1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


-Mavzu: Bozor infratuzilmasida auditorlik faoliyatining o‟rni va ahamiyati



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119
Bog'liq
alishrr

9-Mavzu: Bozor infratuzilmasida auditorlik faoliyatining o‟rni va ahamiyati. 
                            Reja: 
1. Auditorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati. 
2. Auditorlik faoliyatining turlari. 
3. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatini paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 
 
 
1. Auditorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati. 
 
Kishilik  jamiyatining  hamma  bosqichlarida  ham  hisob  tizimiga  talab  mavjud  bo‗lgan. 
Chunki hisob tizimi insoniyat uchun zarur bo‗lgan iste‘mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat 
va  boshqalarni  ishlab  chiqarish,  taqsimlashni  hisobga  olish  demakdir.  Har  bir  jamiyatning  ham 
asosiy  maqsadi  zaruriy  buyumlarni  ishlab  chiqarish,  ayirboshlash,  taqsimlashdan  iborat.  Bu 
maqsadni  amalga  oshirish  uchun  kishilar  ijtimoiy  hayotida  sodir  bo‗layotgan  voqea  va 
hodisalarni  kuzatish,  jamiyatda  mavjud  bo‗lgan  mehnat  buyumlari,  mehnat  qurollarini  hamda 
mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‗ladi. Xuddi shu vazifani hisob tizimi bajaradi.  
Tovar  ayirboshlash  davrida  hisob  tizimi  ahamiyati  ko‗payadi,  chunki  tovar  ayirboshlash 
uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, 
to‗g‗ri  yurgizish  orqaligina  ega  bo‗lish  mumkin.  Ishlab  chiqarish  kengaytirilgan  takror  ishlab 
chiqarish jarayonining o‗sishi natijasida xo‗jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va 
moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan hisob tizimi ahamiyati oshgan, jamiyat hamma 
sohalarida  mulklarni  hisobga  olish  borasidagi,  iqtisodiy  faoliyatini  boshqarishdagi  roli  oshib 
borgan.  Iqtisodiy  faoliyatni  boshqarish  hisob  tizimi  orqali  olingan  ma‘lumotlar  asosida  olib 
boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinib, shular asosida boshqariladi. 
Hisob tizimining bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq quyidagi uch turi mavjud: 
a)  tezkor  hisob.  Bu  hisob  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari,  korxona,  muassasa, 
tashkilotlarning  ayrim  bir  bo‗linmalarida  sodir  bo‗layotgan  xo‗jalik  jarayonlari  haqida  zaruriy 
ma‘lumot va ko‗rsatkichlarni joriy kuzatish va nazorat etish orqali tegishli joylarga yetkazish va 
bu ma‘lumotlardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkonini beradi. Bu hisobda hamma aloqa 
vositalaridan (telefon, telegraf, og‗zaki yoki hujjatlardan) foydalaniladi. Tezkor hisobning o‗ziga 
xos xususiyatlaridan  yana  biri  ma‘lumotning  tezda  yig‗ilishi  va  tezda  yetkazilishidir.  Masalan, 
tovar  zahiralari  miqdori,  xodimlarning  ishga  kelgan  yoki  kelmaganligi,  mehnat  haqi  berilgani, 
mol  yetkazib  beruvchilardan  tovarlar  kelganligi,  sotilgan  tovardan  kelgan  tushum  va  hokazolar 
haqidagi tezkor ma‘lumotlar. 
b)  statistik  hisob.  Ushbu  hisobning  mohiyati  ma‘lum  bir  vaqtda  iqtisodiyot  tarmoqlari 
hamda  alohida  olingan  bir  korxona,  tashkilot,  muassasalar  ijtimoiy  rivojlanish  qonuniyatlarini 
miqdoriy  ifodalashdir.  Statistik  hisob  xo‗jalik  faoliyatining  bir  turdagi  ommaviy  hodisalarini: 
mahsulot ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi o‗sishi, tannarxni pasaytirish, rejaning bajarilishi, 
shu  bilan  birga  ijtimoiy  -  iqtisodiy  hodisalarni,  ya‘ni  aholi  sonining  o‗zgarishi,  madaniyat, 
sog‗liqni  saqlash  ishlarining  borishi  va  boshqalarni  o‗rganadi,  hamda  nazorat  qiladi.  Statistik 
hisobda  muayyan  usullardan,  ya‘ni  statistik  kuzatish,  statistik  guruhlash,  o‗rtacha  miqdorlar, 
tanlab  o‗rganish  va  hakozolardan  foydalaniladi.  Statistik  hisobda  tezkor  hisob  va  buxgalteriya 
hisobi ma‘lumotlaridan foydalaniladi. 
d)  buxgalteriya  hisobi.  Buxgalteriya  hisobida  korxona,  muassasa,  tashkilot  va 
birlashmalarning  xo‗jalik  mablag‗lari,  ularning  tashkil  topish  manbalari  hamda  ular  harakati 
natijasida  sodir  bo‗ladigan  xo‗jalik  jarayonlarini  uzluksiz  va  yoppasiga  kuzatib,  kuzatish 
natijasida  olingan  ma‘lumotlarning  hammasini  o‗lchash,  baholash  va  tekshirish,  ularni 
hujjatlarda to‗liq ifodalab aks ettirish hamda ularni pul o‗lchovida umumlashtirishdan iborat. 
Buxgalteriya hisobi - iqtisodiy fanlardan biri bo‗lib, uning nazariyasi buxgalteriya hisobini 
tashkil  etish  texnikasi,  predmeti  va  usulini  o‗rgatadi.  Bu  fan  iqtisodiyot  tarmoqlarida 
buxgalteriya  hisobini  yuritish  usullarini  o‗rganib,  umumlashtirib,  uning  ilg‗or  usullarini  joriy 
etish  bilan  shug‗ullanadi.  Shu  bilan  birga  bu  fan  boshqa  mamlakatlarda  buxgalteriya  hisobini 


yuritish  usullarining  ilg‗or  shakllarini  iqtisodiyot  tarmoqlariga  joriy  etish  yo‗llarini  aniqlab,  
amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi. 
  Hisob tizimi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
  a)  tarmoq,  korxona,  tashkilot  va  muassasalarda  sodir  bo‗layotgan  xo‗jalik  jarayonlarini 
kuzatib borish; 
  b) kuzatish orqali olingan ma‘lumotlarni miqdoriy ko‗rsatkichlarda ifodalash; 
  d)  korxona,  tashkilot,  muassasa  xo‗jalik  faoliyatlarini  kuzatish  natijalarini  maxsus 
hujjatlarda qayd etish; 
  e)  maxsus  hujjatlarda  aks  ettirilgan  ma‘lumotlarni  umumlashtirish  va  guruhlashtirish, 
xo‗jalik jarayonlari ustidan nazorat o‗rnatish va ularga ta‘sir etish. 
  Hisob  tizimining  yuqoridagi  funksiyalari  ayrim  korxona,  muassasa  va  tashkilot  hamda 
umuman  butun  xalq  xo‗jaligining  iqtisodiy  jihatdan  asoslangan  joriy  va  kelgusidagi  reja 
ko‗rsatkichlarini  tuzishda,  ular  bajarilishining  ustidan  nazorat  olib  borishda  muhim  ahamiyat 
kasb etadi. 
Audit  –  korxonalarning  moliyaviy  va  xo‗jalik  faoliyatining  qonuniyligini,  O‗zbekiston 
Respublikasining me‘yoriy hujjatlariga hamda buxgalteriya hisobi yoki boshqa moliyaviy hisobot 
yuritish  talablariga  mos  kelishi,  realligi  va  to‗liqligini  aniqlash  maqsadida  xolis,  mustaqil 
tekshirishni  amalga  oshirish  bo‗yicha  tadbirkorlik  faoliyatidir.  Auditorlik  firmalari  tekshirish 
davomida  quyidagilarni  tahlil  qiladi:  korxonada  buxgalteriya  hisobining  yuritilishi  va  uning 
belgilangan  talablarga  mos  kelishi,  buxgalteriya  hisobi  ma‘lumotlarining  haqiqiy  holatga  mos 
kelishi,  moliya-xo‗jalik  faoliyatining  amal  qilayotgan  qonunlarga,  ta‘sis  va  boshqa  hujjatlarga 
mos  kelishi,  korxonadagi  haqiqiy  moliyaviy  holat,  yo‗l  qo‗yilgan  kamchiliklar, 
foydalanilmayotgan  imkoniyatlar  va  hokazo.  Auditorlik  tekshiruvi  jarayonida  korxonalar 
auditorlar  tomonidan  talab  etilgan  barcha  buxgalteriya  hisobi  ma‘lumotlarini  taqdim  etishi, 
kassadagi naqd pul, tovarlar, asosiy vositalar va korxonaning boshqa vositalarini inventarizatsiya 
qilishga  sharoit  yaratib  berishlari  lozim.  Auditorlar  tekshirish  natijalari  bo‗yicha  auditorlik 
xulosasini beradilar.  
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo‗jalik subyektlari o‗z faoliyatini vaqti-vaqti 
bilan  auditorlik  tekshiruvidan  o‗tkazib  turishga  harakat  qiladilar.  Chunki  ularda  auditorlik 
firmalari tomonidan berilgan ijobiy auditorlik xulosasining mavjud bo‗lishi hamkorlari sonining 
ko‗payishiga turtki beradi.  Bundan tashqari  o‗z faoliyatidagi  mavjud kamchiliklarni  o‗z vaqtida 
aniqlash  va  uni  bartaraf  etishda  ham  xolislik  asosida  faoliyat  yurituvchi  auditorlar  muhim 
ahamiyatga ega.      
Auditorlik tekshiruvi muvaffaqiyatsizlik xatarini kamaytirish uchun auditorlar va auditorlik 
firmalari  o‗z  imkoniyatidan  kelib  chiqib  mijozni  ishonchli  baholash  kriteriyasiga  ega  bo‗lishi 
kerak.  Mijozni  muvaffaqiyatsiz  tanlash  esa  muhim  moliyaviy  va  ma‘naviy  yo‗qotishlarga  olib 
kelishi hamda firmaning va auditorning obro‗siga ziyon yetkazishi mumkin. 
Auditorlik firmalari mijozlarni tanlashdagi asosiy bosqichlar quyidagilardan iborat: 
-tarmoq xarakterini baholash;. 
-auditorlik tekshiruvi maqsadini aniqlash; 
-rahbarlarning xususiyatlarini oydinlashtirish; 
-auditning sermehnatliligini va qiyinligini oldindan baholash; 
-audit natijalari to‗g‗risidagi oldingi auditor xulosalarining sharhlari bilan tanishishi; 
-mijozning  soliq  organlari,  banklar,  hamkorlar,  aksionerlar  bilan  o‗zaro  munosabatlari 
xarakteri va muammolarni aniqlash; 
-tavsiyalar olish (boshqa tashkilotlardan, mutaxassislardan); 
-hisobotni analitik tekshirish; 
-mijozning  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotlarning  holati,  hamda  joriy  va  kelgusi  davr 
muammolari bilan dastlabki tanishuvi; 
-auditorlik firmasi yoki auditorning ish bajarish bo‗yicha o‗z qobiliyatining zarur xodimlari 
mavjudligi va mijoz tarmog‗ini bilishi nuqtai nazaridan baholash lozim. 


Agar yuqoridagi bosqichlar auditning yuqori xatari bilan bog‗liq bo‗lsa yoki auditor uchun 
vazifa juda murakkab bo‗lgan hollarda mijoz xizmat ko‗rsatishga qabul qilinmaydi. 
 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish