Mavzu: Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turlari. «Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fanining predmeti va usullari.
Reja:
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o‗ziga xos xususiyatlari.
Infratuzilmaning mohiyati va turlari.
«Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fanining predmeti va tadqiqiot usullari.
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o„ziga xos xususiyatlari.
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o‗z faoliyati natijasini o‗ylab, oqilona хo‗jalik yuritishga undovchi dеmokratik iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyoti ko‗p asrlardan buyon mavjud bo‗lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‗tarildi.
Bozor iqtisodiyotining ayrim o‗ziga хos bеlgilari bor:
xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo‗ladi;
ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Markеting muhim rol o‗ynaydi;
erkin raqobat asosiy o‗ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo‗llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini chеklashga qaratiladi. Bundan shunday хulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o‗zini-o‗zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta‘sir ko‗rsatadi.
Bozor deganda kishilar ko‗z oldida ko‗pchilik yig‗ilib savdo-sotiq yuz beradigan joy gavdalanadi, lekin ko‗pchilik do‗kon, birja yoki auksionni bozor tarzida qabul qilmaydi. Aslida "bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o‗zaro bog‗liq bo‗lsada, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a‘zosidir.
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o‗zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir.
Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga bog‗lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi qilish, ya‘ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Bozor bo‗lishi uchun oldi-sotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo‗lishi talab qilinadn. Sotuvchi o‗z tovarini yaxshi qo‗llasa, xaridor esa kerakli tovarni ma‘qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo‗lishga intiladi. Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim bo‗lishidan qat‘i nazar (fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi bo‗lsa, boshqa bozorda xaridor vazifasini o‗taydi.
Xaridorda tovarni ma‘lum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma‘lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilardir.
Uy xo‗jaliklari, birinchidan, oddiy iste‘molchilardan (masalan, oila yoki yakka shaxsdan), ikkinchidan, resurs egalaridan iborat. Ular xaridor sifatida bozordan tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, yer va pul mablag‗ini bozorga chiqarib sotadilar. Ish kuchi mehnat bozorida, yer ko‗chmas mulk bozorida, pul esa moliya bozorida sotiladi, bular birgalikda resurslar bozori deyiladi. Uy xo‗jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar bozoriga chiqarib, u yerdan iste‘mol buyumlari oladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo‗jaliklari yoki yakka tartibda ishlab chiqaruvchilardan iborat. Ishlab chiqaruvchilar ham ikki bozorda ish ko‗radilar. Ular resurs bozoridan ish kuchi, xomashyo, yer, kredit va boshqa shu kabilarni sotib oladilar. Ayni paytda ular bozorga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar.
Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir sotish kerak. Demak, xaridor, albatta, sotuvchi vazifasini ham o‗tashi lozim. Uy bekasi bozor qilganda
pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go‗yo hech narsa sotmadi. To‗g‗ri, u shu damda tovar sotmadi, lekin uning hamyonidagi puli oldin sotilgan tovarning haqidir. Masalan, uning oila a‘zolari o‗z ish kuchini firmaga yoki davlatga sotib, ish haqi olgan. Shu pulni beka bozorga olib chiqadi. Mazkur oila bankka pul qo‗ygan bo‗lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara haqi oladi. Uy bekasi uchun sotish operatsiyasi oldin bo‗lib, xarid etish operatsiyasi keyin bo‗lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin.
Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo‗lsa, u ham tovar sotadi. Ammo aksariyat davlat idoralari va mahkamalari bozorda o‗z xizmatini sotadi. Bu xizmatning haqi olinadigan soliqlar hisoblanadi. Tushgan pulga davlat bozordan resurslar va tovarlar sotib oladi. Bozorning afzalligi ham shuki, u oldi-sotdidan iborat iqtisodiy aloqalarni o‗rnatadi.
Iqtisodiyotning o‗zi tarixan turli shakllarda mavjud bo‗lgani kabi bozorda xaridor va sotuvchining mavqei ham o‗zgarib boradi. Hozirgi bozor tartiblanadigan bozor, unda stixiyalik, noaniq xaridor uchun ishlash kam uchraydi, mijozlar o‗rtasida oldi-sotdi aloqalari muhim va uzoq vaqt uzilmay davom etadi. Bozorga tovarlarni tavakkalchilik bilan yetkazish ham kam uchraydi. Tovar chiqarishdan oldin bozor puxta o‗rganiladi, nimani, qancha yetkazib berish belgilab olinadi. Ammo bozorda ma‘lum darajada noaniqlik saqlanib qoladi. Chunki, xaridor va sotuvchi mustaqil bo‗lib, nima qilishni o‗zlari hal etishadi, ularning maqsad va o‗y-xayollari turlicha.
Erkin bozor deganda xaridorlar ham, sotuvchilar ham ko‗p bo‗lib, ulardan hech biri monopoliya mavqeiga ega bo‗lmay, bir-birini tezda topa oladigan, raqobat to‗la-to‗kis hukmron bo‗lgan, narxlar erkin savdolashuv asosida shakllanadigan bozor tushuniladi.
Keltirilgan ta‘rifdan ko‗rinib turganidek. erkin bozorda xaridor va sotuvchi munosabati biron bir tazyiqsiz, iqtisodiy tanlov asosida vujudga keladi, ular orasida murosa mavjud bo‗ladi. Erkin bozorga misol qilib O‗zbekistondagi qishloq xo‗jalik mahsulotlari bozorini ko‗rsatish mumkin. Bu bozorda millionlab kishilar xaridor, sotuvchilar esa fermer xo‗jaligi va minglab tomorqa xo‗jaliklaridir. Bu yerda kim nimani sotish, kimdan nimani olish, qanday narxda savdo qilish yuqoridan turib belgilanmaydi, buni bozorning o‗zi hal qiladi.
Erkin bozorda xaridor va sotuvchilarning tanlovi ularning saralanishiga va ulardan kuchlilarining monopol bozorni tashkil etishiga olib keladi.
Monopol bozor deb ozchilik xaridorlar va sotuvchilar: hukmron bo‗lgan, monopol narx o‗rnatilgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman bo‗lmaydigan bozorga aytiladi.
Monopol bozorning o‗zi uch xil bo‗ladi: Monopol raqobatli bozor - son jihatdan ko‗p bo‗lmagan, bozorga bir xil, o‗xshash yoki o‗rinbosar tovarlar chiqaradigai firmalar qo‗lida bo‗ladi, ular o‗zaro raqobat qiladilar.
Oligolopistik bozor - ozchilik firmalar hukmron bo‗lgan bozor, bu yerda raqobat ko‗pgina sotuvchilar orasida emas, balki xaridorlar o‗rtasida yuz beradi.
Sof monopoliya bozori - bunday bozorga tovarni butun bir tarmoqda hukmron bo‗lgan ayrim korxonalar yetkazib beradi.
O‗z turidan qat‘i nazar har qanday bozor o‗zining ixtisoslashgan kichik bir qismlariga, segmentlariga ega bo‗ladi. Bozor quyidagi belgilariga qarab segmentlarga ajraladi: aholining xarid qobiliyati; yashash sharoiti; yoshi va jinsi; qaysi tovarlarni afzal ko‗rishi; kishilarningg mehnat faoliyati, turmush tarzi; inflyatsiya darajasi; bozor infratuzilmasi holati.
Shirkat bir necha sohiblarning mulkini birlashtirish va talbirkorlikda olingan foydani baham ko‗rishga asoslangan sherikchilik firmasidir.
Shirkat, birinchidan, kichik miqdordagi pullarni jamlab katta pul yig‗ish va uni tadbirkorlikka qo‗yish imkonini beradi; ikkinchidan, tadbirkorlik javobgarligini ko‗pchilik zimmasiga yuklab, har bir tadbirkor uchun xatarni kamaytiradi; uchinchidan, ko‗pchilikka, hatto, puli ozlarning ham tadbirkorlik bilan shug‗ullanishga imkon beradi, ya‘ni u kapitalni demokratiyalashtiradi. Shu afzalliklar tufayli shirkatlar hozir keng tarqalgan. Shirkat firmalar ikki xil bo‗ladi:
mas‘uliyati cheklanmagan firma. Uning mulki sherikchilik asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu mulkka har bir sherik o‗z hissasini qo‗shadi. Ammo hissadorlar to‗la huquqli va huquqi cheklangan sheriklarga bo‗linadi, to‗la huquqli sheriklar firmaning ham javobgarligini, foydasi va zararini ham baham ko‗radilar, ular ustav fondiga qancha pul qo‗ysa, hissasiga qarab foyda oladilar. Agar birinchi sherik firma ustav kapitalining 15 foizga teng qismini bergan bo‗lsa, u foydaning 15 foizini oladi. Agar ikkinchi sherik 10 foiz qo‗ygan bo‗lsa, foydaning ham 10 foizini oladi. Bordiyu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko‗taradilar, ya‘ni bir sherik boshqasiniig javobgarligini ham zimmasiga oladi. Agar 5 kishi sherik bo‗lsayu, ulardan 2 tasi firma zararini to‗lashga qodir bo‗lmasa, qolgan 3 sherik ular zimmasidagi zararni ham o‗zinikiga qo‗shib ko‗taradi. Bu erda
«kemaga tushganlarning joni bir» degan qoidaga amal qilinadi.
mas‘uliyati cheklangan firma. Uning kapitali sheriklarning ustav fondiga qo‗ygan pay (hissasi) hisobidan shakllanadi. Shunday firmalar nomiga «limited» degan so‗z qo‗shiladi, bu iiglizcha «cheklangan» degan ma‘noni bildiradi. Masalan, «Ko‗ksuv LTD» deb nomlanuvchi firma bo‗lsa, darhol uning mas‘uliyati cheklangan jamiyat ekanligini bilish mumkin. Bunday firma bilan munosabatda bo‗lganda firmaning faoliyatida ishkallik yuz bersa, undan faqat ustav kapitaliga teng pulni undirish mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Uning to‗lov majburiyatidagi bundan ortiqcha bo‗lgan qarzni hech qanday yo‗l bilan undirib bo‗lmaydi. Mas‘uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli hissadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Jamiyat jamlagan kapitalga qarab maxsus qimmatli qog‗oz - aksiya chiqaradi. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadilar va foydadan o‗z hissasi - dividendni olib turadilar. Yopiq jamiyat aksiyalari faqat ma‘lum guruh kishilari, masalan, korxona ishchi-xizmatchilari o‗rtasida, ochiq jamiyat aksiyalari esa barcha hohlovchilarga sotiladi.
O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida davlat korxonalari yopiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Islohotlarniig ikkinchi bosqichida ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tuzishga ustivorlik berildi.
Davlat korxonalari - davlat mulki bo‗lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar. Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo‗lib, ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas‘uliyatli vazifalarni bajaradi (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar).
Aralash firmalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag‗lariga tayanadi. Qo‗shma firmalar (korxonalar) ham shunday firmalar qatoriga kiradi. Aralash firmalarning milliy va xorijiy kapitalga tayangan korxonalari kengroq tarqalgan. Ularning kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Konsorsium korxonalarining maxsus tashkil etilgan birlashmasi. Uning ishtirokchilari o‗z mustaqilligini saqlab qolgan holda muayyan maqsad yo‗lida birlashadilar. Odatda konsorsium moliyaviy ishlar yuzasidan tuzilib, unga davlat, banklar, moliya investitsiya kompaniyalari, yirik firmalar, har xil pul fondi tashkilotlari uyushadi, u katta mablag‗ talab qiladigan ishlarni bajaradi. Konsorsium odatda xolding kompaniya shaklida tuziladi. Xoldinglar sanoat-moliya guruhi hisoblanadi. Ular tarkibida bosh - ona korxona va har xil shu‘ba korxonalar ma‘lum maqsad
yo‗lida hamjihatlik bilan ishlaydilar.
Konsern korxonalarning ishlab chiqarish, investitsiya, moliya, texnika, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida birgalikda ish yuritishni ko‗zlaydigan uyushma. Konsern tarmoqlararo birlashmalar (konglomerat) shaklida tashkil etiladi.
Hukumat uy xo‗jaliklari bilan soliq hamda transfert to‗lovlari orqali bog‗langan. Aholi o‗z daromadlarining bir qismini davlatga ajratadi, bu soliq hisoblanadi. Hukumat o‗z navbatida davlat byudjetidan aholiga xilma-xil ijtimoiy yordamlar ko‗rsatadi (nafaqa, stipendiya). Bularni transfert to‗lovlari deyiladi. Sof soliqlar deganda, butun soliqlardan davlatning aholiga qaytariladigan transfert to‗lovlarini ayirib, qolgan qoldiqqa aytiladi.
Hukumat moliya bozorlari bilan davlat qarzi orqali bog‗langan. Agar byudjet defitsitli bo‗lsa, hukumat aholidan, firmalardan moliya bozori orqali qarz oladi. Agar byudjet ijobiy
saldoga ega bo‗lsa, hukumat aholiga, korxonalarga, moliya bozori orqali o‗z qarzlarini qaytaradi. Shuning uchun oqim ikki tomonlama xarakterga ega.
Hukumat mahsulot bozorlari bilan davlat xaridlari orqali bog‗langan. Uning o‗z oldiga qo‗yilgan vazifalarni bajarish uchun unga moddiy resurslar kerak. Bularni u byudjet hisobidan mahsulot bozoridan xarid qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |