Bronlash tizimi. Bronlash kompyuter tizimlari tarixi.
Bronlash kompyuter tizimlarining turfirmalar bilan hamkorligi.
Bronlash kompyuter tizimlarining turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati
Global taqsimlash tizimi GDS xalqaro kompyuter bronlash tizimi. Kompyuter tizimi bron qilish (eng. computer reservations system, CRS) dastlab faqat aviatashuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan va ishlatilgan. Birinchi shunga o'xshash tizimlar 1960 yillarning o'rtalarida paydo bo'lgan.
Keyinchalik po'lat tizimlari, shuningdek, mehmonxona xonalari, dengiz safarlari, avtomobillarni ijaraga olish, avtobus chiptalari va boshqalarni bron qilish imkoniyatini ham o'z ichiga oladi.Global tarqatish tizimlarining terminallariga ulangan sayohat agentliklari o'z mijozlariga Real vaqtda bron qilish xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Kompaniyalarning turli bronlash tizimlari bilan ishlash ko‘p yillik tajribasi elektron bronlash tizimidan foydalanishga o‘tgan o‘rta mehmonxona mazkur tizim orqali har oyda qo‘shimcha tarzda bir necha o‘ntadan bir necha yuztagacha buyurtma olishini ko‘rsatadi.
Tarixan bu tizimlar aviachiptalarni bronlash tizimi sifatida yaratilgan edi. Hozirda bu funksiyadan tashqari barcha tizimlar mehmonxonalardagi joylarni bronlashtirish, ijaraga avtomobillar, turli tomoshalarga chiptalar va h.k. buyurtma qilish imkonini beradi.
Bronlash – biror kimsa yoki narsa uchun atab, band qilib qo‘yish demakdir.
Bugungi kunda jahonda to‘rtta global (dunyo miqyosida) bronlash tizimi (Global Distribution Systems – GDS) mavjud. Bular:
Amadeus,
Galileo,
Sabre
Worldspan.
Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko‘prog‘ini qamrab olgan. Ularning terminallari yer yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik agentliklarda o‘rnatilgan. Bu tizimlar «oltin to‘rtlik» deb atalishi bejiz emas. Jahon mehmonxona bozorining qolgan bir necha foizi mintaqaviy bronlash tizimlariga va yuqorida zikr etilgan tizimlarga qo‘shilish arafasida turgan tizimlarga tegishli.
Bronlash tizimlari bilan ishlashning universal resepti mavjud emas, shu bois har bir muayyan mehmonxona uchun mijozlarning strukturaviy tarkibini, narx-navo siyosatini va h.k.ni mufassal tahlil qilish lozim. Har bir GDS, global tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan qismida amal qiladi. Masalan, Amadeus va Galileo eng avvalo, Yevropada, Sabre va Worldspan esa – Amerikada faoliyat ko‘rsatadi. Sahara tizimi MDH mamlakatlarida hamda Afrika va Yaqin Sharqning ba’zi bir mamlakatlarida tarqalgan.
Mustaqil mehmonxonalar uchun global miqyosidagi bronlash tizimlari bilan ishlashning bir necha variantlari mavjud:
bir yoki bir nechta bronlash tizimlarining terminallarini o‘zida o‘rnatish va mustaqil ishlash;
bunday xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan vositachi kompaniya bilan shartnoma tuzish;
dunyo miqyosidagi bronlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik turoperator bilan shartnoma tuzish.
Mehmonxonada o‘z GDS terminallarini o‘rnatish eng murakkab va qimmat yechimdir. Uni amalga oshirish uchun mehmonxona bronlash tizimlari bilan shartnomalar tuzishi, aloqa tarmoqlarini o‘tkazishi, kerakli asbob-uskunalarni o‘rnatishi, xodimlarga ularda ishlashni o‘rgatishi va boshqa ko‘plab shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishi lozim.
Qilingan sarf-xarajatlar yaqin kelajakda o‘zini oqlashi uchun GDSdan muttasil ravishda ko‘plab buyurtmalar olish lozim. Binobarin, bunday yondashuv faqat o‘z mehmonxonalar tizimiga ega bo‘lgan mehmonxonalar tarmoqlari uchun o‘rinlidir. Shu bois GDS bilan mustaqil mehmonxonalarning ishlash holatlari deyarli ma’lum emas.
Vositachi kompaniya (provayder) orqali ishlash ancha yengil va arzondir. Bundan tashqari, qoida tariqasida, maxsus asbob-uskunalar o‘rnatish, maxsus ajratilgan aloqa tarmoqlarini o‘tkazish va mehmonxonaga xos bo‘lmagan boshqa funksiyalarni bajarish talab etilmaydi. Mehmonxonani, uning nomerlarini, narxlarni mufassal tavsiflovchi so‘rovnomani to‘ldirish va bronlashga tasdiqnoma kelishini (odatda faks orqali) ko‘tish kifoyadir.
Provayder xizmatlari haqi bir yilda bir necha yuz dollardan bir necha ming dollarga yetishi mumkin. Har bir sof (ya’ni amalga oshirilgan va bekor qilinmagan) bronlash uchun qayd etilgan haq (taxminan 10 AQSH dollari) olinadi. Vositachi kompaniya funksiyasiga (tegishincha mehmonxona harajatlariga ham) bronlashni amalga oshiruvchi turistik agentlarga vositachilik haqi to‘lash kiradi. Vositachilik haqi miqdorini har bir mehmonxona har xil belgilaydi. Odatda uning miqdori bronlash summasining 10% ni tashkil qiladi.