6 -rasm. Odnoklassniki.ru va Moy mir ijtimoiy tarmog’i haqida ma’lumot.
“Vkontakte” ijtimoiy tarmog’ining asoschisi Pavel Durov bo’lib, 2006 yilda yaratilgan. Ijtimoiy tarmoq qiymati 3–4 milliard dollarga baholangan. Rus tilida amal qilayotgan eng mashhur ijtimoiy tarmoq sanaladi. Ijtimoiy tarmoqda O’zbekistondan 661375 foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgan(2014 yil 31 may holatida).
“Turizm” kalitli so’z bilan qidirish tugmasini tanlaganimizda, 18549 ta hamjamiyatlar ro’yxati namoyonon bo’ldi. Ularning har birida 100-600 mingga yaqin guruh a’zolari yoki obunachilari mavjud:
“Tur” kalitli so’z bilan qidirish tugmasini tanlaganimizda, 36310 ta hamjamiyatlar ro’yxati namoyonon bo’ldi. Ularning har birida 50-200 mingga yaqin guruh a’zolari yoki obunachilari mavjud:
“Tur agent” kalitli so’z bilan qidirish tugmasini tanlaganimizda, 43 ta hamjamiyatlar ro’yxati namoyonon bo’ldi. Ularning har birida 100-800 ga yaqin guruh a’zolari yoki obunachilari mavjud:
“Uzbekistan” kalitli so’z bilan qidirish tugmasini tanlaganimizda, 959 ta hamjamiyatlar ro’yxati namoyonon bo’ldi. Ularning har birida 1-13 mingga yaqin guruh a’zolari yoki obunachilari mavjud:
Bu natijalar ne chog’lik vkontakte ijtimoiy tarmog’ida potensial mijozlar ko’pligidan darak beradi. Faqatgina mijozlarga kerakli ma’lumotlarni, kerakli uslubda etkazishgina qolmoqda.
Mijozlarga xizmatlar va ishonchning oshishi. Mijoz bilan Facebook, Twitter orqali yoki yuzma-yuz muloqotxizmat sifatini sezilarli oshishiga olib keladi. Mehmonxona Turfirma yoki Restoran xodimlaridan personal yordamchi biriktirish g’oyasi yangilik emas lekin juda qimmat ( Super Vip ). Ijtimoiy tarmoqdan foydalanib personal yordamchi xizmatlarini ko’rsatish yengilroq va samaraliroq. Marriott tarmog’i shtatida ikkita odam ijtimoiy tarmoqda to’liq rejimda ishlaydi. Ulardan biri mijozlar talablarini o’rganib chiqadi (dushdan suv ketayaptimi, mini barda maxsulot tugadimi va boshqalar). Ikkinchisi bo’lsa jamoat fikrini o’rganish bilan shug’ullanadi. Marriott bosh derektori tomanidan tuzulgan shaxsiy blog rezanals yurish bo’ldi. Bu blog katta muoffaqiyatga erishib kompaniya brend reytingining ko’tarilishiga yordam berdi. Shvetsar (eshik ochadigan kishi) xizmatining yaxshilanishi. Kelayotgan mehmon yo’ldayoq Twitter orqali o’zining nomeri haqida savol berishi yoki mehmonxona bo’ylab sayohat uyushtirishni so’rashi mumkin.
Shuningdek boshqa mehmonlarning fikri va javoblari bilan tanishishi hamda restorandan stol buyurtma qilishi mumkin. Twitter Konsierj xizmatining boshlovchilari Haytt va Marriott (2009) lar bo’ladi. O’tgan yil ularga Angilyaning Premmier Inn i qo’shildi. Kompleks informatsion ta’minlash va bozorni bepul marketing izlanishlar imkoniyati. Turagentlar va Turoperatorlar ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy saytlar funksiyalarini o’rganib foydalanuvchini shaxsiylashtirish natijasida so’rovlar o’tkazish, reyting natijalarini analiz qilish va boshqa imkoniyatlarga ega bo’ldilar. Masalan: ijtimoiy tarmoqdagi ,,laykov’’ sistemasiga muofiq so’rovlar aniq bir brendga bo’lgan qiziqishni aniqlashga yordam beradi. Zamonaviy turizm industriyasi Jet Blue, Souhwest Airlines, Marriott Hotel, Margans Hotel Group, Lufthansa, TAP,Starwood va boshqalar o’zining marketing faoliyatida ijtimoiy tarmoqlardan muoffaqiyatli foydalanadi.
Yana bir axborot vositasi TripSay. Bunda sayohatning infrostrukturasi haqida, yo’l boshlovchilari chaqiriq va baholari haqida xabar beriladi. Foydalanuvchi shahar yoki aniq joyni tanlashida mehmonxona va restoranni xaritada ko’rsatish tavsiya etiladi. Natijada turli kategoriyaga ajratiladi: restoranlar, mehmonxonalar, barlar, plyajlar, transport, turistik obye’ktlar va boshqalarga. Facebook ,,do’stlari’’ bilan turistlar uchun TripWolf bo’lmoqchi. TripWolf turizmning istalgan yo’nalishida mutaxassis topishga yordam beradi. Bu ,,guru’’ sayohatni rejalashtirishda qo’shiladi, foydalanuvchi bo’lsa shaxsiy yo’l ko’rsatuvchi yaratishi mumkin. Erkin ijtimoiy tarmoq Dopplr 2007- yilda ishga tushurilgan. U foydalanuvchiga shaxsiy marshurutni yaratishga va marshurutning xoxlagan nuqtasida do’stlari bilan uchrashish imkoniyatini yaratadi. Sayt effekt yaratuvchisi Kristian Doppler sharafiga nomlangan. Taqqoslashga ko’ra Wikipedia bilan 2003-yilda ishga tushurilga Wikitravel information turistik resurslar yaratildi.
2007-yilda yaratilgan Best Travel sayti uchun Webby mukofotiga loyiq topilgan, foydalanuvchi tomonidan yozilgan bandlarga ega sayt, turli turistik destinatsiyalar axborotlarini taqdim etadi.
Turistik yo’nalishga ega bo’lgan jamiyatlarni alohida qayd qilish kerak. Ularning soni kun-sayin oshib bormoqda. Mijozga yo’naltirilgan kontentning boshlovchilari bo’lib 2000-yilda tashkil etilgan Tripadvisor.com bo’lib tanilgan. Bu sayt axborot yig’ishga yordam beradigan, fikr va mulohazalarni joylashtiradigan, sayohatlar bilan bog’liq interaktiv forumlarda qatnashish imkoniyatini beradigan, sayohatchilarga mo’ljallangan saytdir. Sayt xizmatlari TripAdvisor Media Group (Expedia lnc) ni integral qismi bo’lib foydalanuvchilar uchun bepuldir va uning kontentini katta qismini tashkil etadi.
TripAdvisor – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Irlandiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Hindiston, Yaponiya, Portugaliya, Brazilya, Shvetsiya, Niderlandiya, Kanada, Daniya, Turkiya, Meksika, Narvegiya, Polsha, Avstraliya, Singapur, Tailand, Rossiya, Gretsiya, Indaneziya hamda Xitoy daodao.com va kuxun.cn xalqaro miqyosidagi katta hamjamiyatdan biri (har oyida 40 mln foydalanuvchi).
Do'stlaringiz bilan baham: |