Shtrixli kodlashtirishni qo’llash texnologiyasi va klassifikasiyalari
Hozirgi kunda jahon shtrixli kodlashtirish tizimida asosan EAN-13 Xalqaro kodi va UCC/EAN-128 butanjahon kodi, transportli guruhlar uchun esa EAN-8, EAN-14 shtrixli kodlari qo’llaniladi. SHtrixli kodlashtirish tizimida qabul qilingan qoidalarga asosan undagi davlat kodi, mahsulot ishlab chiqarilgan davlat hududiga bog’liq bo’lmay, balki uni ishlab chiqaruvchini qaysi davlatda ro’yxatdan o’tganligiga bog’liq bo’ladi, ya’ni mahsulot bir davlatda ishlab chiqarilgan bo’lib, ishlab chiqaruvchi boshqa bir davlatda ro’yxatdan o’tgan bo’lishi mumkin.
№
|
davlat
|
kodi
|
№
|
davlat
|
kodi
|
№
|
davlat
|
kodi
|
1
|
AQSh-Kanada
|
00-09
|
7
|
YAponiya
|
45-49
|
13
|
Isroil
|
729
|
2
|
Fransiya
|
30-39
|
8
|
Buyuk Britaniya
|
50
|
14
|
SHvesariya
|
76
|
3
|
Bolgariya
|
380
|
9
|
Polsha
|
590
|
15
|
Argentina
|
779
|
4
|
Germaniya
|
400-440
|
10
|
Vengriya
|
599
|
16
|
Italiya
|
80-83
|
5
|
Rossiya
|
460-469
|
11
|
Xitoy
|
690-691
|
17
|
o’zbekiston
|
478
|
6
|
YUgoslaviya
|
860
|
12
|
Turkiya
|
869
|
18
|
Janubiy Koreya
|
880
|
Davlat kodlari EAN assosiasiyasi tomonidan beriladi. Tayyorlovchining kodlari esa assosiasiya tomonidan belgidlab berilgan bo’lib, davlat milliy tashkilotlari tomonidan beriladi. Mahsulot ma’lumotlari kodlarini tayyorlovchi tashkilot yoki sotuvchi o’z korxonasi doirasidan kelib chiqqan holda ro’yxat raqami sifatida belgilaydi. Bunday ma’lumotlar nomi, navi, rangi, massasi, razmeri va boshqa shu kabi ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Bu ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot kelib tushishidan 3 xafta avval savdo hamkoriga etkazib beriladi. Oxirgi o’rindagi nazorat raqami EAN algoritmi shtrixli kodni o’quvchi skaner moslamasi uchun mo’ljallangan va ma’lum tartibdagi arifmetik amallar bilan aniqlanadi.
Shtrixli kodlashtirish tizimida komponent belgilar atamasi qo’llanilib, komponent belgilar deyilganda oziq-ovqat mahsulotlariga xos bo’lgan qo’shimchalar haqida va boshqa qo’shimchalar omillar borligi haqida habar beruvchi belgilar tushuniladi ko’pgina import mahsulotlarda axborot belgisi sifatida «E» xarfi va 2 yoki 3 belgili raqamlar ishlatiladi. E – komponenta belgisi mahsulotlarga turli xil ximik qo’shimchalar qo’shilganligini va ularni o’qishni qiyin bo’lganligi sababli qo’yiladigan belgidire masalan, «E-464» − bir nechta ximik birikma nomidan iboratdir va «oksipropilmetil-sellyuloza» birikmasini bildiradi.
Texnologik funksiyalariga qarab «E» komponenta belgisi quyidagicha bo’lingan: E100-E182gacha rang beruvchi ximikatlar, E200 va undan yuqori iste’mol mahsulotlarini uzoq saqlanishini ta’minlovchi ximikatlar va shu kabi bunday komponentalar belgilari E-1000gacha boradi. Undan tashqari ba’zi iste’mol qilinmaydigan mahsulotlarga ham ularni tarkibi to’’risidagi axborotlarni bildiruvchi komponent belgilar mavjuddir. Masalan, M-11 – tashqi ishlar uchun (1) foydalaniladigan tabiiy olifeli (1) moyli bo’yoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |