1 mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik



Download 42,05 Kb.
bet1/8
Sana29.05.2022
Hajmi42,05 Kb.
#615158
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu.


1 - MAVZU. BOZOR SHAROITLARIDA SIFAT VA RAQOBATBARDOSHLIK
1.1. “Sifat - XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni
1.2. Sifatni boshqarishga ma’muriy va iqtisodiy yondashuvlar
1.3. Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi
1.4. 100% lik yangi sifat siyosati
1.1. Sifat - XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni.
Sifat narxdan muhimroq
Raqobatbardoshlikni ta’minlashda XX asming 80 - yillarida sifatga talablar hal
qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Jahon bozorida mahsulotlarni xarid qilayotgan
iste’molchilaming 80% dan ortig’i sifatni narxdan ustun qo’ymoqda. Ma’lumotlar sifat
harajatlarining umumiy ishlab chiqarish harajatlarining 15 - 25% dan kam bo’lmagan
qismini tashkil qilganini ko’rsatadi.
Mazkur sertifikat mahsulot sifatining Xalqaro standartlashtirish tashkiloti - ISO
standartlaridagi talablarga javob berishini tasdiqlaydi. Boshqa sertifikatlashtirilmagan
mahsulotlarning ikki barobar arzonga sotilishi shart qilib qo’yilgan.
Sifatga bog’liq tashkiliy - iqtisodiy va texnik muammolar allaqachon tadqiqot
predmetiga, ularni hal qilish yo’llari fan tarmog’iga aylangan.
Global iqtisodiyotda ikkinchi jahon urushidan so’ng AQSH ning yetakchiligi
mustahkamlandi. Butun dunyoda Amerika tajribasi o’rganildi va amaliyotda qo’llanildi.
1953 yilda ingliz mutaxassislari AQSH da ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan keng
qamrovli islohotlarni o’tkazishgan. Biroq sifatni boshqarish sohasida ular oqilona statistik
nazoratdan foydalanilayotganini qayd etdilar, xolos. Amerika korxonalari tanlanma kirish
nazoratidan foydalanishgan va unga ko’ra mahsulotlarning 98%i yaroqli deb topilgan.
Yaroqsiz mahsulotlar iste’molchi talablariga ko’ra bepul almashtirib berilgan.
Ilmiy - texnik taraqqiyot va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi, “yapon
mo’’jizasi” ning yuzaga kelishi natijasida ushbu mamlakatlardagi ilg’or korxonalar nuqsoni
bor mahsulotlarni ro’yxatga olish va almashtirish bilan kifoyalanib qolmadilar. Sifatni
boshqarishning murakkab tizimlari shakllantirila boshlandi. Bu tizimlar tarqala boshlaganda
bozor sifatning narxdan muhimligini angladi. Natijada Amerika biznesi 70 - va 80 - yillarda
yuqori sifatli mahsulotlarni past narxlarda bozorga taklif qilgan Yaponiya va Yevropa
firmalari tomonidan kuchli raqobatga duch keldilar.
1987 yilda sifat bo’yicha mashhur Amerika mutaxassislaridan D. X. Xarrington bu
davr haqida yozadi: “80 - yillarning yirik urushi harbiy harakatlardan emas, balki sanoat
urushidan iborat va butun dunyodagi iste’molchilar bu urushning o’ljasi hisoblanadi.
Amerika sanoatiga nafaqat Yaponiya, balki Osiyo va Yevropa tomonidan ham hujum
uyushtirilmoqda. Qo’shma SHtatlarda ko’plab mahsulot turlarining takomillashuv darajasi
aniqlanmaydi.
Prezident R. Reygan “Xbyulett - Pakkard” kompaniyasining prezidenti J. A. Yangga
ham ichki, ham tashqi bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligini oshirish yo’llarini
izlash bilan shug’illanuvchi guruhni boshqarishni taklif qildi. Bunga Yang javoban
quyidagicha ta’kidladi: “So’nggi yigirma yilda xalqaro bozorda Amerika sanoatining
raqobatbardoshligi pasayib ketgan. Tashqi savdo taqchilligining rekord darajasiga yetishi,
yuqori texnologik sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosida jahon
bozori ulushining qisqarishi, bizning ishlab chiqarish sektorimiz daromadlarining pasayishi,
mehnat unumdorligining sust o’sishi va real ish haqi o’sishining mavjud emasligi
tushkunlikdan dalolat beradi1”.
Rossiyada sifat sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar keng ko’lamda muvaffaqiyatli
olib borilgan. Ular alohida yo’nalishlarda hatto jahon darajasidan bir necha o’n yilga
ilgarilab ketdi. Lekin amaliyotda sifatni boshqarishning samarali tizimlari faqat harbiy -
sanoat komplekslarida (HSK) yaratilgan va tatbiq etilgan.
HSK o’z vaqtida sanoatning asosiy tarmoqlarini o’z ichiga olgan. HSK tarmoqlari,
korxonalarida fuqarolik maqsadlaridagi mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan, lekin bu ishlar
qoloq texnik negizda amalga oshirilgan. Ko’p hollarda iste’mol bozori uchun mahsulotlar
harbiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo’li bilan tayyorlangan.
HSK da sifatni boshqarish sohasidagi yutuqlar yangi mahsulotni yaratish bo’yicha
tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichida qo’llaniladigan sifatni texnologik ta’minlash usullari,
nazorat kartalari orqali sifatni statistik tartibga solish (shu jumladan, avtomatlashtirilgan,
maxsus davlat va tarmoq standartlari) ni o’z ichiga oladi. Bunday yutuqlarga mahsulot
sifatini boshqarishning birlashgan tizimlari - MSBBT, korxonalar va alohida bo’linmalar
faoliyatini boshqarishning kompleks tizimlari (KABFBKT), ta’minotchilar bilan
ishlashning shakllari va usullarini kiritish mumkin. Ushbu ishlanmalarning katta qismi
amaliyotda dastlab Yaponiya yoki AQSH da emas, balki Rossiya va MDH davlatlarining
HSK tarmoqlarida qo’llanilgan.
SHubhasizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarishning tashkiliy - iqtisodiy
masalalari ko’p hollarda yangicha yondashuvlar asosida hal qilinadi. Biroq orttirilgan
tajriba va milliy fan salohiyatidan bu sohada foydalanish nihoyatda foydali.

Download 42,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish