1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)


Elektron turizmda zamonaviy texnologiya va kommunikatsion tizimlarning rivojlanishi ahamiyati



Download 5,55 Mb.
bet115/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

1.Elektron turizmda zamonaviy texnologiya va kommunikatsion tizimlarning rivojlanishi ahamiyati.
Ichki va xalqaro turizm sohasida informatsion texnologiyalardan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo’yilayapti. Turizmda qo’llaniladigan informatsion texnologiya tizimi kompyuter reserv qilish tizimi, telekoferensiyalar o’tkazish tizimi, videotizim, kompyuterlar, informatsion boshqaruv tizimi,aviayo’llar elektron informatsion tizimi,elektron pul o’tkazmalari, telefon tarmoqlari, mobil aloqa vositalaridan iborat. Ushbu texnologiyalar tizimi turizmga aloqador barcha jabhalar-turistik agentliklar, mehmonxonalar, aviakompaniya va boshqalar tomonidan foydalanib keliniyapti. Bundan tashqari, turizm tizimining har bir segmenti tomonidan informatsion texnologiyalar tizimidan foydalanish boshqa barcha segmentlar uchun ham ahamiyatli.Masalan, mehmonxonaning ichki boshqaruv tizimi global tarmoq kompyuterlari bilan bog’langan bo’lishi, bu esa o’z navbatida mahmonxona rezerv qilish tizimi uchun asos bo’lishi, turistik agentliklari esa o’z kompyuterlari orqali bu ma’lumotlarni ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishlari mumkin.Biz bu yerda turizmda tarqalib borayotgan informatsion texnologiyalarning uyushgan tizimini ko’rayapmiz. Aniqlanishicha, turizm sanoatida kompyuterlar,telefonlar va videoterminallarning alohida o’zlarining emas, biri-biri bilan o’zaro bog’langan kompyuter va aloqa texnologiyalari tizimining faoliyati ortib borayapti.Bundan tashqari, turizm sanoatining ayri komponentlari bir-biriga mahkam bog’liq, chunki turizm sohasi korxonalari bir-birining faoliyatiga aloqadordir.
Hududiy turizm sohasida informatsion texnologiyalar ta’siriga nazar tashlansa, turizmni rivojlantirish rejalarini shakllantirishda qo’yidagilarni e’tiborga olish lozim:turizm sohasi va uning rivojlanishiga mone’lik qilayotgan asosiy muammolar; turizmning qaysi yo’nalishlari hudud uchun muhim, mablag’ni qaysi yo’nalish uchun sarf qilish samaraliroq; hududning turistlarni jalb qilish qobiliyati va imidjini qanday qilib yuksaltirish mumkin; turizm orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qanday ta’sir ko’rsatish mumkin.
Turizm sanoatining rivojlanishi o’sha hududdagi ishsizlik darajasini kamaytirishga, mahalliy buudjetning ortishi vahududning taraqqiy etishiga sabab bo’ladi. Turizmning rivojlanishini turizm infratuzilmasining yomon holati, bu sohaga yo’naltirilgan siyosatning yo’qligi, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning mavjud emasligi va yangi viza qoidalariqiyinlashtiriyapti. O’lkadagi turistik biznesning informatsion ta’minoti bilan bog’liq muammolarni turizm boshqaruvi va rejalashtirishda Geografik va Turistik Informatsion Tizimlarni qo’llashyo’li bilan hal qilish mumkin.
Geografik va turistik informatsion tizimlarning yaratilishi va faoliyatining xalqaro tajribasi analizi shuni ko’rsatadiki, bu tizimlarga o’lkadagi turistik biznesni rejalashtirish, tadqiqotlar va marketing uchun o’ziga xos statistik paket-qiyosi yo’q instrument sifatida qaralishi mumkin.
Hozirgi kunda turizm rivoji uchun telefon va “qog’ozli” pochta qanday odatiy kommunikatsiya usuli hisoblansa, internet va elektron pochta ham xuddi shunday odatiy kommunikatsiya yo’li hisoblanadi. Bu ommaviy kommunikatsiya usuli turagentliklari va firmalarni bog’lashga, hamda real va potensial mijozlarlar bilan o’z xizmatlarini taklif qilayotgan turagentliklarini bog’lashga xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda, internet va ommaviy kommunikatsiyaning barcha turlari ham turizmni samarali rivoji uchun xizmat qilmayapti.
Hozir kunda turizm industriyasi yuqori dinamik rivojlanishda bo’lib, dunyo iqtisodiyotida daromad keltirish bo’yicha uchinchi o’rinda turadi.Xizmat ko’rsatish sohasida turizm dunyo savdosining taxminan 30% va kapital qo’yishning dunyo bo’yicha 7%ga yaqinini tashkil etadi.
Turistik kompaniyalarning jahon bozoriga chiqishining eng arzon, shu bilan birga eng samarali yo’li internet hisoblanadi.Internet boshqa ommamiy axborot vositalariga nisbatan foydalanuvchiga dunyoning istalgan burchagida qo’l yetadigan darajadadir. Internetda reklama maydoni narxi mashhur ommamiy axborot vositalariga nisbatan ancha past,ammo auditoriya qoplami ancha kengroq. Internetning boshqa afzalliklari ham bor: rassilka ro’yxatlari, kontekst reklamalari,banner reklamasi va individual kontentning shaxsiy tomoshasi.Ammo har bir turistik firmaning chegaralangan xizmat turlari bilan jahon bozoriga chiqishi ancha qimmat. Shuning uchun internet tarmog’ida xorijiy mijoz uchun bir hudud chegarasida to’la xizmatlarkomleksini taklif qilish va asosan internet tarmog’iga suyanishni maqsad qilib olgan “Turistik firmalar birlashmasi”ni tashkil qilish zarur.
Turistik firmalarsheriklik shartlarida hamkorlik qilishlari yoki o’z hududlarida bir nechta o’ziga xos xizmat turlarini taklif qilib,o’zlarining odatiy faoliyatlarini olib borishlari mumkin. Bu kabi birlashma asosidagi internet portal eng yaxshi takliflar haqidagi ma’lumotlar bazasidan tashqari, istalgan to’lov yo’li bilan amalga oshadigan (kredit kartasi, elektron to’lov) avia va temir yo’l chiptalarining onlayn-buyurtmalari , turistik birlashma hududi haqidagi ma’lumotlar bazasi yordamida individual tur tanlovi kabi barcha zamonaviy xizmatlarni o’z ichiga olishi kerak. Hamkorlikda amalga oshiriladigan internet loyiha ortiqcha xarajatlarsiz va qisqa vaqt mobaynida jahon bozoriga chiqishga yo’l beradi. Buning uchun ma’lum bir hududdagi tur firmalar marketing say harakatlarini turizm infrastrukturasini yaratish maqsadida birlashtirish lozim. Chunki hududdagi har bir tur operator eng qiziqarli yo’nalishlar va mehmonxonalar tog’risidagi takrorlanmas ma’lumotga ega.Bu kabi portalga tashrif buyurgan inson berilgan ma’lumotlarni o’z ona tilida o’qisa, unga talkif qilinayotgan xizmatlar spektori borasida shubhasi qolmaydi. Unga foto va video materiallar va turistlarning bildirgan fikrlari va o’lka haqidagi to’liq ma’lumot (ob-havo, valyuta kursi, favqulodda sodir bo’lgan holatlar uchun telefon raqamlar, foydali maslahatlar va hokazo )berilishi kerak. Turistik xizmatlarni amalga oshirishda bu kabi hamkorlik ma’lum bir hududni qiziqarli, qo’l yetadigan qilishga va yangi yuqori sifatli birlashgan turistik xizmatlarni yaratishga imkon beradi.
Hamkorlar daromadining bir qismi qo’shma reklama va marketing programmalaridan tashqari material bazani yaxshilishga va qo’shma mahsulotlar soni va sifatini oshirishga sarf qilinishi lozim. Bu o’z navbatida yangi ish joylarining paydo bo’lishiga, ishlab chiqarishning o’sishiga , hudud va butun davlat iqtisodiyotining yaxshilanishiga olib keladi.


2.Mehmonxona xizmatidan foydalanuvchilarni Internet yordamida jalb qilish yo’llari.

Kontekst, SEO, ijtimoiy tarmoqlar, tematik maydonlar, bloglar va hokazo. Nima ish beradi va nima ish bermaydi?Mehmonxona biznesi mijozlarini jalb qilish uchun har bir konkret instrument qanday ishlaydi?


Muammoni izohlash juda oson: mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchilar sonining shiddat bilan o’sishidan naf ko’ruvchi mehmonxona biznesi mavjud. Shuningdek Tarmoq orqali boshpana topishni afzal ko’radigan internet foydalanuvchilari bor. Qanday qilib ularning diqqatini kerakli ma’lumotga qaratib ularni mijozlarga aylantirish mumkin?
Buning uchun fodalanuvchilarning Tarmoqda mehmonxona xizmatlari haqidagi ma’lumotni qidirish logikasini bilish zarurva bunga asosan informatsion kanallarni shunday qurish kerak-ki, ko’pchilik hollarda foydalanuvchining ko’zi ularga tushsin.
BCGroup agentligining 2011-yilda o’tkazgan tadqiqotiga ko’ra Novosibirsk singari shaharda mehmonxona xizmatlari haqidagi asosiy 70% ma’lumotni foydalanuvchilar internetdan bir necha kanallar orqali olishadi.
Har bir foydalanuvchida gugldan qidirish xohishi instinkt darajasiga yetgan.Mehmonxona qidirishda odatda “varonej mehmonxona”, “varonejda mehmonxona” kabi qidiruv so’zlaridan foydalanishadi. Bu qidiruvga ko’ra ochilgan Google topib bergan ma’lumotga nazar solinsa, Voronejdagi mehmonxona biznesi vakillari ilg’orlikka erishish uchun umuman harakat qilmaganliklari ko’rinib turadi. Ilk 10 talikda asosan kataloglardan iborat, geoxaritada bor yo’g’i 5 ta mehmonxona ko’rsatilgan, mehmonxonalar tomonidan qidiruvchilarga yo’naltirilgan reklama umuman mavjud emas. Umuman aytganda, joy uchun raqobat ko’rinmaydi,bron qilish xizmati vakillari bu maydonda korxonalarning o’zidan ko’ra ancha faol.
Loaqal geoxaritada mavjud bo’lish juda muhim.Iste’molchilar fikriga ko’ra 55% holatlarda ular mehmonxona tanlashda uning dam olish joylariga va transport vositalariga yaqinligini inobatga olishadi. Geoxarita esa mehmonxona aynan qayerda joylashganligini ko’rsatadi. Mehmonxona joylashgan manzil va bog’lanish uchun ma’lumotlarni joylashtirish unchalik qiyin emas. Buning uchun korxona Google geoplagini o’rnatishi, geoxarita mavjud bo’lgan plus.google ijtimoiy tarmog’ida korxona sahifasini yaratishi lozim. Yandeks. Karta va Karti@Mail.ru xaritalarida ham ma’lumotlar joylashtirish kerak. Google va Mail.ru o’rtasida ma’lumot almashinuvi mavjud bo’lsa-da, ularning geoservislari bir biridan farq qiladigan algoritmga ko’ra ishlaydi, shuning uchun ma’lumotlarni ularga alohida-alohida joylashtirish lozim.
Yuqori o’rinlar uchun raqobatning umuman yo’qligini inobatga olgan holda qidiruv saytlarida muhim o’ringa ega bo’lishga qisqa muddatda-1-2 oyda erishish mumkin.
Mavjud bo’lgan sayt yordamida ilg’orlikka asos soluvchi aytib o’tilgan asosiy instrumentlardan tashqari qo’shimcha rivojlanish kanallari bor. Oxirgi paytlarda prays-akseleratordan faol ravishda foydalanishayapti.Ularda turli xizmatlar narxlari ko’rsatiladi. Narxlar pulsima’lumotlarni Yandeksga chiqaradi.Bu o’z navbatida eng oxirgi narxlar haqidagi ma’lumotni osonlikcha bilib olishga imkon beradi.
Qidiruv algoritmlarnig o’ziga xosligi shundaki, odatda ular foydalanuvchining qiziqishi va turgan joyidan kelib chiqqan holda ma’lumot topib beradilar,agar foydalanuvchi boshqa hududda bo’lsa unga shu ma’lumotning o’zini yetkazish mushkul. Siz o’z hududingizda eng yuqori 3-o’rinda bo’lsangiz ham, qidiruv foydalanuvchiga siz haqingizda ma’lumot topib bera olmasligi mumkin. Shuning uchun hududiy press-relizlar tarqatish xizmatidan foydalanish,ularningnashriyoti uchun turli informatsion sabablar topish lozim. Bunday holatda, eng tarqoq hududlarda ham qidiruvlar foydalanuvchilarga ma’lumot topib berishadi, chunki ma’lumot qanchalik tez tez internet tarmog’iga qo’yilsa, u shunchalik katta geografik hududni qamragan bo’ladi.
Mehmonxona biznesi o’zlari haqidagi ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishga juda kam e’tibor berishadi.Facebookda “mehmonxona” deb qidiruv berilganda, bu yerda ham darhol internet-uquvsizlik ko’zga tashlanadi.Ko’pchilik mehmonxonalar uchun shaxsga xos akkauntlar ochilganligiga guvoh bo’lasiz, bunday akkauntlar soxta hisoblanib tezda avtomatik tarzda o’chirib tashlanadi. Tarmoqdagi bunday qo’pol xatolar odatda biznes sifati haqida salbiy fikrga olib keladi va foydalanuvchilarning taklif qilingan xizmatlardan bosh tortishiga olib keladi. Facebok keng marketing funksionaliga ega, unda marketingga yo’naltirilgan ko’plab ilovalar mavjud.Masalan, Ecwid yordamida sahifada internet-vitrina yoki bron qilish bo’yicha faol taklifni o’rnatish mumkin.VK bilan esa biroz boshqa usullarni qo’llash kerak. Bu yerda yaxshisi mehmonxona akkauntini ochish va uni mahallaiy va hududiy guruhlarga qo’shish, u orqali turli xil ma’lumotlarni joylashtirish lozim. Har bir mehmonxonadamehmonxona joylashgan shahar odamlariga yo’naltirilgan xizmatlar to’plami mavjud-yangi turmush qurganlar uchun xonalar, banket va konferens-zallar.
Reklama kompaniyalariga ehtiyotkorona yondashish kerak,chunki ular uchun tayyor retseptura yo’riqnomasi mavjud emas. Kompaniya sahifasi faoliyatining ilk davrida foydalanuvchilar sonini ko’paytirish va sahifa qidiruvda tez ko’zga tashlanishi uchunkontekstual reklamadan foydalanish zarur. Keyinchalik esa mehmonxona biznesi o’ziga xosliklari e’tiborga olinishi kerak bo’ladi-nishonga olinishi kerak bo’lgan auditoriya mehmonxona joylashgan hududdan tashqarida joylashgan va katta hudud bo’ylab tarqalgan.Katta buudjet istalgan samarani berishi qiyin, chunki bunday auditoriyani qamrash mushkul.
Banner asosidagi reklama kompaniyasinishonga olingan auditoriya informatsion kanalda o’rnatilgan bo’lishi uchun aniq ish rejasiga asoslangan bo’lishi kerak.Tadqiqodga asosan,sotishning katta qismini ta’minlovchi 4 guruh mavjud:
- Yalpi savdo/distributsiya-24, 2%
- IT, telekommunikatsiya, aloqa-14, 36%
-Moliya-14, 1%
- Ishlab chiqarish-11, 97%
Komandirovkalarning oxirgi nuqtasi bo’lgan turistik korxonalar ko’p bo’lmagan joylarning, ular haqidagi tabiiy ma’lumot manbai ularning sahifalari hisoblanadi. Keluvchilar ular bilan bog’lanish uchun zarur ma’lumotlarni va boshqa barcha zarur ma’lumotlarni sahifalardan olishadi. Bunday sahifalar monetizatsiya talabisiz informatsion hisoblanishadi, shuning uchunsahifa administratori orqali banner joylashtirish qiyinchilik tug’dirmaydi. Yanayam yaxshirog’i-banner ayirboshlash,uchinchi sahifa qatnashuvi bilan A>B>C>A…;mehmonlar uchun prezentatsion postlar bilan.



Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish