1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet16/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

rejimi yo’q.
82 O’zbekiston Respublikasida elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha hukumat qarorlari qabul qilingan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 30 yanvardagi 21-son va “Elektron tijoratni amalga oshirish chog’ida to’lovlar o’tkazilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 12 iyundagi 120-son Qarorlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” 2008 yil 21 maydagi 102-son Qaroriga muvofiq, elektron tijorat tizimi tranzakstiyalarida olingan ko’chirmalarni (“elektron cheklar”ni) bank terminallarining cheklariga tenglashtirish ko’zda tutilgan. Yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari bo’yicha to’lovlarni o’tkazish va soliqqa tortish tartibi yuridik shaxslar elektron tijorat tizimi orqali tovarlar va xizmatlar uchun haq to’lashi jarayonida qo’llaniladi. Bu, o’z navbatida, sub’ektlar, ya’ni elektron tijorat chakana to’lov tizimi ishtirokchilari doirasini aniq belgilashda, amalga oshirilayotgan tranzakstiyalarning tegishli hisob-kitoblari chiqarilishi va nazorat qilinishini ta’minlashda, elektron tijorat va elektron raqamli imzo tizimidan foydalanuvchilar sonini ko’paytirishda xizmat qiladi.
Sharhda, shuningdek, axborot-kommunikastiya texnologiyalarini jamiyat turmushining turli sohalariga joriy etish masalalari ham ko’rib chiqilgan.
Masalan, sog’liqni saqlash sohasida AKTdan foydalanish ko’lamlari kengaymoqda. Xususan, tarmoqdan foydalanuvchilar tibbiyot sohasidagi so’nggi yangiliklar, O’zbekistonning barcha mintaqalaridagi sog’liqni saqlash va tibbiyot sohasi tashkilotlarining elektron katalogi bilan tanishish, tajriba almashish, dolzarb muammolarni muhokama qilish, maslahatlar olish, shu jumladan xalqaro maslahatlashuv tizimidan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar.
O’zbekistonda AKT ta’lim sohasida juda keng qo’llanilmoqda. Shu o’rinda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan jihozlash, kompyuterlarning eskirgan moddelarini foydalanishdan chiqarib yuborish borasida keng miqyosli ish olib borilayapti. Buning uchun xalqaro moliya muassasalarining (jumladan, Osiyo Taraqqiyot Bankining) qarzlari va grantlari jalb etilmoqda. O’rta maxsus, kasb ta’limi markazi tizimida o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi kompyuterlarning umumiy miqdori qariyb 30,7 mingtani tashkil etayapti yoki kasb-hunar kollejlari va akademik listeylarning har 100 o’quvchisiga tegishlicha 2,6 va 4,7ta kompyuter to’g’ri kelmoqda. Internet tarmog’idan faol foydalanuvchi talabalar soni 83 foizga ko’payib, 52 ming nafardan oshib ketdi. Barcha oliy o’quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa ulangan. Oliy o’quv yurtlari huzurida axborot-resurs markazlari tashkil etilmoqda. Ulardagi kompyuterlarning umumiy soni 1,6 mingtadan oshgan.
AKT faol rivojlanishi tegishli miqdordagi yuqori malakali mutaxassislarni talab qilayapti. Tegishli kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yaratilgan. Masalan, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 37ta kasb-hunar kollejidan tashqari 400dan ziyod kollej informatika va axborot texnologiyalari, radiotexnika, radioaloqa, telekommunikastiyalar kabi 19 yo’nalishdagi 44ta ixtisos bo’yicha mutaxassislar tayyorlamoqda. Oliy ta’lim tizimida Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (TATU) AKT sohasi mutaxassislarini tayyorlovchi bosh oliy o’quv yurti sifatida belgilangan. Nukus, Qarshi, Samarqand, Farg’ona va Urganch shaharlarida esa, TATUning mintaqaviy filiallari ishlay boshladi. Bundan tashqari, AKT sohasi mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha alohida ixtisoslashtirilgan kurslar ishlamoqda.
Biroq, ko’rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramay, malakali kadrlar, ayniqsa dasturchilar bilan ta’minlash muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Masalan, tor yo’nalishda ixtisoslashgan dasturchilar etishmayotgani yoki tayyorlanmayotgani, shuningdek malakali kadrlar chet elga chiqib ketayotganligi malakali dasturchilar etishmasligining ob’ektiv sabablaridan biri sifatida ko’rsatilayapti. Sharhda, shuningdek, O’zbekiston oliy o’quv yurtlari asosan faqat fundamental bilimlarni berishi va ko’pincha bitiruvchilar o’quv yurtini tamomlashi bilanoq real shu’bada real ilovalar bilan ishlashga tayyor emasligiga e’tibor qaratilgan. Ko’pchilik bitiruvchilar ish boshlash uchun talab qilinadigan etarli darajadagi bilimlarga ega emas. Aksariyat kompaniyalar yosh xodimlarni qo’shimcha ravishda o’qitish zarurati muammosiga duch kelayapti. Ko’pgina oliy o’quv yurtlarining dasturlari ko’pincha dolzarb emas va bozordagi talabga javob bermaydi.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasi mutaxassislarini tayyorlash tizimida ham tijorat o’quv markazlari bor. Ular tayyorlash, qayta tayyorlash va sertifikatlash bilan shug’ullanadilar. Bu ishlar jumladan, xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlash dasturlari bo’yicha ham amalga oshirilayapti va ushbu markazlar kadrlarning bilim darajasi yuqoriroq bo’lishini ta’minlamoqda. BMT Taraqqiet Dasturining “AKT Siyosati” loyihasi (ICTP) huzurida AT bo’yicha ko’ngillilar xizmati ishlamoqda. Bu erda Toshkentdagi oliy o’quv yurtlari talabalariga zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o’rgatish tashkil qilingan. Maqsad – bu talabalar keyinchalik tijorat tashkilotlari, davlat muassasalari, o’quv yurtlariga axborot texnologiyalarining salohiyatidan foydalanishda ko’maklashishlari kerak.
Sharhning katta qismi O’zbekistonda dasturiy ta’minot tayyorlash sanoatiga bag’ishlangan. Bu sanoatda dasturchilarning kasb ko’nikmalari yuksak darajada ekanligi bilan bir qatorda ular ishi uchun to’lanadigan haq darajasi nisbatan past, shuningdek ishlab chiqarish infratuzilmasini qo’llab-quvvatlash xarajatlari ham katta emas. 2008 yil 1 yanvardagi holatga ko’ra, O’zbekistonning dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bozorida dasturiy vositalar ishlab chiquvchi 212ta korxona ro’yxatga olingan. Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sanoatida ishlovchi mutaxassislarning umumiy soni esa, ekspertlar bergan baholarga qaraganda, qariyb 4 ming kishini tashkil etadi (2007 yil boshidagi ma’lumot).
Mamlakatda dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarning mahsuloti doirasi yil sayin kengayib borayapti va taniqli ishlab chiqaruvchi firmalarning dasturiy ta’minotini distribustiyalash va joriy etish bilan bir qatorda xorijiy dasturlar bilan raqobatlasha oladigan yangi mahalliy dasturiy mahsulotlar ham ishlab chiqilayapti. Bunda ayniqsa buxgalteriya hisobi, to’lov tizimlari, bank infratuzilmasi ishini qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallangan dasturiy mahsulotlarga talab kattaligicha qolmoqda.
BMT Taraqqiet Dasturining “AKT Siyosati” loyihasi tomonidan 2007 yilda o’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatdiki, O’zbekistonda eksport uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minot ishlab chiqish bozori hanuz qaror topish bosqichida turibdi. Holbuki, o’zbekistonlik ba’zi dasturchilar xalqaro autsorsing loyihalarida muvaffaqiyatli ishlamoqda. O’zbekistonlik dastur ishlab chiquvchilar jahon bozorida yanada faolroq qatnashishiga to’sqinlik qilayotgan ayrim ob’ektiv sabablar hali ham bor.
AKT rivojlanishi haqida so’z borar ekan, xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatda ochiq elektron raqamli imzo kalitlari infratuzilmasini rivojlantirish, kompyuter bilan bog’liq instidentlarga javob harakatlarini amalga oshirish masalalariga to’xtalmaslikning iloji yo’q. Bu masalalar ham ushbu sharhda O’zbekistonda AKT sohasini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan hamda keng doirada to’plangan axborot, ko’plab diagrammalar, jadvallar va ilovalar asosida yoritilgan asosiy jihatlar bilan bir qatorda ko’rib chiqilgan.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish