Protoplast
Sitoplazma va organoidlar birgalikda protoplastni tashkil qiladi. Sitoplazma rangsiz, quyuq, elastik va qovushqoq modda bo‘lib, protoplastning asosini tashkil qiladi. Sitoplazma uch qavatdan iborat: plazmolemma, mezoplazma va tonoplast. Plazmolemma hujayra devori ostida joylashgan eng sirtqi qatlam bo " lib, tiniq va unda organellalar uchramaydi. Sitoplazmaning asosiy qismini mezoplazma tashkil qiladi. Tonoplast hujayra shirasini mezoplazmadan ajratib turadi. Plazmolemma va tonoplast juda yupqa qavatli bo‘lib,yarim o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Mezoplazmada barcha organoidlar joylashgan bo'ladi. Sitoplazmani mikroskop ostidagi ko'rinishi gialoplazma deyiladi. Sitoplazmaning quyuqligi har xil bo‘ladi, faol hujayralarning tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘Isa, tinch holatdagi sporalar va urug‘larda juda quyuq bo‘lib, hatto qattiq gel holiga keladi. Sitoplazmaning tarkibi juda murakkab bo‘lib, turli xil birikmalardan iborat. Uning tarkibida oqsillar, mineral tuzlar, uglevodlar, moylar, lipoidlar va boshqa moddalar ham uchraydi. Sitoplazmaning kimyoviy tarkibi doimiy ravishda yangilanib turadi. Hujayra ichidagi sitoplazma doimiy harakatda bo‘ladi. Sitoplazma bir xil tezlikda harakat qilmaydi, po‘stga yopishgan qavat sekin harakatlanadi. Harakatlar bir qancha tipga bo‘linadi:aylanma (rotat- sion) va oqimsimon (sirkulatsion) harakatlar kuzatiladi. Aylanma (rotatsion) harakat asosiy markaziy qismini vakuola egallagan hujayralarda kuzatiladi. Bunday hujayralarning sitoplazmasi hujayra po‘stiga taqalib turadi hamda vakuola atrofida bir tomonga qarab harakatlanadi.
Yadro
Sitoplazmaning eng quyuq qismini yadro tashkil qiladi. Yadro qobiq bilan o‘ralgan bo'lib, ichki bo‘sh!ig‘ini karioplazma to‘ldirib turadi. Yadro - hujayraning boshqarish markazi hisoblanadi. Hujayra yadrosining ichki qismida genetik material bo‘lgan DNK joylashgan bo‘lib, uning strukturasida hujayraning barcha belgi—xossalari va funksiyalari haqidagi axborotlar mavjud. Hujayra bo‘linish jarayonida DNK molekulasi ikki hissa ortadi (replikatsiya) va hosil bo‘luvchi yangi ikkita hujayraga bir xildagi DNK molekulalari taqsimlanib uzatiladi. Hujayra yadrosi o‘ziga xos murakkab tuzilishga ega Hujayra yadrosi yadro qobig‘i deb nomlanadigan qo‘sh membrana bilan o‘ralgan bo‘ladi. Yadro qobig‘ida oqsil molekulalaridan hosil bo’lgan poralar (teshiklar yoki tirqishlar) mavjud. Yadroga hujayra sitoplazmasidan moddalaming kirishi ushbu poralar orqali amalga oshadi, biroq poralar ham tanlab o ‘tkazish xossasiga ega bo‘lib, faqat ma’lum bir turdagi moddalarni o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |