1.3. Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi
Texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari. Zamonaviy texnologiyalar
taraqqiyotining birinchi bosqichi yangiliklar texnologik kompleksining yuzaga kelishi va
yoyilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu kompleksning yangi g’oyalari insonning tabiat, mehnat
predmetlariga bevosita ta’sir etish funktsiyalarini texnikaga o’tkazishni ta’minladi. Qayta
ishlash va o’lchov asboblari, moslamalari, mexanizmlari kashf qilindi va mashina qurollari
sifatida ishlatildi.
Ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy kategoriya sifatida “sifat” tushunchasining
rivojlanishi elektronika sanoati misolida ko’zga yaqqol tashlanadi. Elektronika sanoati
taraqqiyotining muayyan bosqichida texnologiya chiqindisiz ishlab chiqarishni ta’minlashda
yaroqsiz hisoblandi. O’zining xususiyatiga ko’ra elektronika sifat haqidagi tasavvurni
sezilarli darajada o’zgartirib yubordi.
Yuzaga kelgan nuqsonni hamma vaqt ham aniqlab bo’lmasligi tufayli nuqsonli
mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida qolaveradi va keyingi qayta ishlashga uzatiladi.
SHuningdek, ayniqsa 5 - 30% lik yaroqsiz mahsulotlarning chiqishida sifatli mahsulotning
qiymati keskin ortadi.
1.4.100% lik yangi sifat siyosati
Mashhur Amerika kompaniyasi IBM Yaponiya tajribasidan foydalangan holda 80 -
yillardan boshlab 100% darajadagi sifat siyosatini olib borishga o’tdi. Ushbu siyosat
natijasida mazkur kompaniya 90 - yillarda superkompbyuterlarni ishlab chiqarish va sotish
yuzasidan AQSH mudofaa vazirligi bilan shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo’ldi.
Bu siyosatning asosida sifatni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan harajatlaming o’zaro
munosabati yotadi: loyihalashdan ishlab chiqarishga, jihozlarni o’rnatish va so’ngra ularni
ekspluatatsiya qilishga qarab harakatlanishning har bir bosqichida zarur harajatlar ortib
boradi. Ya’ni agar loyihalash bosqichida xatoni bartaraf qilish 1000 so’mni tashkil qilsa, u
holda mashinani ishlab chiqarish bosqichida u 10 ming so’mga yetadi, buyurtmachiga montaj
qilish va o’rnatish bosqichida - 100 ming so’m, foydalanish bosqichida u 1 mln. so’mni
tashkil qiladi (agar bartaraf etishning iloji bo’lsa).
Milliy mashinasozlik sanoatida sifatni ta’minlash bo’yicha harajatlarni tadqiq qilish
xuddi shunday natijalarni ko’rsatmoqda. Ular 2 jadvalda keltirilgan ma’lumotlarda o’z aksini
topgan.
Sifatni ilgarigi tushunishga qaytish yuz beradi. Bunday tushunishda mahsulotlar yoki
xizmatlarning 100%i o’rnatilgan talablarga to’liq mos keladi, lekin sifatning bunday
darajasini ta’minlash murakkab xususiyatga ega.
Sifatga taktik yondashuv ishlab chiqarish va tayyorlanayotgan mahsulot turlari, talab
va taklifning munosabati, mazkur mahsulotning asosiy ishlab chiqaruvchilarining raqobat
kurashiga ko’p jihatdan bog’liq. SHunga ko’ra, rejalashtirilgan sifat darajasiga erishish
yo’llari va vositalari izlanadi. Boshqa tomondan, bir qator yo’nalishlarda sifatga erishish
strategiyasi umumiylik kasb etib boradi.
2- jadval
Mahsulot hayotining bosqichlari bo’yicha umumiy harajatlaming sifat darajasini
ta’minlashga ta’siri
Masalan, ATT, “Eyvon”, “Korping Glase”, “Deneral Motorz”, “Xbyulett - Pakkard”,
“IBM”, “Polaroid” kabi Amerikaning turli kompaniyalari sifatni boshqarish sohasida o’zlari
uchun yagona bo’lgan o’n asosiy yo’nalishlarni ishlab chiqqanlar:
1. Yuqori pog’onadagi rahbariyatning qiziqishiga erishish.
2. Sifatni yaxshilash bo’yicha boshqaruv kengashini tashkil qilish.
3. Butun boshqaruv jamoasini jalb qilish.
4. Sifatni oshirishda jamoa ishtirokini ta’minlash.
5. Sifatni oshirishda shaxsiy ishtirokni ta’minlash.
6. Tizimlarni takomillashtirish, jarayonlarni tartibga solish guruhini tashkil qilish.
7. Ta’minotchilarni sifat uchun kurashga yanada ko’proq jalb qilish.
8. Boshqaruv tizimlari faoliyatining sifatini oshirish tadbirlari.
9. Ishni yaxshilashning qisqa muddatli rejalari va uzoq muddatli strategiyasi.
10. Xizmatlarni tan olish tizimini yaratish.
Bu yo’nalishlar sifatni boshqarishning tashkiliy - iqtisodiy asoslarining mazmunini
ifodalaydi.