METODIK QO’LLANMA
(Katta va tayyorlov guruhlar uchun)
Mashg’ulotning maqsadi: Buyumlar orasidan yurish va yugurishni takrorlash, oyoq uchida
yurishga o’rgatish. Gavdani tik tutib harakatlanishga o’rgatish.
Mashg’ulot jihozi: Turli bayroqchalar, har xil shakldagi kubiklar.
Mashg’ulotning borishi:
Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
1-D:h Oyoqlar yelka kengligida, to’p ong qo’lda
1-qo’llarni yon tomomga uzatish.
2-qo’llarni yuqoriga ko’tarish, to’pni chap qo’lga olish.
3-qo’llarni yon tomonga tushirish:
4- dastlabki holatga qaytish. (6-8 marta)
2-D:h Oyoqlar yelka kengligida, to’p o’ng qolda.1-2 o’ngga burilish, to’pni polga urib, ikki qo’llab ilib olish: 3-4 dastlabki holatga qaytish. (6-8 marta)
3-D:h Oyoqlar yelka kengligida, to’p o’ng qo’lda 1-2 oldinga engashib, to’pni chap oyoq tagidan o’tkazib, chap qo’lga olish, 3-4 rostlanish, chap qo’ldan o’ng qo’lga olish.
4-D.h Oyoqlar yelka kengligida, to’p o’ng qolda. 1-2 cho’kkayib topni polga urib, ilib olish. 3-4 dastlabki holatga qaytish.
Do'stlaringiz bilan baham: |