1-Mavzu: Chiziqli algebra elementlari



Download 415,85 Kb.
bet7/11
Sana06.07.2022
Hajmi415,85 Kb.
#745041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu Chiziqli algebra elementlari

Asosiy teoremalar. Biz avvalo ixtiyoriy (nxn) o‘lchovli matritsaning determinantini samarali baholovchi asosiy teoremadan boshlaymiz.
1-teorema. Nol determinant.
A kvadrat matritsa bo‘lsin. Agar uning bitta satr yoki bitta ustun elementlari 0 dan iborat bo‘lsa u holda det(A)=0 bo‘ladi.
Isboti. Berilgan matritsa determinantini elementlari 0 dan iborat satr yoki ustun bo‘yicha hisoblaymiz

bu erda c1, c2, … , cn lar A matritsaning algebraik to‘ldiruvchilari. Demak, det(A)=0.
Yana bir foydali teoremani isbotlaymiz.
2-teorema.Transponirlangan matritsaning determinanti.
A kvadrat matritsa bo‘lsin. U holda det(A)= det (AT).
Chiziqli tenglamalar sistemasi va ularni yechish usullari. Kronekker-Kapelli teoremasi. Bir jinsli chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechishda dasturlar majmuasidan foydalanish. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasining tadbiqlari
REJA:

  1. Chiziqli tenglamalar sistemasini echishning Gauss usuli.

  2. Matritsaning rangi.

  3. Kroneker-Kapelli teoremasi.

  4. Chiziqli tenglamalar sistemasini echishning Jordan –Gauss usuli.

  5. Chiziqli tenglamalar sistemasini echishning matritsa usuli.

Tayanch so‘zlar: birgalikda bo‘lmagan tenglamalar sistemasi, birgalikda bo‘lgan tenglamalar sistemasi, matritsa rangi, xos matritsa, xosmas matritsa, ekvivalent matritsa
Chiziqli tenglamalar sistemasining Gauss usuli
Biz endi chiziqli tenglamalar sistemasini echishning Gauss usulini ko‘rib chiqamiz. Bu usulda noma’lumlarni ketma-ket yo‘qotish bilan echim topildi.
Bu usulni ko‘rishdan avval biz kengaytirilgan matritsa usulini ko‘rib chiqamiz. Bizga no‘zgaruvchili quyidagi tenglamalar sistemasi berilgan bo‘lsin:

Bu sistemaning kengaytirilgan matritsasi deb quyidagi matritsaga aytiladi:

Biz xozir berilgan sistemaning kengaytirilgan matritsasi qanday qurilishini ko‘rsatamiz. Quyidagi sistema berilgan bo‘lsin:

Uning kengaytirilgan matritsasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


Kengaytirilgan matritsani qurish uchun Noma’lumlar koeffitsientlaridan tuzilgan matritsaning o‘ng tomoniga ozod hadlardan tuzilgan yangi ustun qo‘shiladi. Usulning asosiy goyasi berilgan sistemani unga teng kuchli bo‘lgan, lekin echish oson bo‘lgan sistema bilan almashtirib, keyin hosil bo‘lgan sistemani echishdan iborat. YAngi sistema odatda quyidagi amallarni bajarish natijasida bo‘ladigan bir nechta qadamlardan keyin hosil bo‘ladi:

  1. Tenglamani 0 dan farqli o‘zgarmas songa ko‘paytiring.

  2. Ikkita tenglamaning o‘rnini almashtiring.

  3. Bir tenglamaga karrali tenglamani ikkinchisiga qo‘shing.

Kengaytirilgan matritsaning satrlari sistemadagi tenglamalarga mos kelgani uchun yuqoridagi uchta amal kengaytirilgan maritsa uchun quyidagicha bo‘ladi:

  1. Satrni 0 dan farkli o‘zgarmas songa ko‘paytiring.

  2. Ikkita satrning o‘rnini almashtiring.

  3. Bir satrga karrali satrni ikkichisiga qo‘shing.

Bu amallar satrlar ustidaga elementar almashtirishlar deyiladi. Quyidagi misolni echish orqali bu amallarni qanday qo‘llanilishini ko‘rsatamiz.
Misol. Quyidagi tenglama berilgan:

Uning kengaytirilgan matritsasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

1 – satr elementlarini -2 ga ko‘paytirib 2- satr mos elementlariga qo‘shsak:
 
hosil bo‘ladi.
1 – satr elementlarini -3 ga ko‘paytirib 3- satr mos elementlariga qo‘shsak:
 
bo‘ladi.
2- satr elementlarini ga ko‘paytiramiz:
 
2- satr elementlarini -3 ga ko‘paytirib 3- satr mos elementlariga qo‘shamiz:
 
3- satr elementlarini -2 ga ko‘paytiramiz:
 
2- satr elementlarini -1 ga ko‘paytirib 1- satr mos elementlariga qo‘shamiz:
 
3- satr elementlarini - ga ko‘paytirib 1- satr mos elementlariga qo‘shamiz va ga ko‘paytirib 2- satr mos elementlariga qo‘shamiz:
 
Demak, sistemaning echimi x=1, y=2, z=3.
Yechimning kengaytirilgan matritsasidan x=1, y=2, z=3 ekanligi ko‘rinib turadi. Matritsani bu shaklga keltirish uchun u quyidagi shartlarni bajarishi kerak:

  1. Agar 1- satr faqat 0 eementlardan tashkil topmagan bo‘lsa uning 1- elementini 1 ga tenglab olamiz. Buning uchun uning elementlarini a11 ga bo‘lib chiqamiz.

  2. Agar qandaydir satrlar faqat 0 lardan iborat bo‘lsa bu satrlar matritsaning pastki qismiga joylashtiriladi.

  3. Elementlari 0 lardan iborat bo‘lmagan ketma-ket kelgan ikkita satrdan quyidagisining 1 ga teng elmenti yuqorisidagining 1 ga teng elementidan 1 ustun chapda joylashgan bo‘ladi.

  4. 1 elementi mavjud ixtiyoriy ustunning boshqa elementlari 0 ga teng bo‘ladi.

Endi kengaytirilgan matritsa ko‘rinishidagi quyidagi sistemalarni quraylik.
2 - misol.

O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki bu sistemaning echimi x=5, y=-2, z=4 bo‘ladi.
3 – misol.

Kengaytirilgan matritsani quyidagi tenglamalar sistemasi ko‘rinishida yozamiz:

Kengaytirilgan matritsaning 1 elementiga x1, x2, x3 mos kelgani uchun ularni bazis elementlar deb ataymiz. x4 esa erkli noma’lum deb ataladi.
U holda sistemaning echimi erkli o‘zgaruvchiga nisbatan quyidagicha topiladi:

Bundan ko‘rinib turibdiki erkli o‘zgaruvchi x4 ning o‘rniga ixtiyoriy  qo‘ysak bo‘ladi. U xolda sistema quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Demak sistema cheksiz ko‘p echimga ega.

Download 415,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish