Lizing va kreditni solishtirish uchun quyidagi tamoyillardan foydalaniladi:
Birinchidan, moliyalashning qarzga nisbatan qiymati baholanadi. Ikkita moliyalash usulidan bittasining tanlanishi, birinchisining ikkinchisiga nisbatan iqtisodiy samaradorligini anglatadi.
Ikkinchidan, bu to‗lovlarning moliyaviy ekvivalentlik tamoyili. Bir davrning o‗zida bir xil miqdorda amalga oshirilgan to‗lovlar ekvivalent to‗lovlar deb hisoblanadi.
Lizing va kreditni moliyalashtirishning o‗zaro muvofiqligini belgilab beruvchi ikkita asosiy mezonni ajratish mumkin:
Korxona kapitalining tuzilmasi (o‗z mablag‗lari bilan jalb qilingan mablag‗larning nisbati), kreditorga oluvchining kreditni qaytara olish qobiliyatini aniqlashi asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi. Moliyalashtirishning kredit va ijara usullari korxona kapitalini o‗zgartirib yuborishi mumkin. Loyihaning moliyalashtirilishi uchun muqobil variantlardan birini tanlash, korxonaning kelajakda qarzga mablag‗ jalb qilish uchun bo‗lgan qiziqishini aniqlash asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun moliyalashtirishning 2 usulini solishtirish ijara va kreditning korxona kapital tuzilmasiga qanday ta‘sir qilishi mumkinligini o‗rganish asosida bajariladi;
Loyihaning moliyalashtirilishi bilan bog‗liq qaltisliklar. Iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra uzoq muddatli ijara ta‘minlangan ssudaga o‗xshashdir. Ammo yuridik nuqtai nazardan egalik qilish huquqi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Moliyalashtirishning kredit usulida bunday huquq qarz oluvchida, lizing usulida esa ijaraga beruvchida bo‗ladi. Shu sababli bu holda solishtirish bazasi loyihani moliyalashtirishning lizing va kredit usullari bilan bog‗liq qaltisliklarning katta-kichikligi asosida belgilanadi.
Investitsion loyihalarni moliyalash usullaridan birini tanlashda e‘tiborga olinadigan asosiy mezon foydadir. Lizing va kredit bo‗yicha muddatli qarzlarning ma‘lum bir paytda bir- biriga teng bo‗lgan holda, lizing va kreditni moliyalashtirishga sarflangan pul miqdorlari solishtiriladi, ya‘ni ijarani unga ekvivalent bo‗lgan qarz bilan solishtiriladi. Kredit bo‗yicha mavjud qarzlar, lizing qarzlari bilan mos kelgan holda kredit lizingga ekvivalent hisoblanadi. ekvivalent qarzning miqdorini hisoblab, lizing asosida moliyalashtirishning miqdori bilan solishtirish mumkin.
Agar hisob-kitoblar lizing oluvchi uchun ham lizing beruvchi uchun ham noqulay bo‗ladigan bo‗lsa, bu holda moliyalashning boshqa muqobil varianti tanlanishi zarur.
Lizing va ijara munosabatlari o‗rtasida ko‗pgina umumiy xususiyatlar bilan birga ma‘lum farqlar bo‗lib, ular quyidagilardan iborat:
Lizing munosabatlari lizing beruvchi va lizing oluvchidan tashqari ijarada ishtirok etmaydigan lizing obektining sotuvchisini ham qamrab oladi.
Lizingda lizing oluvchi uchun faol rol ajratiladi, bunday hol ijaraga xos emas. Lizing oluvchiga mol-mulkni va uni ishlab chiqaruvchisi (sotuvchisi)ni tanlash kabi imtiyozli huquqlar beriladi. Bundan tashqari, lizing beruvchi, mulkni maxsus lizingga berilayotganligini sotuvchiga ma‘lum qilishi kerak. Ijarada esa mol-mulk sotuvchisi alohida, mustaqil rolga ega emas yoki u ijara munosabatlarida umuman ishtirok etmaydi.
Ijara munosabatlaridan farqli o‗laroq, lizingda lizing oluvchi xaridorga xos bo‗lgan huquq va majburiyatlarga ega. Bular quyidagilarda namoyon bo‗ladi. Mol-mulk sotuvchi tomonidan uning haqiqiy egasini chetlab o‗tib, bevosita lizing oluvchining joylashgan joyiga yoki shartnomada ko‗rsatilgan joyga yetkazib beriladi va foydalanuvchi tomonidan uning ekspluatatsiyasi boshlanadi. Lizing beruvchiga esa mulkning qiymatini to‗lash yoki oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish vazifasi yuklatiladi.
Mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar bilan bog‗liq xatarlar ijara va lizingda turlicha talqin qilinadi. Ijara shartnomasida ijara beruvchi mulkdan foydalanishga to‗sqinlik qiladigan barcha kamchiliklar uchun ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi oldida javobgardir.
Shartnoma bo‗yicha lizing beruvchi foydalanuvchi oldida mulkdagi kamchiliklar yuzasidan javob bermaydi, hamda lizing obektidan foydalanish jarayonida fuqarolar sog‗ligiga, shu jumladan, mulkdan foydalanuvchining boshqa mulkiga va uchinchi shaxslarning mulkiga zarar yetkazilishi masalasida javobgarlikni o‗z zimmasiga olmaydi. Bunday javobgarlik lizing beruvchi tomonidan sotuvchi yoki lizing obyekti aniqlanganda, uning ixtisosligini, hamda shu mulkning sotuvchisini tanlash paytida ishtirok etgan chog‗da, lizing oluvchiga zarar yetkazilgan taqdirdagina belgilanadi.
Lizing beruvchi ma‘suliyatining bunday cheklanishi shundan iboratki, lizing oluvchi sotuvchini o‗zi tanlab, javobgarlikni lizing beruvchidan talab qila olmaydi.
Shuningdek, shartnoma muddati tugagunga qadar lizing beruvchi lizing obektida mavjud bo‗lishi mumkin bo‗lgan nuqsonlar uchun javob berish majburiyatidan ham ozod bo‗ladi. Ushbu majburiyat sotuvchi zimmasida bo‗ladi, shu sababli lizing oluvchi yuzaga kelgan nuqsonlar bo‗yicha bevosita sotuvchiga murojaat qiladi.
Lizing bitimi bo‗yicha, lizing obektiga mulk huquqi lizing beruvchida bo‗lsa-da, shartnoma davomida lizing oluvchi unga egalik qilish bilan bog‗liq bir qator majburiyatlarni o‗ziga oladi (texnik xizmat ko‗rsatish, tasodifan nobud bo‗lishi). Mulkning tasodifan nobud bo‗lishi yoki buzilishi qaltisliklari lizing oluvchiga o‗tganligi sababli, u lizing beruvchi oldida pulni qaytarish bilan bog‗liq majburiyatlarini bajarishi zarur bo‗ladi. SHu sababli lizing obekti tomonlarning aybisiz nobud bo‗lgan taqdirda, lizing oluvchi, ijara munosabatlaridan farqli o‗laroq, shartnomada ko‗rsatilganidek lizing munosabatlarini belgilovchi, lizing muddati tugagunga qadar lizing to‗lovlarini to‗lab borishi yoki shartnomada belgilangan umumiy qiymatini qoplashi zarurdir.
Lizingda qaltisliklarning bunday taqsimlanishi, ijaradan farqli ravishda asoslangandir, chunki lizing beruvchi lizing oluvchining talabiga binoan lizing obektini sotib oladi.
Ijarada hamma qaltisliklar ijaraga beruvchi zimmasida bo‗ladi va mol-mulk ijaraga beruvchining aybisiz nobud bo‗ladigan bo‗lsa, u shartnomaning bekor qilinishini talab etishi mumkin. Natijada majburiyatlar tugashi bilan ijara to‗lovlarini to‗lash majburiyatlari ham to‗xtatiladi.
Lizing oluvchining istagi bo‗yicha yoki lizing shartlari lizing oluvchi tomonidan buzilgan holda yoki shartnoma lizing beruvchining talabi asosida muddatidan avval bekor qilingan taqdirda, lizing oluvchi shartnomada ko‗rsatilgan lizing to‗lovlarini to‗liq to‗laydi, ba‘zi hollarda esa, qo‗shimcha qilingan sarf xarajatlarni ham qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |