1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   119
Bog'liq
alishrr

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


8-Mavzu: Bozor infratuzilmasida sug„urta tizimi. 
Reja: 
1. Sug‗urtaning mohiyati va ahamiyati.   
2. Sug‗urtaning turlari va funksiyalari. 
3.  Mamlakatimizning  sug‗urta  faoliyatini  rivojlantirish  borasida  amalga  oshirilayotgan 
islohotlar.  
 
1. Sug„urtaning mohiyati va ahamiyati. 
 
Tadbirkorlik  faoliyati  uning  ishtirokchilari  mulkiga  xavf  soluvchi  xatarlar,  qaltisliklar, 
tavakkalchilik  bilan  bog‗liqdir.  Tavakkalchilik  deganda  yuz  berishi  mumkin  bo‗lgan  va  buning 
natijasida  moddiy  zarar  yetkazuvchi  noxush  holatlar  nazarda  tutiladi.  Tavakkalchilikni  pasaytirish, 
ya‘ni  yuz  berishi  mumkin  bo‗lgan  xavf-xatarning  oldini  olish,  ko‗rilishi  mumkin  bo‗lgan  zararni 
kamaytirish maqsadida yirik kompaniyalar o‗zida maxsus bo‗limlar tashkil etadi. Ushbu bo‗limlarda 
ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararni kamaytirishga qaratilgan kompleks dasturlar ishlab chiqiladi.  
Korxonalar faoliyatida yuz berishi mumkin bo‗lgan xavf-xatarlar quyidagi ikki turga bo‗linadi: 
a) korxona faoliyatiga bog‗liq bo‗lgan, ya‘ni ichki xavf-xatarlar; 
b) korxona faoliyatiga bog‗liq bo‗lmagan, ya‘ni tashqi xavf-xatarlar.  
Korxona faoliyatiga bog‗liq xavf-xatarlar o‗z navbatida quyidagilarga bo‗linadi: 
- avariyalar, yong‗inlar; 
- tashkiliy-texnologik (rejalarning belgilangan vaqtda bajarilmasligi, sifat bo‗yicha talablarning 
bajarilmasligi); 
- ish tashlashlar, g‗alayonlar; 
- korxonadagi talon-tarojlik va o‗g‗irliklar. 
Korxona faoliyatiga bog‗liq bo‗lmagan xavf-xatarlar esa o‗z navbatida quyidagilarga bo‗linadi: 
-  bozor  konyunkturasi  bilan  bog‗liq  xavf-xatarlar  (valyuta  tavakkalchiligi,  baho  o‗zgarishi 
tavakkalchiligi, talab pasayishi tavakkalchiligi, raqobat kuchayishi tavakkalchiligi); 
-  xorijiy  hamkor  faoliyati  bilan  bog‗liq  xavf-xatarlar  (to‗lovning  vaqtida  bajarilmasligi, 
hamkorning  bankrotlik  holatiga  tushishi,  tovarning  vaqtida  yetkazib  berilmasligi  va  boshqa 
majburiyatlarning bajarilmasligi); 
- siyosiy xavf-xatarlar; 
- harbiy xavf-xatarlar; 
- davlat hokimiyati organlariga bog‗liq bo‗lgan xavf-xatarlar; 
- uchinchi tomon bilan bog‗liq xavf-xatarlar; 
- tabiiy ofatlar xavf-xatari. 
Yuqoridagi xavf-xatarlar natijasida ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni kamaytirishda quyidagi 
usullardan foydalaniladi: 
a) sug‗urtalash; 
b) xedjirlash, ya‘ni birjalardagi fyuchers shartnomalaridan va opsionlardan foydalanish; 
d) hisob-kitoblarning xavf-xatarni kamaytiruvchi eng ma‘qul usulini qo‗llash; 
e) bozor konyunkturasini chuqur tahlil qilish va shu asosda harakat dasturini belgilash. 
Ushbu usullar ichida sug‗urtalash muhim ahamiyatga ega.  
Sugurtalash  –  jismoniy  va  huquqiy  shaxslarning  muayyan  hodisalar  (sug‗urta  holatlari)  yuz 
bergan  paytdagi  mulkiy  manfaatlarini  ular  to‗lagan  sug‗urta  badallari  (sug‗urta  mukofotlari)dan 
shakllantirilgan  pul  jamg‗armalari  hisobidan  muhofazalash  borasidagi  munosabatlarni  anglatadi. 
Sug‗urta  qiluvchi  va  sug‗urta  qilinuvchi  o‗rtasidagi  munosabatlar  maxsus  shartnoma  bilan  tartibga 
solinadi.  Jahon  tajribasida  u  polis  degan  nom  olgan.  Polis  –  sug‗urta  shartnomasining  tuzilishini 
tasdiqlab, sug‗urta qiluvchining sug‗urta qilinuvchiga sug‗urta holati yuz bergan taqdirda shartnoma 
sharti bilan belgilangan pul qiymatini (sug‗urta tovoni) to‗lash majburiyatini ifodalagan hujjatdir.   
Adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, sug‗urta faoliyatining ilk ko‗rinishlari Rim imperiyasi davrida 
paydo bo‗lgan. Harbiy xizmatdan bo‗shatilganlar o‗z hayotlarida ro‗y berishi mumkin bo‗lgan noxush 
holatlarni  bartaraf  etish  maqsadida  turli  jamiyatlar  tashkil  etishib,  unga  a‘zo  bo‗lib  kirganlarning 


badallari  evaziga  fond  tashkil  etilgan.  Jamiyat  a‘zosining  boshiga  og‗ir  kun  tushganda  jamiyat 
tomonidan  moliyaviy  ko‗mak  berilgan.  Sug‗urta  Yevropada  «savdogarlar  gildiyasi»  ko‗rinishida 
paydo  bo‗lgan.  Savdo  asosan  dengiz  orqali  olib  borilgan  bo‗lib,  savdogarlar  dengizda  to‗fonlarga 
uchrashi, qaroqchilar hujumiga uchrashi mumkin. Ushbu xavf-xatarni kamaytirish uchun savdogarlar 
fond tashkil etishgan. 1648-yilda Yevropada (London, Parij) birinchi sug‗urta kompaniyalari tashkil 
etildi va sug‗urta to‗g‗risida qonun qabul qilindi.  
AQShda    sug‗urtaning  rivojlanishiga  mulkdorlikning  rivojlanishi  turtki  berdi.  Hozirgi  vaqtda 
AQShda 8000 dan ortiq xususiy sug‗urta kompaniyalari bo‗lib, ularda hayot sug‗urtasiga katta e‘tibor 
qaratiladi.  AQShda  hozirgi  vaqtga  kelib  1  trln.  dollar  sug‗urta  badallari  yig‗ib  olinmoqda  va 
YaIMning 19 foizini (1991-yilda 14 foiz edi) tashkil etmoqda.  Angliyada esa bir yilda 55 mlrd. dollar 
sug‗urta  badallari  yo‗naltirilgan.  Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarda  sug‗urta  ijtimoiy  himoyaning 
asosiy vositalaridan biriga aylangan.  
 
 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish