagi axborotni xaridorlarga yetkazishni tashkil qi­lish

Bo‘lajak foydalanuvchilaming axborotga ega bo‘lishlarini yax- shilashga va firma yaxshi obro‘- sining shakllanishiga ko‘makla- shadi

Istemolchilar va o‘rtada tu- ruvchilarga baholarni tu- shuntirishni tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish

6. Maqsadli bozorni aniqlash, segmentlash

Narx shakllantirish maqsadla- rini aniq belgilash, amaliy maq- sadlari bo‘yicha yaqin bo‘lgan

Muammo yetarli darajada yaxshi ishlab chiqilgan






o‘xshashlarini tanlash imkoni- yatini beradi




7. Narx shakllantirish- ning maqsadi (maq- sadlari)

Sotuvga, foydaga va hozirgi ah- volga asoslangan uch asosiy gu- ruh maqsadlari mavjud

Maqsadlar korxona tomo­nidan mustaqil o‘rnatiladi. Narx shakllantirish bo‘yi- cha barcha qarorlar ular- ga mos holda qabul qili- nadi.

8. Narx shakllantirish- ning umumiy siyosa- tini aniqlash

Quyidagi qarorlarni yagona ti- zimga keltirish - narxlarning o‘zgarish chastotasi va tamo- yillari, raqobatchilar xatti-hara- katlariga javob qaytarish siyo- sati

Mazkur muammo bo‘yi- cha qaror qabul qilish na- zariyasiga va o‘yinlar na- zariyasiga asoslangan sa- marali uslubiy ishlanmalar mavjud

9. Narx shakllantirish usulini tanlash

Bozorda shakllangan holat va korxona maqsadlariga mos ra- vishda amalga oshiriladi

Qo‘llanilayotgan narx shakllantirish usullarini maqsadga muvofiqlarini tanlash maqsadida tahlil qilish lozim

10. Firma-ishlab chi- qaruvchilar tomonidan tovarlarning ilgari su- rilishi va taqsimlanishi strategiyasini baholash

Mazkur omillarni hisobga olish firma va uning raqobatchilari imkoniyatlarini miqdoriy baho­lash imkoniyatlarini ta’minlash uchun zarur

Mazkur muammo bo‘yi- cha ishlanmalar adabiyot- larda mavjud emas

11. Tovar hayotiy sik- lining uning bahosiga ta’ siri

Mazkur omillarni hisobga olish tovar sifatini baholashda zarur

Tovar hayotiy siklining o‘ziga xos konsepsiyasi [1] da taklif etilgan

Tovarlar va xizmatlarning bazaviy narxlarini belgilash sohasida to‘plangan tajribani, mavjud usullarning kuchli tomonlarini, shuningdek, kamchiliklarini e’tiborga olib, tovarlar va xizmatlarga narx belgilash chog‘ida hisobga olinishi kerak bo‘lgan quyidagi asosiy prinsiplarni tak­lif qilamiz:



  • narx belgilash jarayonining maqsad yo‘nalishi;

  • ko‘p variantlilik;

  • uzluksizlik;

  • operativlik;

  • sikllilik;

  • ko‘p mezonlilik;

  • narx belgilash bosqichlarining ketma-ketligi;

  • ilmiylik;

  • qonuniylik;

  • formallashtirish;

  • moslashuvchanlik;

  • universallik.

Narx belgilash jarayonining maqsad yo‘nalishi prinsipi hal qilish chog‘ida narxlar hisobga olinishi kerak bo‘lgan muammoni aniq belgi- lashni anglatadi.
Ko‘p variantlilik prinsipi tavsiya ruhiga ega bo‘lgan takliflarning varianti ko‘pligini anglatib, tovar, xizmat narxining uzil-kesil variantini tanlashni qaror qabul qiladigan shaxs ixtiyorida qoldiradi.
Uzluksizlik prinsipi tovarlar, xizmatlar narxini tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga, korxonaning faoliyat ko‘rsatish maqsadlariga, uning faoliyat sharoitlariga, tovar hayotiy siklining bosqichlariga muvofiq hol­da belgilash va o‘zgartirish borasidagi boshqaruv faoliyatini uzluksiz amalga oshirish zarurligini aks ettiradi.
Operativlik prinsipi ishlab chiqaruvchi korxonaning ish sharoiti o‘z- garishiga qarab uning narx belgilash sohasidagi siyosatiga tezlik bilan tegishli tuzatishlar kiritish zarurligini nazarda tutadi.
Sikllilik prinsipi narx belgilash jarayoni o‘zining asosiy davr va bosqichlari bo‘yicha takrorlanib turishida namoyon bo‘ladi. Har gal yan­gi boshqaruv maqsadi qo‘yilganida yoki avvalgi maqsadga tuzatish kiri- tilganida shunday hol yuz beradi. Korxona faoliyatining maqsadi o‘z- gargan taqdirda, tovar, xizmat narxini belgilash jarayoni o‘zining barcha davrlari bo‘yicha takrorlanadi.
Narx belgilash bosqichlarining ketma-ketligi prinsipi narx belgilash jarayoni bajarilishi natijasida pirovard maqsadga - korxonaning o‘zi e’lon qilgan maqsadlarga erishishini ta’minlaydigan tovar, xizmat nar­xining belgilanishiga olib keladigan harakatlarning muayyan ketma-ket- ligiga bo‘ysunishi kerakligini anglatadi.
Ilmiylik prinsipi narx belgilashning iqtisodiy-tashkiliy modelidan foydalanish natijasida qo‘lga kiritiladigan qarorlarning ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishini ta’minlashni zarur qilib qo‘yadi. Tovarlar, xiz­matlar narxini belgilash modelining ushbu prinsipga mosligi unga narx belgilash bilan bog‘liq iqtisodiy va tashkiliy qarorlarning to‘g‘ri tanlan- gan dastlabki ma’lumotlardan foydalanishga, yetarli darajada aniq hisob- kitob natijalarini qo‘lga kiritish imkonini beradigan zamonaviy mate- matik apparatga hamda qaror qabul qilish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish- ga asoslanadigan usullarni kiritish bilan ta’minlanadi.
Qonuniylik prinsipi tovar, xizmat narxini amaldagi qonunlarga mu- vofiq hamda ularga zid bo‘lmagan tarzda belgilashni nazarda tutadi.
Formallashtirish prinsipi uni joriy etish mumkin bo‘lgan boshqaruv tartib-taomillari va funksiyalari uchun ularni formallashtirish va avto- matlashtirish bo‘yicha (iqtisodiy-matematik usullar va EHM yordamida tegishli hisob-kitoblarni bajarish bo‘yicha) tavsiyalar ishlab chiqilishi kerakligini anglatadi.
Moslashuvchanlik prinsipi shundan iboratki, tovar, xizmatning ba- zaviy narxini belgilash uchun ishlab chiqilgan usullar va ularni bajarish ketma-ketligi qat’iy belgilangan algoritmdan iborat emasligini, aksincha ularni konkret sharoitlarga moslashtirish mumkinligini nazarda tutadi.
Ko‘p mezonlilik prinsipiga muvofiq maqsadlar va ularga mos me- zonlar ko‘p bo‘lgan vazifalar uchun ushbu mezonlar bo‘yicha bir vaqt- ning o‘zida zarur ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqarish imkoniyati ta’min- langan bo‘lishi kerak.
Universallik prinsipi iqtisodiy-tashkiliy model tarkibiga kiradigan hamma usullardan alohida-alohida hamda narx belgilashdan boshqa maqsadlar uchun ham foydalanish mumkinligini nazarda tutadi. Masa­lan, firmaning tovarlar, xizmatlarni ilgarilatish va tarqatish sohasidagi faoliyatini baholash usullari marketing faoliyatining samaradorligini tahlil qilish chog‘ida, sifatni baholash usuli - uni takomillashtirish yo‘- nalishlarini aniqlash uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan prinsiplarga muvofiq tovar, xizmatning ba- zaviy narxini belgilashni boshqarish jarayonini amalga oshirish korxona tomonidan narx belgilash maqsadlariga erishilishini, bozorda vujudga kelgan real vaziyatga mos bo‘lgan tovar, xizmat bahosining bazaviy da- rajasiga operativ ega bo‘lish hamda korxonaning faoliyat sharoitlarida yuz berayotgan o‘zgarishlarga muvofiq bu darajaga keyinchalik tuzatish kiritish imkoniyatini ta’minlaydi.
Virtual tovarlar, xizmatlar narxini belgilash usulini tanlash. Bozorda real vujudga kelgan vaziyatga (talab va raqobat xususiyatlariga), mah- sulot sifatining ko‘rsatkichlariga, ishlab chiqaruvchi firmaning bozorda- gi siyosatiga mos keladigan narxni belgilash usulini tanlab olish narx belgilash metodologiyasining muhim masalasidir.
Biron-bir narx belgilash usuli yoki bir necha usul turli sabablarga ko‘ra tanlab olinadi va ishlab chiqaruvchi korxonaning narx sohasidagi siyosatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan ko‘pdan-ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Tovarning xususiyati (yangilik darajasi, mahsulotning assorti- ment va sifat ko‘rsatkichlari, tovarning bir xilligi yoki darajalanganligi, hayotiy siklining bosqichi); firma narx yordamida bozorda erishmoqchi bo‘layotgan maqsad; firmaning moliyaviy va tarmoq xususiyati; bozor konyunkturasining holati, korxonaning distribyutiv imkoniyatlari (sotish tarmog‘ining rivojlanganligi, vositachilar soni) ana shunday omillardir. Tovar, xizmat narxini belgilash jarayonida unga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omillarning miqdorini yetarli darajada hisobga olishga harakat qilish zarur. Bunda vaziyatga qarab omillarning bir guruhi asosiy bo‘la- di, qolganlari (asosiy bo‘lmaganlari) esa sharoit yoki cheklovlar sifatida hisobga olindi. Narx belgilash vaziyatga qarab u yoki bu omilga (xara- jatlar, sifat, talab, mahsulotni qo‘llashdan olinadigan samara va boshqa- lar) bo‘linishi munosabati bilan narx belgilashning tegishli muqobil usullari ajratiladi.
Mavjud narx belgilash usullari g‘oyat xilma-xil bo‘lsa-da, ularni qu­yidagi asosiy guruhlarga birlashtirish mumkin:

  • narxlarni chiqimlar asosida belgilash;

  • narxlarni talabga qarab belgilash;

  • narxlarni raqobatga qarab belgilash.

Sanab o‘tilgan guruhlarning tavsifi 5.12-jadvalda keltirilgan.
Unda, konkret usullarning tafsilotlariga berilmasdan, asosiy narx bel- gilash usullarining mohiyati ochib berilgan va u yoki bu usulning afzal- liklari va kamchiliklari haqida xulosalar chiqarilgan, Rossiya bozorining hozirgi sharoitida dasturiy mahsulotlarga narx belgilash uchun bu usullarni qo‘llanish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

  1. jadvalda berilgan axborot, shuningdek, murakkab ilmiy-texni- kaviy mahsulot narxini belgilash usulini tanlab olishga ta’sir ko‘rsatadi- gan asosiy omillarni tahlil qilish tovar yoki xizmatning iste’molchilar qanchalik qadrlashiga asoslangan usullar afzalroq bo‘lishi mumkin, deb xulosa chiqarish imkonini beradi.

Tovarlarning narxlarini ular iste’molchilarga keltiradigan iqtisodiy samara asosida belgilash usulidan samarani miqdor jihatidan baholash imkoniyati mavjud bo‘lgan, raqiblar tovarlarining sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotni bilish imkoniyati esa kamroq bo‘lgan yoki funksional vazifasi jihatidan yaqin turuvchi tovarlar bozorining ko‘rib chiqilayot- gan segmentida bunday imkoniyat yo‘q bo‘lgan hollarda foydalanish maqsadga muvofiq.
Tovarlar, xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi narx shakllantirish usullarining solishtirma tavsifi


Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish