Dunyoning turli mintaqalarida standartla
qonunchilik asoslari (sanoati rivojlangan c
|
shtirish, sertifikatlash va metrologiyaning
avlatlar misolida)
|
|
|
Mintaqa
(davlat)
|
Standartlashtirish qonuni
|
Sertifikatlashtirish qonuni
|
Metrologiya
qonuni
|
Amerika
(AQSH
misolida)
|
Kataloglashtirish va
standartlashtirish haqida
(1954 y.)
|
Iste’mol mahsulotlarining
xavfsizligi haqida (1972
y.)
|
Metrologik
tizim
to’g’risida
(1986 y.)
|
Osiyo
(Yaponiya
misolida)
|
Sanoatning
standartlashtirilishi haqida
(1949 y. 1980 y. da
o’zgartirish kiritilgan)
|
Iste’mol mahsulotlarining
xavfsizligi haqida (1973
y.)
|
O’lchovlar
haqida (1985
y.)
|
Evropa
(Germaniya
misolida)
|
DIN va federal hukumat
o’rtasidagi kelishuv (1979
y.)
|
-texnik vositalarning
xavfsizligini ta’minlash
haqida (1968 y.)
-atrof muhitni muhofazalash
haqida (1974 y.)
|
-o’lchash ishi
haqida (1985
y.)
-o’lchov
birliklari va
tekshirish
|
Sifatning past darajasi oqibatida sarflanadigan katta harajatlar AQSH sanoati uchun
jiddiy muammoga aylangan. Namunaviy Amerika korxonasining barcha joriy
harajatlarining 20 - 25%i mahsulotlarning nuqsonlarini aniqlash va bartaraf qilishga
sarflangan. Boshqacha aytganda, korxona ishchilarining chorak qismi hech narsa ishlab
chiqarishmagan - ular birinchi safar noto’g’ri bajarilgan ishlarni tuzatishgan. Agar bunga
korxonadan chetga chiqqan va bozorga kelib tushgan nuqsonli buyumlarni ta’mirlash yoki
almashtirib berish harajatlarini qo’shadigan bo’lsak, u holda past darajadagi sifat oqibatida
sarflanadigan umumiy harajatlar ishlab chiqarish harajatlarining 30 va undan ko’p foizini
tashkil qiladi.
AQSH ning ko’plab mutaxassislari past sifatni Amerika mahsuloti uchun mehnat
unumdorligi va uning raqobatbardoshligi o’sishining asosiy to’sig’i deb baholashgan.
Sifat darajasini oshirish yoki mag’lub bo’lish - Amerika sanoati uchun boshqa
muqobil yo’l bo’lmagan.
Sifat muammosini hal qilishda ko’p hollarda Amerika mahsulotini raqobatchilardan
himoya qiluvchi turli protektsionistik choralar: tariflar, kvotalar, to’lovlarini izlangan.
Amerika tadbirkorlarining talabi bilan AQSH ma’muriyati Amerikaning avtomobilb,
po’lat, maishiy elektronika, mototsikllar va h.k. ni ishlab chiqaruvchilarini himoyalash
yuzasidan protektsionistik choralar ko’rgan. Mahsulotning sifati asosiy masadga aylangan
Amerikaning yetakchi kompaniyalarida ham sifatga iste’molchilarning ehtiyojlarini
qondirish yo’li emas, balki ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish vositasi sifatida
qaralgan.
SHu bilan birga, AQSH firmalarining dadil fikrlovchi boshqaruvchilari Amerika
mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligini anglab yetdilar. Buning uchun quyidagilarni
rivojlantirishga qaror qilingan:
1) ishchilarni motivatsiyalash;
2) sifat to’garaklari;
3) statistik nazorat qilish usullari;
4) xizmatchilar va boshqaruvchilarning tafakkurini yuksaltirish;
5) sifat harajatlarini hisobga olish;
6) sifatni oshirish dasturlari;
7) moddiy rag’batlantirish;
AQSH da 80 - yillarning boshida sifatni boshqarish sifatni rejalashtirish bilan
birgalikda olib borildi. Bu sifat xizmatining muhim yutug’i bo’ldi.
O’sha davrda AQSH da E. Demingning ikkita kitobi: “Sifat, unumdorlik va
raqobatbardoshlik” va “Inqirozdan chiqish” nashrdan chiqqan. Bu monografiyalarda “14
qoida” nomi bilan tanilgan Demingning falsafasi o’rin olgan bo’lib, ular umumiy sifat
(Total Quality) ning asosini tashkil qilgan.
AQSHda sifat muammosi teran anglay boshlangan. Amerika sanoatida resurslar,
salohiyat, qadr - qimmat va yuqori ish haqi to’lanadigan yuqori pog’ona rahbariyati
mavjud. Mashhur Amerika mutaxassisi A. Feygenbaumning ta’rifiga ko’ra, “sifat -
yevangelizm emas, oqilonalashtirish taklifimas va shior ham emas, u hayot tarzidir”.
Buyurtmachilar (iste’molchilar) ning talablarini qondirish sifat sohasidagi
inqilobning negizi hisoblanadi. Konveyerdagi har bir ishchi o’zidan oldingi ishchi
-oziq-ovqat mahsulotlari va
ommaviy foydalanish
tovarlari haqida (1974 y.)
|
haqida (1985
y.)
|
mahsulotlarining iste’molchisi hisoblanadi. SHuning uchun, har bir ishchining vazifasi
navbatdagi ishchini qoniqtirishdan iborat.
Miliy mahsulotning sifatini oshirish masalalariga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyat tomonidan e’tibor davlatning iqtisodiy rivojlanishidagi yangi yo’nalishga
aylandi.
AQSH ning Kongressi mahsulotning sifatini oshirish sohasida erishgan alohida
yutuqlari uchun Malbkolbm Boldridj nomli milliy mukofotni ta’sis etgan bo’lib, bu
mukofot har yili uchta eng yaxshi firmaga topshiriladi. Umumjahon sifat kuni deb
belgilangan noyabrning ikkinchi choragida AQSH Prezidenti mukofotni taqdim qiladi.
Sifat sohasida Amerika tajribasini tahlil qilgan holda uning quyidagi o’ziga xos
xususiyatlarini qayd qilamiz:
• matematik statistika usullari orqali mahsulot ishlab chiqarish sifatini qattiq
nazorat qilish;
• miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ishlab chiqarishni rejalashtirish
jarayoniga e’tibor berish, rejalar bajarilishining ma’muriy nazorati;
• firmani boshqarishni takomillashtirish.
Mahsulotning sifatini muntazam oshirishga qaratilgan choralar AQSH ning
Yaponiyadan katta farqlar bilan ortda qolishini bartaraf etdi. Bu o’z navbatida yagona,
global bozorga aylanayotgan jahon bozorida raqobat kurashini kuchaytirib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |