3.4-rasm. Qo‗shimcha lizing sxemasi
Xalqaro miqyosda «dabl-dipping» nomini olgan (double dipping), sublizing kelishuvlarini qo‗llash asosida ikki yoki undan ortiq davlatlarning soliq tizimidagi mavjud imtiyozlar kombinatsiyasiga erishiladi. Masalan, 80-yillar boshlarida shu sxema asosida AQSh uchun Buyuk Britaniyadan samolyotlar olingan edi. Bu shartnomaning samarali bo‗lishi Buyuk Britaniyada lizing beruvchi mulk huquqiga ega bo‗lsa va AQShda esa lizing beruvchi egalik qilish huquqiga ega bo‗lsa, soliq imtiyozlaridan foyda ko‗proq bo‗lishi bilan bog‗liqdir. Ushbu o‗ziga xos tomonlar hisobga olingan holda lizing kelishuvi quyidagicha tashkil etildi.
Buyuk Britaniyadagi lizing kompaniyasi samolyotlarni sotib oladi (mulkdorlik huquqi) va ularni lizing asosida Amerika lizing kompaniyasiga taqdim etadi (egalik qilish huquqi). U esa o‗z navbatida samolyotlarni mahalliy aviakompaniyalarga lizing sharti bilan taklif etadi. Bunday turdagi bitimlar turli davlatlar o‗rtasida tuzilishi mumkin. Huddi shunday sxema asosida 80- yillarda «Pan America» o‗zining aerobuslarini Frantsiya va AQSh o‗rtasidagi «dabl dip» bo‗yicha moliyalashtirgan.
Ko‗pincha lizing kompaniyalari soliqdan yutish maqsadida o‗z filiallarini imtiyozli soliqqa tortish joylari (offshor hududlar)da ochadilar.
Operativ lizing (operating lease)- uskuna (mulkiy huquqlar) ni me‘yoriy xizmat davridan kam muddatga berilishidir. Shu munosabat bilan bir shartnoma bo‗yicha lizing to‗lovlari mulkning to‗la qiymatini qoplay olmaydi. Lizing beruvchi mulkni bir necha marotaba ijaraga berishga majbur bo‗ladi va mulkka talab bo‗lmagan taqdirda, uning lizing obyekti qoldiq qiymatini qoplash bo‗yicha qaltisligi ortib boradi. Shuning uchun operativ lizing stavkasi moliyaviy lizingdagiga nisbatan yuqori bo‗ladi.
Operativ lizingning o‗ziga xos quyidagi belgilari mavjud:
shartnoma muddati mulkni xizmat qilish muddatidan kamroq bo‗lib, oqibatda lizing beruvchi mulk qiymatini bitta shartnoma tushumlaridan qoplay olmaydi;
mol-mulk ko‗p marotaba lizingga beriladi;
lizingga ariza bo‗yicha olingan mol-mulk emas, balki lizing kompaniyasida mavjud bo‗lgan mulk beriladi. Boshqacha qilib aytganda, lizing kompaniyasi mulkni sotib olar ekan, undan kim foydalanishini aniq bilmaydi. Shu sababli operativ lizingga ixtisoslashgan lizing kompaniyalari lizing mulki - yangi mulk, hamda foydalanishdagi mulk bozorlarining kon‘nyukturasini yaxshi bilishlari kerak;
lizing bitimi ikki tomonlama xarakterga ega bo‗ladi (lizing beruvchi - lizing oluvchi);
texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash va sug‗urta qildirish kabi majburiyatlar lizing kompaniyasi zimmasida yotadi;
agar mulk kutilmagan holatlar tufayli foydalanishga yaroqsiz bo‗lib qolsa, lizing oluvchi shartnomani bekor qilishi mumkin;
mulkning tasodifan nobud bo‗lishi, yo‗qolishi, buzilishi kabi qaltisliklar lizing beruvchining zimmasida bo‗ladi;
operativ lizingda moliyaviy lizingga qaraganda lizing to‗lovlari yuqoriroq bo‗ladi, chunki lizing beruvchi, masalan, qayta lizingga berish uchun mijoz topilmasligi yoki mulkning buzilishi, nobud bo‗lishi bilan bog‗liq qo‗shimcha qaltisliklarni hisobga olishi lozim;
shartnoma muddati tugagandan keyin mol-mulk, odatda, lizing beruvchiga qaytariladi. Lizing oluvchi o‗z xohishiga ko‗ra yangi shartlar asosida shartnoma muddatini uzaytirishi va xatto mulkni sotib olishi mumkin.
Operativ lizing transport, qurilish, qishloq xo‗jaligi sohalari va boshqa sanoat tarmoqlarida keng qo‗llaniladi.
Operativ lizing bo‗yicha shartnoma munosabatlari O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining maxsus moliyaviy lizingga tegishli 587-599-bandlarining 6-paragrafidan tashqari,
«Mol-mulk ijarasi» 34-bob, 535-599 bandlari bilan, hamda 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan
«Ijara» haqidagi qonun (26.05.2000y. da o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritilgan) bilan tartibga solib turiladi.
Shunday qilib, operativ lizing barchaga ma‘lum bo‗lgan ijaradir.
Do'stlaringiz bilan baham: |