3-rasm.Dunyo bo’yicha ijtimoiy tarmoqlarning reytingi.
Ko’rinib turibdiki bugungi kunda ko’plab insonlar ijtimoiy media tarmoqlardan foydalanib kelmoqda. Bu albatta turizm uchun ulkan imkoniyatdir. Bugungi kunda barcha yirik va o’rta kattalikdagi kompaniyalar ijtimoiy media tarmoqlarga katta e’tbor qaratmoqda. Umuman olganda ijtimoiy media tarmoqlar reklama uchun eng samarali vosita hisoblanadi. Shunday ekan, ushbu tarmoqlardan turistik hududlaming reklamasi uchun foydalanish ham mumkin.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini sayohatga bo’lgan munosabatiga maslahat bergan vaqtdan boshlab, sayohat vaqtida va undan keyen hamkuzatadi. Ijtimoiy tarmoq sayohatni rejalashtirib, maslahat bergandan so’ng ham foydalanuvchilarning 3 % dan ortiqrog’i mehmonxonalarni, 15 % i aviakompaniyani va shuncha miqdorda turagentligini, 12 % i mamlakatni o’zgartiradi.
4-rasm. Facebook ijtimoiy tarmog’i haqida ma’lumot.
Ijtimoiy tarmoq alohida kompaniya,region yoki mamlakat haqida axborot yaratish, ularni kuzatish va mijoz bilan aloqada bo’lishga imkonoyat yaratgan marketing va brendingning kuchli quroliga aylanmoqda. Aynan shuning uchun ham bugungi kunda birorta kompaniya, ayniqsa zamonaviy turizm industriyasi buni inkor qila olmaydi.
Zamonaviy turizm industriyasi ijtimoiy tarmoq rivojlanishining turli yo’nalishlaridan foydalanadi. So’nggi takliflar (masalan bo’sh nomerlarni sotilishi) investetsiyaning qaytish miqdorini oshishiga yordam beradi. G’oya juda sodda, alohida axborotlar oqimining tuzulishi, xizmatlardan arzonroq narxlarda foydalanishga olib keldi. Axborotlar oqimining tuzalishi ko’p hollarda qo’l keladi va bir sutkalik mijozlarni topishga ham yordam beradi. Mehmonxona foyda ko’radi, mijoz ham xursand va nomerlar ham sotiladi.
Mijozlar bilan operativ muloqot Air Tran, Delta, Southwest Airlines va Virgin America ,,Facebook va Twitter’’ dan yangi takliflar kiritish, ta’riflarni e’lon qilish yoki yo’lovchilarga ob-havo sharoiti va kechikishlar haqida axborot berish uchunfoydalanishadi.
Golokatsiya xizmatlari (masalan Foursquare, Facebook Places) insonlarga ularni qayerda ekanligini bilishda va ular bilan muloqot qilishga yordam beradi. Bu texnologiyadan foydalanish xizmatlari mijozning kerakli vaqtdagi xoxishlarini qondirishga 100 % imkoniyat ochib beradi. Masalan: Foursquare dan foydalanuvchi Wynn Hotel & Casino Las Vegas mehmonxonada ro’yxatdan o’tayotganda uning unga bepul bir bakal shampan vinosi Wynn Las Vegas kulublaridan birida taklif etiladi, chunki Foursquare sistemasi mehmonxona xodimlariga, avvaldan nomer bron qilib qo’ygan mehmonning yaqinlashganligi haqida xabar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |