O‘simliklar hujayrasining shakli va tuzilishi
Hujayralar shakli va o‘lchamiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: parenxima va prozenxima. Parenxima hujayralarining uzunligi, kengligi va balandligi teng yoki bir-biriga yaqin bo‘ladi. Ayrim mualliflar parenxima hujayralari bo‘yi enidan 4 martagacha farq qiladi deb hisoblaydi. Pomidor, tarvuz, limon kabi o‘simlik mevalarida parenxima hujayralari bo‘lib, ularning uzunligi 1mm gacha bo‘ladi. Prozenxima hujayralari esa cho‘ziq bo‘lib, bo‘yi enidan bir necha o'n barobar farq qiladi. Zig‘ir va kanop kabi o‘simliklaridagi prozenxima hujayralarining uzunligi 20-40 mm, chayon o ‘tniki 80 mm, chigit tukida 33-44 mm, rami o’simligining hujayralarida esa 200 mm gacha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |